O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan, ochiq demokratik davlat barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon miqyosidagi tarixiy tajribasi o’rganilib, bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi2 yaratildi. O’zbekistonning mavjud sharoitlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Ular: O’zbekistonda qadimdan taraqqiyot uzoq yillar evolyutsion tarzda rivojlangan «Osiyocha ishlab chiqarish usuli» va uning an’analari saqlanib qolishi bilan bog’liq. Bulardehqonchilikni sug’oriladigan erda olib borilishi, erni hosilbay ijaraga olib ishlov berish,ko’pgina ishlarni jamoa bilan bajarish (hashar), jamoabo’lib yashash, mahalla kabi o’z-o’ziniboshqarish tizimining saqlanishi, mahalla mulkining mavjudligi, mayda ishlab chiqarish vamayda savdo-sotiqqa moyillik, mayda dehqon xo’jaligining yuksak darajada tovar xo’jaligibo’lishi va hokazolardan iborat. Tom-orqa xo’jaligining saqlanishi mayda tovar xo’jaligi an’analari g’oyat kuchli ekanligidan dalolat beradi.
2.O’zbekistonning qator o’ziga xos xususiyatlari bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizimasosida, ikkinchi tomondan, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlanishi bilan bog’liq.
3.O’ziga xos sotsial-demografik vaziyatning mavjudligi. Respublika aholisi tarkibidayoshlar juda ko’p. Aholining 60% i qishloqlarda yashaydi. Aholi o’troq, ish kuchining siljishi
(migratsiya-si) g’oyat sust. Aholi milliy urf-odat, an’analarni hurmat qiladi, ular hayot tarzigakuchli ta’sir ko’rsatadi.
4.Aholining asosiy qismi musulmon bo’lib, diniy dunyoqarash ham aholining turmushtarziga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning mehnatsevar, saxiy, mehmondo’st xalqi uning haqiqiy boyligidir.
5.O’zbekiston tuprog’i turli-tuman tabiiy resurslarga boy. Respublikamizda mashhurMendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar bor. Xozirga qadar 2,7 mingdan ortiqturli foydali qazilma konlari va ma’dan bor istiqbolli joylar aniqlangan bo’lib, ular 100 ga yaqinmineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Umumiy xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQShdollardan ortiq baholangan, 900 dan ortiq topilgan kon zaxiralari esa 970 milliard AQShdollariga teng. Bu esa investitsiya uchun juda katta imkoniyat, faoliyat doirasi yaratadi. Bulardan
tashqari, respublikamizning yana bir qancha o’ziga xos jihatlari borki, ular ham albatta uningo’ziga xos xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi.
O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor
iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi.
Bu kontseptsiya Oliy Majlis qabulqilgan qonunlar va qarorlarda o’z ifodasini topgan.«O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillarida o’z aksinitopgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |