Buxoro muhandislik texnologiya instituti



Download 1,08 Mb.
bet125/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Soliq stavkalari

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g’risida”gi 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019 yilda Yer solig’i stavkalari qarorning 16-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan edi. 2020 yilda Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilandi. 2020 yil uchun Yer solig’i stavkalari ilova qilinadi (Ilova 1).



O`zbekiston Respublikasida fermer xo`jaliklari O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “Fermer xo`jaligi to`g’risida”gi Qonuniga asosan tashkil qilindi .

Fermer xo`jaliklari to`g’risida”gi Qonunga asosan - Fermer xo`jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`yektdir. Fermer xo`jaligining boshlig’i shu xo`jalikning muassisi - fermerdir. O`n sakkiz yoshga to`lgan, qishloq xo`jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo`lgan shaxs fermer bo`lishi mumkin. Fermer xo`jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo`lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.



Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo`lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo`jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi sug’oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami paxtachilik va g’allachilik uchun kamida 10 gektarni, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi.

Yer uchastkalari berilganda fermer xo`jaligi o`z zimmasiga qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o`rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo`lmasligini ta`minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo`yiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi «Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig’i joriy qilish to`g’risida»gi №2086-sonli Farmoniga hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi «Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig’i to`g’risida»gi №539-sonli qaroriga muvofiq 1999 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo`jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining byudjetga to`lovlarini soddalashtirish, ixchamlashtirish maqsadida yagona yer solig’i joriy etilgan.2020 yildan boshlab yagona yer solig’i yer solig’i tarkibiga kiritildi.

Yagona yer solig’i amaldagi barcha umumdavlat soliqlari (alkogolli mahsulotga aksiz solig’idan tashqari) hamda qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan quyidagi mahalliy soliqlar va yig’imlarni to`lash o`rniga joriy etildi:

  • foyda solig’i;

  • qo`shilgan qiymat solig’i;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  • mol-mulk solig’i;

  • yer solig’i;

  • boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Yagona yer solig’i to`lovchilari bo`lmish qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun boj to`lovi, davlat boji, litsenziya yig’imlari, byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar to`lashning amaldagi tartibi saqlab qolindi. Yagona yer solig’i to`lovchilari quyidagilardir edi:

qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;

qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo`jaliklari va ta`lim muassasalarining o`quv-tajriba xo`jaliklari.

Bir vaqtning o`zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:

yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va o`zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yohud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo`lgan yuridik shaxslar;

qishloq xo`jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o`zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo`lgan yuridik shaxslar;

qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va mazkur o`zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo`jaligi mahsulotini o`z ichiga oluvchi qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.

Yagona yer solig’ining stavkalari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili qabul qilinadigan “O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g’risida”gi 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonliqaroriga muvofiq 2018 yil uchun va “O`zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari va Davlat byudjeti prognozi to`g’risida” gi 2018 yil 26 dekabrdagi № 4086 sonli qaroriga muvofiq 2019 yil uchun quyidagicha belgilandi:

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish