8.4. Mahsulotni standartlash
Mahsulot sifatini boshqaruv tizimlarida standartlash muhim elementdir.
Standartlash – eng ratsional normalarni topib standart, instruktsiya, uslub, mahsuot ishlab
chiqishga talablar kabi normativ hujjatlarda mustahkamlab quyuvchi norma yaratuvchi faoliyat.
Standartlashning asosiy vazifasi – xalq xo`jaligi, aholi, davlat mudofaasi, eksport ehtiyojlari
uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga progressiv talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjatlar
tizimini yaratish, hamda shu hujjatlardan to`g’ri foydalanishini nazorat qilishdir. Harakatdagi
standartlash tizimi qo`yidagilarni ishlab chiqish va aktual holatda saqlab turishga imkon beradi:
- yagona texnik til;
- mahsulotning qator muhim texnik tavsiflarini (dopusk va pasadka, kuchlanish, chastotalar va
hokazo) bir shaklga keldirish (unifitsirovanno`e):
- umum mashinasozlikda qo`llaniladigan mahsulotlar (podshipniklar, mahkamlash, kesuvchi
asboblar va boshqa)ning tiporazmer qatori va tipli konstruktsiyalari;
- texnik-iqtisodiy axborotlarning klassifikatorlar tizimini;
- materiallar va moddalar xususiyatlari haqida asosli ma`lumotlar. Standartlash tizimida
quyidagilarni ta`minlashi talab etiladi:
- iste`molchilar va davlat manfaatini, mahsulot sifati va nomnomasi (nomenklatura)
masalalarida, himoya qilishi, inson hayoti va salomatligi uchun xavfsizlikni va atrof-muhitni
ta`minlashi;
- fan-texnika rivoji, aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojiga muvofiq mahsulot sifatini oshirish;
- mahsulotlarning birgalashishi va o`zaro almashuvligi;
- insoniy va moddiy resurslar tejamining hamkorligi, ishlab chiqarish iqtisodiy
ko`rsatkichlarining yaxshilanishi;
- ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va katta loyihalar normativ-texnik bazasini yaratish;
- ishlab chiqarish va savdoda texnik to`siqlarni bartaraf qilish, dunyo bozorida mahsulot
raqobat bardoshlilikni va xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishni;
- tabiiy xavf-xatarlar, texnogen halokatlar va boshqa favqulotda holatlarni hisobga olib xalq
xo`jaligi ob`yektlarining xavfsizligini;
- mudofaa qobiliyatini oshirish va safarbarlikka tayyorlikning hamkorligini
Standartlash qator tamoyillarga asoslangan:
takrorlanuvchanlik – bir umumiy yo vaqtda, yo fazoda takrorlanuvchanlik xususiyatga
ega bo`lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlarni ishlatish mumkin bo`lgan ob`yektlar doirasini
belgilaydi;
74
variantlilik – ratsional ko`p turlikni yaratish –standartlashlantruvchi ob`yektlarga kiruvchi
standart elementlarning ratsional ko`rinishlarining minimumini ta`minlaydi;
tizimlilik – standartni tizim elementi sifatida belgilaydi va standartlash konkret
ob`yektlarining ichki mohiyatlari bilan o`zaro bog’langan standartlar tizimini yaratishga olib
keladi;
o`zaro almashuvchanlik (vzaimozamenyaemost’) texnikada qo`llaniladi – har xil vaqtda va
fazoning har xil nuqtalarida tayyorlanadigan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni ko`zda
tutadi;
O`zbekiston Respublikasining davlat standartiga qo`yidagilar kiradi:
- hayot, salomatlik va mulk xavfsizligini, atrof muhit himoyasini ta`minlaydigan mahsulot, ish va
xizmat sifatiga qo`yiladigan majburiy talablar, texnika xavfsizligiga va ishlab chiqarish
sanitariyasiga qo`yidagilar majburiy talablar;
-mahsulotlarning birgalashishligi va o`zaro almashuvligi bo`yicha majburiy talablar;
-mahsulotlarning asosiy iste`molchilik va ekspluatatsion xususiyatlari, ularni urash, belgilash,
tashish va saqlashga qo`yiladigan talablar;
-mahsulot ishlab chiqarishi va ekspluatatsiyasi hamda xizmat ko`rsatishda texnik birlikni
ta`minlovchi nizomlar; mahsulot sifatini, saqlanishini ta`minlaydigan qoidalar; hamma
ko`rinishdagi resurslardan ratsional foydalanish, terminlar, belgi va ko`rsatmalar, metrologik va
boshqa umum-texnik qoida va me`yorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |