Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq STAVKALARI
t/r
|
To`lovchilar
|
Soliq solinadigan bazaga nisbatan % da soliq stavkalari
|
2018 y
|
2019 y
|
1
|
Yuridik shaxslar (2-3 bandlardagidan tashqari)
|
14
|
12
|
2
|
Tijorat banklari
|
22
|
20
|
3
|
Sement (klinker), polietilen granulalari ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar
|
14
|
20
|
4
|
Qo‘shimcha foyda solig‘i
|
50
|
5
|
Mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig’i stavkalari
-rentabellik darajasi 20 foizgacha
-rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo’lgan foyda summasiga
|
14
50
|
20
|
6
|
Auksionlar o`tkazishdan, gastrol’-konsert faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shuningdek, norezidentlarni) jalb etish yo`li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar
|
35
|
|
14-jadval
Soliq kodeksining 337-moddasiga asosan 2020 yil uchun
foyda solig’i stavkalari
№
|
Soliq to‘lovchilar
|
Soliq stavkalari, foizlarda
|
1
|
Foyda solig’i to‘lovchilar, bundan 2–13-bandlarda ko‘rsatilganlar mustasno
|
15
|
2
|
Banklar
|
20
|
3
|
Quyidagi soliq to‘lovchilar:
sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan
|
20
|
4
|
O‘zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari
|
0
|
5
|
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar
|
0
|
6
|
Qo‘shimcha manbalardan daromadlar oluvchi byudjet tashkilotlari
|
0
|
7
|
Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda
|
0
|
8
|
Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda
|
20
|
9
|
Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat sub’ektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar
|
7,5
|
10
|
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilar
|
0
|
11
|
O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olinadigan daromadlar
|
0
|
12
|
Dividendlar tarzidagi daromadlar
|
5
|
13
|
Aylanmasi 1 mlrd.so’mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
|
Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi
|
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar faoliyatning barcha turlari bo‘yicha belgilangan soliq stavkasini qo‘llaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar, agar o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 foiz miqdorida soliq stavkasini qo‘llashga haqlidir.
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan mezonlarga rioya etmagan taqdirda, mazkur shartlarga rioya etmaganlik ro‘y bergan soliq davrining boshlanishidan e’tiboran ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini ilgari o‘tgan soliq davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan holda qo‘llaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 8-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar, agar ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etsa, 7,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo‘llashga haqli.
Qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari, basharti bo‘shatilayotgan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjet tashkilotlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, o‘z xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2023 yilning 1 yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo‘llaydi.
O‘zida ishlovchilarning umumiy o‘rtacha yillik sonining 3 foizidan ko‘prog‘i nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan
0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.
Tovarlar eksport qilinganda, shu jumladan tovar vositachi (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tovarlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, qo‘llaniladi.
Tovarlar eksport qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar (xizmatlar) eksportga chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |