3) Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy va laboratoriya ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirganlik darajasini baholash usuli. Mazkur fan bo’yicha yakuniy nazorat semestrning oxirgi ikki haftasi mobaynida O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan tuzilgan qat’iy jadval asosida belgilangan auditoriyada “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
7.3. Baholash tartibi va mezonlari
«Kostyum kompozitsiyasi va tarixi» fani bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalari nazorat qilishning reyting tizimi asosida ballarda ifodalanadi.
Talaba mazkur fan bo’yicha yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball – 100 ball bo’lib, u quyidagicha taqsimot qilinadi:
– joriy nazorat – 40 ball; (JN1 – 20 ball, JN2 – 20 ball).
– oraliq nazorat – 30 ball; (ON1 – 15 ball, ON2 – 15 ball).
– yakuniy nazorat – 30 ball.
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanadi. Ushbu foizdan (55 foiz) kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga ham yo’l qo’yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
7.4. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti (o’zlashtirish ko’rsatkichlari bo’yicha baholash mezonlari):
№
|
Topshiriqlarning nomlanishi
|
Maksimal yig’ish mumkin bo’lgan ball
|
Laboratoriya mashg’ulotlarda
|
I
|
Laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim uchun berilgan topshiriqlarni baholash, sh.j.:
|
20 ball
|
1.1
|
Talabaning mavzular bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlarni va ular asosidagi topshiriqlarni bajarishiga
|
10 ball
|
1.2
|
Talabaning mavzular bo’yicha mantiqiy bog’langan va mustaqil echish uchun berilgan topshiriqlarni bajarishiga hamda analitik qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladigan konspektlar, dars rejalari va referatlarni himoya qilishiga
|
10 ball
|
Jami :
|
40 ball
|
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan mustaqil ta’lim uchun berilgan topshiriqlarni (1.1., 1.2., bandlar) laboratoriya mashg’ulotlarda baholashda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan mezonlar:
1.1. Talabalarni har bir mavzuni nazariy va laboratoriya o’rganganliklarini baholash maqsadida kichik guruhlarga bo’lish va har bir kichik guruhga laboratoriya topshiriqlarni tarqatish. Talabalar mazkur topshiriqni guruh a’zolari, ya’ni saboqdoshlari bilan hamkorlikda mustaqil laboratoriya mashg’ulot darsi davomida bajaradilar va natijalarini taqdim etadilar. Guruh taqdimoti tugagandan so’ng talabalar ham munozarada faol qatnashib mavzuga doir turli xildagi savollar bilan murojaat etishlari va o’z fikrlari, tushuncha, qarashlarini bayon etishlari uchun imkoniyat yaratilib beriladi. Mazkur tartibda boshqa kichik guruhlar ham bajargan ishlarini birma-bir himoya qiladilar. Hamkorlikda ishlash qoidasiga ko’ra, guruhga berilgan ball guruh talabalarining ham individul bali bo’lib hisoblanadi. Bunday topshiriq uchun maksimal – 20 ball berilishi maqsadga muvofiqdir;
1.2. Talabalarni mustaqil ishning har bir mavzusini nazariy va laboratoriya o’rganganliklarini baholash maqsadida va, albatta, mavzular (bir nechta mavzuni qamrab olgan)ning mantiqiy bog’liqligini hisobga olib, topshiriqlarni qabul qilish. Talabalar mustaqil ishlarini topshirish davomida munozarada faol qatnashib, mavzuga doir turli xildagi savollar bilan murojaat etishlari va o’z fikrlari, tushuncha, qarashlarini bayon etishlari uchun imkoniyat yaratilib beriladi. Mazkur tartibda talabalar mustaqil ravishda tayyorlab kelgan materiallarini birma-bir himoya qiladilar. Bunday topshiriq uchun maksimal – 20 ball berilishi maqsadga muvofiqdir;
Demak, talaba semestr davomida joriy nazoratdan maksimall 40 ball to’plash imkoniga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |