6.3. Korxonalarda mehnatga haq to`lash.
Korxonalarda mehnatga haq to`lashni oqilona tashkil qilish xodimlar faoliyatini
rag’batlantirish, tayyor mahsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni, rentabellikni va
mahsulotlarning daromadliligini ta`minlashi lozim. Mehnatga haq to`lashni oqilona tashkil
etishdan maqsad
uning hajmi va xodimning korxona xo`jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida
qo`shgan hissasiga mos kelishini ta`minlash, ya`ni mehnat o`lchami va iste`mol o`lchami
o`rtasidagi mutanosiblikni ta`minlashdir.
Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda
taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir
qismidir. Ish haqi
mehnat uchun mukofotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |