Soliq solish ob’yekti
Tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish uchun yig‘im ob’yektidir.
Yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im yig‘im stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan to‘lanadi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bo‘yicha hisob-kitob faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga:
yil davomida tegishli ruxsat guvohnomasini (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarorini) olgan soliq to‘lovchilar tomonidan - ruxsat guvohnomasi (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarori) berilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmasdan;
faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan - har yili hisobot yilining 15 yanvarigacha taqdim etiladi.
Yig’imlar o`rnatilgan eng kam ish haqiga karrali miqdorda ( nisbatan) belgilanadi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq- O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2018 yildagi O‘RQ-508-son Qonuniga muvofiq bekor qilindi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq to`lovchilari- oxirgi iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg’isi va gazni (chakana sotadigan) avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar edi.
Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni chakana sotish soliq solish ob`ekti hisoblanardi.
Benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan va o’z ehtiyojlari uchun foydalanilgan hajmi soliq solinadigan baza edi.
Jismoniy shaxslarga sotilgan o`zi ishlab chiqargan hamda Chetdan xarid qilingan benzin, dizel yonilg’isi va gazning natural hajmi soliq solish baza hisoblanardi.
Benzin, dizel yog’ilg’isi va gazni sotish deganda ularni jismoniy shaxslarga amalda berish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |