54
1,5 mln gacha turli bakteriyalar chiqaradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sanoati taraqqiy etgan, transnort va energetika
tarmoqlari rivojlangan, qishloq xo’jaligi kimyolashtirilgan va zamonaviy mashinalar bilan
ta’minlangan, aholining ko’payishi va urbanizasiya jarayoni ko’chayotgan bizning asrimizda
atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik qilmoqda.
Atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar (changlar, tutunlar, kanserogen
moddalar, metall birikmalari) ochiq suv havzalariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tabiatda suvning tabiiy aylanishi (bug’lar-yog’ingarchiliklar-suv) doimiy bo’lib, daryo
va ko’llarni, dengiz va okeanlarni, er osti suvlari va atmosfera havosini to’yintirib turadi.
Demak, atmosfera tarkibi qancha chang va zaharli gazlar bilan ifloslangan bo’lsa, ular
yog’ingarchiliklar tufayli erga kelib tushadi va salbsy o’zgarishlarga olib keladi.
Atmosfera havosining antropogen ifloslanishi tufayli mintaqaviy iqlim o’zgarishlari,
ya’ni iqlimning elementlari (bosim, harorat, namlik, yog’ingarchiliklar)da ham salbiy
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Hozirgi paytda atmosfera havosining antropogen ifloslanishi
natijasida shahar iqlimining uning atrofidagi joylardagi iqlimidan farqi borligi aniqlangan.
Masalan, shaharlarda ularning atrofiga qaraganda havo kondensasiya yadrolari va
zarrachalarining miqdori. 10 baravar ko’p, bulutli kunlar yozda 5-10% ga, qishda tumanlar 80-
100% ga, yomg’ir va yog’inarchilik kunlari 10% ga, yillik o’rtacha harorat esa 1% dan yuqori
bo’lmoqda. YAlpi Quyosh ridiasiyasi 15-20% kam, ul`trabivafsha nurlari yozda 5%, qishda
30% kam, quyoshli kunlar esa 5% ga kam bo’ladi. Masalan, Samarqand shahrida uning atrofiga
nisbatan bir yilda 6 marotaba ko’p tuman tushgan va 11 mm yog’in ko’proq yoqqan.
Misol tariqasida shuni ham qayd kilish kerakki, bitta reaktiv samolyot yoqilg’isining
kariyb 4%ni atmosfera havosiga chiqaradi. Atmosfera havosi tarkibidagi SO
2
miqdorining ortib
borishi sayyoramiz haroratini ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Agar keyingi yuz yil davomida
atmosfera havosiga yiliga 4 mlrd t SO
2
chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda, yiliga 14 mlrd t SO
2
chiqariladi. Ahvol shu tarzda davom yetadigan bo’lsa, atmosfera havosi tarkibidagi SO
2
ning
miqdori 15% dan 25% gacha oshadi va natijada o’rtacha harorat 0,5
0
S ga ko’tariladi. Bu esa,
uz navbatida, muzliklarning erishiga va turli xil salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Atrof-muhitga qo’shiladigan kimyoviy modlalar va fizikaviy omillar orasida
kanserogen moddalar eng xavfli hisoblanadi. Kanserogen moddalar tirik organizmda juda
xavfli moddalarning rivojlanshiga katta ta’sir yetadi. Organizmda paydo bo’lgan kanserogen
moddalar (nafas olish yo’llari orqali, oziq-ovkaqlar bilan va hokazo) undan chiqa olmaydi.
Konserogen moddalar guruhiga polisiklik aromatik uglevodorodlar (masalan,
benz(a)piren S
29
N
12
), epoksidlar, to’rt xlorli uglevodorod (SSN
4
), xloroform, metall birikmalari
(masalan, borilliy oksidi, xrom oksidi, nikel sulfidi, qo’rg’oshin birikmalari) va boshqa
moddalar kiradi. Xususan, benz(a)piren eng kuchli kanserogen modda hisoblanadi. U ko’mir,
neft mahsulotlari va slaneslarni yondirganda paydo bo’ladi. Avtomagistral yo’llari atrofida,
issiqlik elektr stansiyalarida, metallurgiya zavodlari va sexlarida uning eng yuqori
konsentrasiyasi paydo bo’ladi.
Biologik qobiq elementlari o’zaro uzviy bog’langanligi tufayli ifloslangan atmosfera
havosi tabiatning boshqa komponentlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada suv va tuproqning
tabiiy holatida, inson organizmida, o’simlik va hayvonot dunyosida salbiy o’zgarishlar paydo
bo’ladi. YUrak-qon tomirlari sistemasi shikastlanib, qon bosimi oshadi, rak, bronxit va o’pka
kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Bir kishi o’rtacha bir sutkada 25 kg havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi
zararli changlar, qurum va gazlar organizmda to’planaveradi. Bu esa, sekii-asta nnson
organizmining zaiflashuviga olib keladi va oqibatda organizm turli infeksiyalarga etarli
darajada qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi. Bularning barchasini alohida misollarda
ko’rib chiqamiz.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: