Soliq solishning soliqlarni yig’ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili. Ushbu tamoyil davlat va soliq to`lovchilar tomonidan soliqlarni yig’ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni ko`zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliq solish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axbo- rotlarining to`g’riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo`llanishi orqali soliq to`lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliq solish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan.
Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili.
Soliqstavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya`ni mintaqaning o`ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo`lgan xo`jalik faoliyati shart- sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo`yilgudek bo`lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy ta`sir qiladi.
Soliq solish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o`xshashlikka ega va ularni hayotga to`liq tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda mustaqil soliq siyosati ishlab chiqildi, uning taktika va strategiyasi aniqlanib, izchil takomillashtirilib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan milliy soliq siyosatining ustuvor yo`nalishlari belgilab berildiki, uning asosiy maqsadi soliq to`lovchilar va davlat byudjeti manfaatlari o`rtasida o`zaro uyg’unlikni ta`minlashga qaratilgan. Bunday uyg’unlikni ta`minlashning eng muhim vositalaridan biri soliq yukini optimal belgilash va shu tariqa davlat byudjetini kerakli miqdorda moliyaviy resurslar bilan ta`minlash bilan birga, soliq to`lovchilar zimmasidagi soliq majburiyatlari ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta`sir etmasligiga erishishdan iborat. Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo`nalishlarida soliq yukini muntazam kamaytirib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda, ushbu holat 2011 yildan boshlab ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta`sir etdi.
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni e`tiborga olgan holda kamaytirib borish o`z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, ish)lar bilan to`ldirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes sub`yektlari shaklidagi soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulot va davlat byudjetining daromadlar hajmida yil sayin o`sish ta`minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, shuningdek, uning tarkibi bo`yicha ham sezilarli ravishda ko`zga tashlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |