1.3.Zamonaviy va istiqbolli avtomobil benzinlari.
Hozirgi zamon talablariga binoan oxirgi vaqtda avtomobil benzinlariga
qo`yiladigan ekologik va ekspluatatsion talablar keskin qattiqlashdi, ayniqsa
aromatik va olefin uglevodorodlar, oltingugurt, turli spirt va efirlarning (kislorod
bo`yicha 2.7% dank o`p emas) miqdori bo`yicha.
Avtomobil benzinlariga qo`yiladigan talablar.
Hozirg zamon benzinlarining sifatiga qo`yiladigan talablar quyidagi guruhlarga
bo`linadi:
- Ekspluatatsion, dvigatelning ishinchli va barqaror ishlashini ta`minlaydigan;
- Texnologik, neftni qayta ishlash sanoatining imkoniyatlariga bog`liq
bo`lgan;
- Benzinlarni tashish va saqlash bilan bog`liq bo`lgan;
- Ekologik, oxirgi paytda bular belgilovchi bo`lib hisoblanadi.
Benzinlarga qo`yiladigan ekologik talablar:
Ekologik talablar benzinlarni avtomobil texnikasida qo`llagand hamda tashish
va saqlashda ularning atrof muhitga ko`rsatadigan zararli ta`sirini chegaralaydi.
Avtomobillar zaharli chiqindilarining manbalari bo`lib kiritish sistemasi va
Yonilg`ibakidan chiqadigan ishlatilgan gazlar va Yonilg`ibug`lari hisoblanadi.
Benzinlarning ekologik xossalari ayrim zaharli moddalar, guruhli uglevodorod
tarkibi, past haroratda qaynaydigan uglevodorodlar, hamda oltingugurt va benzol
miqdori bo`yicha chegaralashlar bilan ta`minlanadi.
27
Avtomobil benzinlariga eng qattiq talablarni AQSh da toza havo qonuni
doirasida
qo`yadilar.
1.7-jadvalda
reformalangan
benzinlar
sifatining
ko`rsatkichlariga federal va Kaliforniya (CARB) me`yoq (norma) lari keltirilgan.
Bugunga kelib oltingugurt, olefin va aromatik uglevodorodlar ayniqsa benzolning
miqdoriga talablar Kaliforniya shtati me`yor (norma) larida dunyoda eng yuqoridir.
1.7-jadval
Ko`rsatkichlar
Me`yorlar
Federal
CARB, 2-bosqich
CARB,
imtiyozli
Chegara
O`rtacha
Tarkib
Oltingugurt, mg/kg
Benzol, % (hajm)
Olefinlar, % (hajm)
Kislorod, % (hajm)
Aromatik, % (hajm)
Fraksion tarkib,
0
C dan ko`p
emas
90 %
40 %
To`yingan bug` bosimi, kPa.
-
1
-
1.5-2.2
-
-
-
49.7
10
1
6
1.8-2.2
25
149
99
48.3
30
0.8
4
-
22
143
-
-
80
1.2
10
2.7
(maksimal)
30
166
104
48.3
Osiyo mamlakatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya)da avtomobil benzinlari
sifatiga qo`yiladigan talablar 1.8-jadvalda ko`rsatilgan. Ko`rinib turibdiki
benzinlarning uglevodorod tarkibi chegaralanmayapti.
1.8-jadval
Ko`rsatkich
JIS K 2202 talabi
Maksimal miqdori
MTBE, % (hajm)
7
28
Benzol, % (hajm)
Oltingugurt, % (hajm)
To`yingan bug` bosimi, kPa
Fraksion tarkib,
0
C dan ko`p emas
10 %
50 %
90 %
Qaynash oxiri
15
0
C dagi zichlik, kg/m
3
dan ko`p emas
5
0.01
44-78
70
125
180
220
783
Ishlatilgan gazlarning zaharliligini pasaytirish uchun avtomobillarni
neytrallashning katalitik sistemalari bilan jihozlaydilar, bu benzinlarda
alkilqo`rg`oshinli detonatorlarni qo`llashni ma`n etish va benzin sifatiga
me`yorlarni qattiqlashtirishni talab qiladi.
Rossiyada 2002-yilda etillangan benzinlarni ishlab chiqarish deyarli to`liq
to`xtatilgan. GOST R 51105-97 avtomobillarnig zaharli chiqindilariga Yevro-2
me`yorlari bajarilishini ta`minlaydi, u 2002-yilning 1-iyulidan kuchga kirdi. GOST
R 51866-2002 esa Yevro-3 normalarini.
2002-yilda Rossiya hududida EN 228-2000 spetsifikatsiyasini kiritish va
Yevro-3 hamda Yevro-4 talablariga javob beradigan, avtomobillarning ishonchli
ekspluatatsiyasini ta`minlaydigan benzinlarni ishlab chiqarish zarurligi tufayli
GOST R 51105-97 ga №3 o`zgartirish ishlab chiqilgan. Bundan tashqari
benzinlarning ikkita yangi navini EN 228-2000 talablariga javob beradigan sifat
ko`rsatkichli Premium-95/3 va Premium-95/4 ni kiritish ko`zda tutilgan. Nav
maxrajidagi son qaysi benzin normasi: Yevro-3 yoki Yevro-4 ga to`g`ri kelishini
ko`rsatadi (1.9-jadval).
1.9-jadval
Avtomobil benzinlarining sifatiga qo`yiladigan me`yor va talablar
Ko`rsatkichlar
Normal-80
Regulyar-
92
Premium-
95
Super-98
29
Oktan soni, dan kam emas
Motor usulida
Tadqiqot usulida
76
80
83
92
85
95
88
98
Qo`rg`oshin miqdori, gr/dm
3
dan ko`p emas
0.01
Marganets miqdori, gr/dm
3
dan
ko`p emas
50
18
-
-
Haqiqiy smolalar miqdori,
mg/100sm
3
, dan ko`p emas
5
Benzinning induksion davri,
min, dan kam emas
360
Oltingugurt massa ulushi,
%,dan ko`p emas
0.05
Benzolning hajmiy ulushi, %,
dan ko`p emas
5
Mis plastinkasida sinash
Chidaydi, 1-sinf
Tashqi ko`rinishi
Toza, tiniq
15
0
C dagi zichlik, kg/m
3
700-750
725-780
725-780
725-780
Bir vaqtning o`zida benzinlarning barcha navlari uchun ularning sifat
ko`rsatkichlariga me`yorlar qattiqlashgan:
- Qo`rg`oshinning maksimal miqdori 13 dan 5 mg/dm
3
gacha pasaytirilgan,
chunki etillangan benzinlar deyarli ishlab chiqarilmayapti va tashish, neft
bazalarida saqlash va AYoQSh dagi zapravkalarda etillanmagan benzinga
qo`rg`oshinning tushib qolishi mumkin emas;
- Super-98 navli benzin uchun oltingugurtning miqdori 150 mg/kg dank o`p
bo`lmasligi belgilangan. Turli oksigenatlar qo`llanilishining mumkin
bo`lgan chegaralari ko`rsatilgan va kislorod miqdoriga me`yor o`rnatilgan,
2.7% dan ko`p emas.
30
- Premium-95/3 va Premium-95/4 navli benzinlar uchun benzol miqdori 5 dan
1% (hajm) gacha kamaytirilgan, aromatik va olefin uglevodorodlarning
maksimal miqdoriga chegaralashlar kiritilgan, oltingugurt miqdoriga me`yor
belgilangan tegishli ravishda 150-50 mg/kg, zichlikga qo`yiladigan talablar
o`zgartirilgan;
- 2008-yil 01.01 gacha marganets konsentratsiyasi tegishli ravishda 50 va 18
mg/dm
3
bo`lgan Normal-80 va Regulyar-92 navli avtomobil benzinlarini
ishlab chiqarish va yetkazib berish rayonlariga chegaralashlar olib
tashlangan;
Rossiyada NQIZ modernizatsiya qilinishi zarurligi tufayli Yevro-2 2012-
yil31-dekabrgacha, Yevro-3 2014-yil 31-dekabrgacha, Yevro-4 2015-yil 31-
dekabrgacha kuchda qoladi.
Jahonning ko`pgina mamlakatlarida uchqunli yonish dvigatellari uchun spirt
saqlagan yonilg`ini qo`llaydilar. Masalan, AQSh da 40% ga yaqin qo`llaniladigan
benzin asosidagi yonilg`ilarda 5.7% dan 10.5 % gacha etanol bor (“gazxol” deb
ataladi). Barcha yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalar o`zlarining
dvigatellarida etanolning miqdorini 10% gacha bo`lgan benzinlarni qo`llashga
ruxsat beradilar.
Shuni ta`kidlash kerakki, sobiq ittifoq respublikalari yonilg`ida etanolni
qo`llash bo`yicha orqada qolmayaptilar. Ukraina hukumati 2000-yil 20-iyunida
qishloq xo`jalik xom ashyosidan olinadigan etanol asosida benzinlarga kislorod
saqlagan qo`shimchani hamda bu qo`shimchani saqlagan saqlagan benzinlarni
chiqarishni ko`zda tutadigan “Etanol” programmasini qabul qildi.
Etanol saqlagan benzinga GST U 320.00149943.015-2000 va etanol asosida
yuqori oktanli kislorod saqlagan qo`shimcha (YuKQ)ga TUU 30183376.001 davlat
standartlari ishlab chiqilgan. Benzinlarning barcha navlari –A80 Ek, A-92 Ek, A-
95 Ek, A-98 Ek larda YuKQ miqdori 6% (mass.)dank o`p emas.
2000-yil avgustida Litva Seymi bioYonilg`ito`g`risidagi qonunni qabul qildi.
Respublikada 7% etanolli benzin ishlab chiqarila boshlandi, bu esa yiliga 30 ming
31
tonna neftni tejashga imkon beradi va 25-30%ga atrof muhitni ishlatilgan gazlar
bilan ifloslanishini kamaytiradi.
Shunga o`xshash programmalar Belorussiya, Qozog`iston va Ozarbayjonda
ishlab chiqilayapti, ammo, etanolni yonilg`ilarda ishlatish o`ziga xos
kamchiliklarga ega. Etanol kichik yonish issiqligiga va yuqoriroq bug`lanish
issiqligiga ega. Uning antidetonatsion ta`sirini yonilg`iga qo`shimcha boshqa
antidetonatsion qo`shimchalarni kiritib kuchaytirish zarur.
Spirtning kamchiliklariga uning efir va an`anaviy Yonilg`iturlariga nisbatan
ancha yuqori kimyoviy faollikni belgilovchi qutbli gidroksil guruhning borligi
kiradi. Undan keyin etanol kam miqdorda suvni saqlaganda kam miqdorda elektr
o`tkazuvchanlikka ega va shuning uchun korroziyaga sababchi bo`ladi, shu sababli
spirt asosidagi motor yoqilg`iga antikorrozion qo`ndirma (prisadka)larni kiritish
zarur.
Yonilg`i( yoki benzinlar bilan aralashma sifatida) toza spirtni qo`llaganda toza
benzinlar holidagiga qaraganda ishqalanadigan metal yuzalarining ortiqcha
eskirishi sodir bo`ladi.
Spirtlar yaxshi erituvchilar bo`lib avtomobillar Yonilg`isistemasining ba`zi
plastmassa va rezina detallariga va Yonilg`ifiltrlarining tubiga salbiy ta`sir
ko`rsatadi.
Spirt
asosidagi
motor
yonilg`ilarining
kamchiligi
bo`lib
azeatrop
aralashmalarning hosil bo`lishi hisoblanadi, hamda spirt chala yonganda atrof
muhit uchun xavfli bo`lgan aldegidlar (atsetaldegid) hosil bo`lishi mumkin,
shuning uchun tegishli qo`ndirmalarni qo`llash zarur.
Reformulirlangan deb ataluvchi benzinlar yangi avlod banzinlari bo`lib
birinchi marta AQShda amalga oshirilgan, ularda 2.2-2.7% gacha (kislorodga
hisoblaganda) kislorod saqlagan birikmalarni kiritish ko`zda tutilgan. Dastlabki
qoidasiga binoan reformulirlangan benzin bu past navli benzin bo`lib yuqori
harorat va bosim ostida katalizatorlar ishtirokida kimyoviy modifikatsiyalashni
o`tgan.
Reformulirlash
jarayonining
mohiyati
benzinda
saqlangan
uglevodorodlarning izomerlanishidan iborat. Tarmoqlangan alkanlar neftning
32
krekingida hosil bo`ladigan benzinli fraksiya bilan aralashtiriladi va atmosferaga
kam miqdorda zaharli chiqindilarni beradigan yuqori sifatli etillanmagan benzin
hosil bo`ladi.
Reformulirlangan benzinni odatdagi benzinlar bilan solishtirganda sof
Yonilg`ideb qarab bo`lmaydi, uni o`tish yonilg`isi deb qarasa bo`ladi. Ammo
oksigenat, turli spirtlar va h.k. kislorod saqlagan birikmalarning benzin sifatini
yaxshilash uchun qo`shilishi sababli hol bo`lib hisoblanadi.
Global masshtabda oziq-ovqat bilan bog`liq bo`lgan sharoitlar talab
qiladigandek bioetanolni olish uchun yog`och, donli o`simliklarning tanalarini
qayta ishlashdagi ishlab chiqarish chiqindilaridan olish texnologiyasini ishlab
chiqish zarur, chunki bug`doy, makkajo`xori va boshqa donlilar oziq-ovqat
maxsulotlari bo`lib hisoblanadi. Ammo, matbuotda bioetanol to`g`risida
muzokarlar vujudga keldi.
Ekologlarni fikricha bioyonilg`ining foydasi unchalik ham ma`noli emas.
Birinchidan, Amerikalik ekspertlarning fikricha, bioyonilg`ining hozirgi zamon
modifikatsiyalarining ko`pchiligi yona turib atmosferaga chiqaradigan zaharli
moddalarning miqdoridan kam emas. Ikkinchidan, etanolni ishlab chiqarish uchun
ko`proq energiya sarf bo`ladi, natijada uni ishlab chiqarishdan keladigan zarar uni
qo`llashdan keladigan keladigan foydadan ko`p bo`ladi. Uchinchidan, ma`lumki
bioetanol qishloq xo`jalik ekinlaridan ishlab chiqariladi. Odatdagi benzinni
bioetanol bilan to`liq almashtirish uchun ekin yerlarini ancha oshirish zarur. Bu esa
ekin yerlarni o`rmonlar hisobidan kengaytirilmasa amalga oshmaydi.
Bioetanol haqiqatdan ham bugun neft benziniga haqiqiy raqobatdosh bo`la
olmaydi deb hisoblaydi RASXN vitse-prezidenti Lev Ernst. Shunga qaramasdan
uni hisobdan chiqarib kelajakda ishlatilmaydiganlar safiga kiritish yaramaydi.
Yangi yerlarni bioetanolli Yonilg`iuchun ajratish hatto katta yer resurslariga ega
bo`lgan davlatlar uchun tejamli bo`lmaydi. Qishloq xo`jalik chiqindilari xususan
spirt ishlab chiqarishdagilari esa chiqarib tashlanmasdan balki yonilg`iga qayta
ishlanishi mumkin.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |