Buxoro muhandislik texnologiya instituti



Download 1,08 Mb.
bet72/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

2018 yil

Yagona soliq

2019 yil

yagona soliq


2020 yil

Aylanmadan soliq

1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari, 2-14-bandlarda ko'rsatib o'tilganlaridan tashqari

5

4

4

2

Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha xizmatlarni ko'rsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari)

5

5

5

3

Lombardlar

30

30

25

4

Konsert- tomosha faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo'li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan yuridik shaxslar

30

5

5

5

Brokerlik idoralari (6-bandda ko‘rsatilganlar bundan mustasno), shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, shu jumladan telekommunikatsiya operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar

4

4

25

6

Sug‘urta agentlari, shuningdek sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori va tovar-xom ashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar

13

13

13

7

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan (ijaraga berishdan olinadigan daromad 60 foizdan yuqori bo’lgan) yuridik shaxslar

30

30

-

8

Lotereya o`yinlarini tashkil qilish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar

33

30




9

Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan yuridik shaxslar (lizing kompaniyalari bundan mustasno)







8




10

Umumiy ovqatlanish korxonalari













joylashgan joyiga qarab::













aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

10

8

8




boshqa aholi punktlarida

10

6

6




borish qiyin bo'lgan va tog'li yerlarda

10

4

4




umumta'limmaktablari, maktab-internatlar, o'rtamaxsus, kasb-hunarvaoliyo'quvyurtlarigaxizmatko'rsatuvchiixtisoslashganumumiyovqatlanishkorxonalari

8

Joylash

gan joyiga qarab, belgilan

gan stavka

ning 75 foizi



Joylashgan joyiga qarab, belgilan

gan stavka



ning 75 foizi

11

Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar













joylashgan joyiga qarab:













aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

4

4

4




boshqa aholi punktlarida

2

2

2




borish qiyin bo'lgan va tog'li yerlarda

1

1

1




Joylashgan joyidan qat'iy nazar:













alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha

4

4

4

12

Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari (11-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari)

5

5

4

13

Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:













aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

3

3

3




boshqa aholi punktlarida

2

2

2




borish qiyin bo'lgan va tog'li yerlarda

1

1

1

14

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish, navlargaajratish, saqlashqadoqlashbilanshugullanuvchitayyorlovtashkiloti

4

4

tovar aylanmasining 4%i yoki yalpi daromadning 25%i

15

Elektron tijorat sub’yektlarining Milliy reestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar







2

16

Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston Chernobilchilari» assotsiatsiyasi bo‘lgan va umumiy sonida nogironlar, urush va 1941–1945 yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironlar, urush va 1941–1945 yillar mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar







0















Ma’lumki, 2007 yil 1 yanvardan boshlab O`zbekiston Respublikasi Prezidentining №-532 Qaroriga asosan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimi birmuncha soddalashtirilgan edi. Ya’ni, avvalgi soliqqa tortish tartibida savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar uchun belgilangan yalpi daromad solig’i, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Respublika yo`l jamg’armasiga, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga ajratiladigan majburiy to`lovlar o`rniga yalpi tushumdan to`lanadigan yagona soliq to`lovi joriy etilgan edi.

Chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi punktlarida joylashgan, ular bo’yicha yagona soliq to’lovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoxobchalariga ega bo’lsa, ular tomonidan har bir savdo shoxobchasi bo’yicha tovar aylanmasining alohida-alohida hisobini yuritish hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lash tartibi saqlanib qolindi.
6.2. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig’idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.

 Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi

Yuqorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik sub’yekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa prefyerensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas.

Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.


6.3. Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi.

Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.

Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:

hisob yuritish va hisobot berish tartibi;

soliq solish va boshqa to‘lovlarni to‘lash shartlari;

chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.

Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni to‘laydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.

Chet ellik investorga soliq solish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:

1) foyda solig‘i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromad bo‘yicha va faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha olingan daromad bo‘yicha alohida-alohida to‘lanadi Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo‘lgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i solish ob’yektidir;

2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi bo‘ladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi bo‘lib ish yuritadigan ishtirokchi to‘g‘risida xabardor etishi shart.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish