Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat


BIZNES REJANI TAYYORLASH VA UNDAN FOYDALANISH



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/60
Sana31.05.2021
Hajmi0,76 Mb.
#65549
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Bog'liq
tadbirkorlik asoslari

4. BIZNES REJANI TAYYORLASH VA UNDAN FOYDALANISH. 

   


  

Biznes-rejani    menedjer,  tadbirkor,  firma,  firmalar    guruxi,  konsalting    tashkiloti  

tayyorlashi  mumkin. Menedjerda   yangi  maxsulot  tayyorlashni   o’zlashtirib  olish,  yangi   xil  

xizmat  ko’rsatish  fikri  paydo  bo’lgan  bo’lsa  yoki  u  o’z  kontseptsiyasini  mustaqil  ravishda  

amalga  oshirishga  axd  qilgan  bo’lsa  u  o’z  biznes-rejasini  yaratadi. 

Yirik    firma    rivojlanishining    strategiyasini    ishlab    chiqish    uchun    kengaytirilgan  

biznes-reja  to’ziladi. Biznes-rejani  tayyorlash  bosqichidayok  ko’pincha  sherik  chiqib  qoladi 

.     


Barkaror  vaziyatda  faoliyat  ko’rsatib  kelayotgan  va  etarlicha  barkaror  bozor  uchun  

maxsulot    ishlab    chikarayotgan    firmalar    doim    ishlab    chiqarish    xarajatlarini    kamaytirish  

yullarini    izlaydilar.  Lykin    bunday    firmalarning    xammasi    ishlab    chikarilayotgan    o’z  

maxsulotlari    yoki    xizmatlarini    zamonaviylashtirish    chora-tadbirlarini    doimo    ko’zda  

tutadilar.  Doim    tavakkal    kilib    maxsulot    chiqaradigan    firmalar    avvalo    yangi    turdagi  

maxsulotlarni    o’zlashtirish,  yangi    turdagi    buyumlarni    ishlab    chiqarishga    o’tish    ustida  

muntazam  ish  olib  boradilar  va  xokazo. Firma  yangi   o’zlashtirilgan  maxsulotlarni  ishlab  

chiqarishni  anchagina   oshirishni  muljallagan  bulsa-yu, lyoki  bularni  ishlab  chiqarish  uchun  

ytarli  quvvatga  ega  bulmasa, u  yo  yangi  quvvatlarni  yuza  keltirish  uchun   sarmoyalarni  

jalb  qilish  yo’lidan  borishi  yoki  ishning  bir  qismini  bajarib  beradigan  sheriklarni  qidirib  

topish  yo’liga  o’tishi  mumkin.  Ikkinchi  yo’l, odatda, vazifalarni  tezroq  hal  qilishga  imkon  

beradi    va    kamroq    mablag`larni    talab    etadi.  Bu    xolda    bo’lg’usi    ishlab    chiqarishga  

quyiladigan  talablar  endi  biznes-rejani  ishlab  chiqish  bosqichidayoq  tayin   bo’lib  qoladi . 

    


Biznes-rejani  yaratishda  unda  ishtirok   etadigan  kontseptsiya  mualliflaridan  tashqari  

kredit    bozorining    xususiyatlarini,  qaerda    bo’sh    sarmoyalar    borligini,  mazkur    biznesning  

tavakkal    talab    xatarli    tomonlarini    biladigan    moliya    xodimlari    xam    faollik    bilan  

qatnashadilar  .  Biznes-rejani    ishlab    chiqadigan    mutaxassislar    guruxining    asosini  

iqtisodchilar, statistlar, sistemachilar  tashkil  etadi. 

    


Biznes-rejada  vaziyatning  firma  ichida  xam, undan  tashqarida  xam  kelajakda  qanday  

bo’lishi  ifoda  etiladi. Biznes-reja  mulkka  aktsionerlar  egalik  qiladigan  sharoitda  va  ma’lum  

darajada,    shirkatlar    tuzishda    qanday    yo’l    titishni    bilib    olish    uchun    firma    raxbariyatiga  

zarur  bo’ladi . Ayni  shu  biznes-reja  yordamida  firma  raxbariyati  foydaning  qanday  qismini  

jamg’armani    ko’paytirib    berish    uchun    qoldirish,  qanday    qismini    dividentlar    shaklida  

aktsionerlar  o’rtasida  taqsimlanish  kerakliligi  xususida   qaror  qabul   qiladi. Biznes-rejadan  

firmalarning  tashkiliy-ishlab  chiqarish  strukturasini  takomillashtirishda  xam  foydalaniladi. 

   


 Biznes-rejadan    yangi    aktsionerlar,  kreditorlar,  mablag’    beruvchi    xomiylar    va  

boshqalarni  qidirib    topishda    xammadan    ko’p    foydalaniladi.  Mavjud    firmalar    aktsiyalarini  

sotib    olib    va    ular    tashkiliy-ishlab    chiqarish    strukturasini    yaratib,  ishni    kengaytirishni  

mo’ljallayotgan  yirik  korxonalarga  va  firmalarga  biznes-reja  yordam  beradi. 

   

 Ko’pgina  investorlar  mazmuni  bir  yoki  ikki  betda  bayon  etilgan  loyixaning  muxit  



xususiyatlarini  va  afzalliklarini  bilib  olishga  imkon  beradigan  biznes-rejani  o’qib  chiqishi  

yoqtiradilar.    Mazmuni    qisqa    va    unda    qilib    bayon    etish    juda    qiyin.    Bu    ishni    reja  

boshidayoq    ishlab    chiqarib,  aloxida    urg’u    beriladigan    va    qisqacha    mazmun    bayoniga  

kiritiladigan    asosi    tadbirlar    ravshan    bo’lib    qolgan    maxaldagina    moxirona    uddalash  

mumkin. Qisqacha  bayon  etilgan  mazmun  dastlabki  material  bo’lib, bo’lg’usi  investorning  

shunga  qarab  fikr  yuritishini  nazarda  to’tish  kerak. 

    

Biznes-rejaning    qisqacha    bayon    etilgan    mazmunidan    keyin    odatda    firma  



to’g’risidagi    ma’lumotlar    keltiriladi,    bularda    kompaniyani    boshqarish    uchun    kerakli    va  


investorlarni  qiziqtiradigan  tafsilotlar  unda  qilib  bayon  etiladi.  Ana  shunday  materialning  

quyidagi  asosiy  bulimlarini  ajratish  mumkin: 

1.Firmaning  tashkil  topishi: 

-firma    tashkil    topgan    va    kengaytirilgan    vaqt    (firmaning    qachon,  qaerda    va  kim  

tomonidan  ro’yxatga  olingani, qaerda  joylashgani ); 

-firmaning   tashkiliy-huquqiy  shakli ; 

-firma    sarmoyasining      strukturasi  (  chiqarishga    ruxsat    etilgan    aktsiyalarning    soni, 

chiqarilgan  va  mumolada  bo’lgan  aktsiyalarning   soni,  ularning   nominal  qiymati  va  

birja  bahosi ); 

-firmaning  hisob  raqami  ochilgan  asosiy  bank; 

-firma  rahbariyati - raisi , bosh  direktori; 

-firmaning   buxgalteri ; 

-firmaning   yuristi ; 

-asosiy  menedjerlari, ularning  malakasi, ma’lumoti, ish  staji ; 

2.  Firmaning      tashkiliy    strukturasi    ya’ni    tuzilishi,  bunda    asosiy    tashkiliy    chiqarish    va     

boshqaruv  bo’linmalari  ko’rsatiladi. 

3.Firma    imidji  ,  ya’ni    xaridorlarning    firma    to’g’risidagi    fikri  .  Bu    bo’limda    quyidagi  

savollarga  javob  berilgan  bo’lishi  zarur : 

-Mazkur  firma  qanday  mahsuloti  bilan  nom  chiqargan; 

-Bu  firma  o’ziga  o’xshagan  boshqa  firmalardan  nimasi  bilan  farq  qiladi; 

-Firma  tovarini  kimlar sotib  oladi  yoki  uning   xizmatidan  kimlar  foydalanadi; 

- Firmaning   tovar  belgisi  qaerlarda  ma’lum; 

-Doimiy  mijozlari  kimlar  va  qancha ; 

-Firma  tovari  yoki  xizmatlarining  ilgarilama  xarakati  qanaqa ; 

4. Firma  faoliyati  sharoitlarining  taxlili  biznes-reja  birinchi  bo’limining   muxim  qismidir. 

Firma  faoliyatining   sharoitlari  ikki  katta  qismga  bo’linadi:  tashqi  va  ichki  sharoitlar. 

Tashqi  sharoitlarga  firma aytarli  ta’sir  ko’rsata  olmaydi , yoki  ularni  nazarda  tutishi  

kerak  bo’ladi. Bu  sharoitlar  iste’molchilar  xoxish-istaklari  va  didlarining, bozor  talablarining  

o’zgarib    turishini  ,  ishchi    kuchi    bor    yo’qligini,  moddiy    resurslar    manbalarini,  bo’yum               

( maxsulot , xizmat ) ning  xayot  tsikli , ishlab  chiqarish  tsikli , soliqqa  tortish  taxlili , baxolar  

ustidan  nazorat  va  boshqalarni  o’z  ichiga   oladi. 

    


Ichki    omillar    jumlasiga    quyidagilarkiradi:  ishlatilayotgan    texnologiyalar  ,  asbob-

uskunalarning    xarakteristikasi  ,  tovar  (maxsulot,  xizmatlar)    sifatini    va    ishlab    chiqarish  

xarajatlarini  aniqlash  usullari,.. 

    


Biznes-rejaning    taxliliy    qismi    uning    eng    ijodiy    bo’limlaridan    biridir.  Firma    bir  

necha  yildan  beri  ishlab  kelayotgan  bo’lsa , taxlilda  realizatsiya  qilingan  maxsulot  xajmi  

va  foyda  miqdori  so’ngi  moliya  yillari  davomida  qay  tariqa  o’zgarayotganini  ko’rsatishi  

kerak. Bundan  tashqari  sanoat  istiqbollari  maxsulot  xajmi  bilan  assortimentini  kengaytirish  

imkoniyatlari  to’g’risida  qisqacha  aytib  o’tish  foydali  bo’lishi  mumkin. Firmaning  o’zidagi  

texnologiyaning  afzalligi  yoki xatto  uning  yo’qligi , shuningdek  bozorda  raqobatga  bardosh  

berish  imkonini  ochadigan  savdo  usul-amallari  ko’rsatib  o’tadi. 

    


Xulosa    qismida    qancha    xajmda    mablag’    ajratilishi    mo’ljallanayotganini    qisqacha  

bayon    qilib  ,  ajratiladigan    mablag’lar    sarmoyaning    o’sib    borishiga    yordam    beradigan  

bo’lishi  uchun  firmalar  nimalar  qilmoqchi  ekanligini  aytib  o’tishi  zarur. 

 


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish