Buxoro muhandislik texnologiya instituti


Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,08 Mb.
bet173/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliq soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;

2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;

3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:

yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;

oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;

4) «Hunarmand» uyushmasining hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo‘lgan, qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan o‘z faoliyatining dastlabki ikki yilida – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;

5) «Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrida – yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy tartibda to‘lanadi. Belgilangan miqdordagi soliqning to‘lanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi. Belgilangan miqdordagi soliqning to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo‘lgan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan qolgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan –har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay; tomonidan – hisobot yilining 1 oktyabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari to‘lov kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan soliqni to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiriladi.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish