O‗simlik to‗qimasining tuzilishi:
O‗simlik hujayrasi. O‗simlik to‗qimasi parenxim va prozenxim hujayralardan iborat
1-rasm). P a r e n x i m h u j a y r a l a r dumaloq yoki ko‗p qirrali shaklga ega, turli
kesimdagi o‗lchami 10-60 mkm -ni tashkil etadi. Tugunakmeva va sersharbat
mevalarda parenxim hujayralarning ko‗ndalang kesimi 1 mm -ni tashkil etishi
mumkin.
12-rasm. O‗simlik hujayralari:
a, b – parenxim ( 1- yadro va yadrochalar; 2 –sitoplazma; 3 – vakuol; 4 – hujayra
devori; v – prozenxim.
Prozenxim hujayralar ko‗proq uzunchoq shaklga ega bo‗ladi. Ularning
ko‗ndalang kesimi o‗lchami taxminan parenxim hujayralarnikiday, uzunligi esa
ba‘zan bir necha santimetrga ham etadi.
Meva va sabzavot to‗qimasi asosan parenxim hujayralardan iborat. Etilgan
mevalarning hujayrasi yupqa elastik qobiqga, protoplast va vakuolga ega. Protoplast
tarkibiga sitoplazma, yadro va tarkibiy qism: plastidalar, kraxmal donachalari,
o‗simlik moyi, ayrim tuzlar Kristallari kiradi.
Hujayra qobig‗i Kristallik zarralar - mitsellardan iborat va shishasimon shaffof
nog‗oraparda ko‗rinishiga ega. Yosh hujayra qobig‗i juda yupqa bo‗lib sellyulozadan
tashkil topgan. Hujayraning rivojlanishi davomida qobiq o‗lchamlari kattalashadi,
unda protopektin, gemitsellyulozalar, ba‘zan kutin, suberin yoki lignin yig‗iladi.
Qobiqni tashkil etuvchi suvda erimaydigan moddalar qobiq va muvofiq ravishda
hujayrani mustahkam qiladi.
Sitoplazma shaffof dildiroqsimon massa bo‗lib, yosh hujayra qobig‗i ichkarisi
hajmini to‗liq egallaydi. Etilgan hujayrada sitoplazma yupqa qatlam ko‗rinishida
41
bo‗lib bevosita qobiq va hujayrani bir necha yo‗nalishda kesib o‗tuvchi plazma
iplariga yopishgan bo‗ladi.
Sitoplazmaning 60-90% ni suv tashkil etadi. Qolgan qismining 65% ni oqsil,
12%-ni uglevodlar, yog‗ va lipoidlar 12%, aminokislotalar 1,5% ni tashkil etadi.
Undan tashkari sitoplazmada siklik to‗yinmagan alkogol xolosterin - S27N45ON
yog‗simon fosfatid letsitin, organik kislotalar tuzlari, fosfor kislotasi joylashgan.
Protoplazma oqsilining ko‗pchiligida fosfor mavjud.
Sitoplazma donali tuzilishga ega va uch qatlamga bo‗linadi: plazmolemma,
mezoplazma va tonoplast. Plazmolemma (membrana) - sitoplazmaning hujayra
qobig‗iga tutashgan tashqi qatlami. Mezoplazma – sitoplazmaning asosiy markaziy
qatlami. Tonoplast – sitoplazmaning vakuola bilan chegaradosh ichki qatlami.
Hujayra yadrosi hujayraning sitoplazmasida joylashadi va uning ko‗payish va
o‗sishida katta ahamiyatga ega. Jumladan ferment hosil bo‗lishi jarayonini yadro
bilan bog‗liq deb taxmin qilinadi.
Kimyoviy tarkibi bo‗yicha yadrolar sitoplazma bilan o‗xshash, lekin
nukleoproteidlarning ko‗pligi bilan farq qiladi.
Plastidlar xloroplast, xromoplast va leykoplastlarga bo‗linadi.
Xloroplastlar yangi o‗simliklarda organik moddalar hosil qiluvchi fotosintez
jarayonida muhim rol o‗ynaydi. Xloroplast markazida kraxmal sintez qiluvchi
vakuol joylashgan.
Xromoplastlarda karotin mavjud bo‗lganligi tufayli ular pushti rangga
bo‗yalgan. Ular noto‗g‗ri shaklga ega bo‗lgan plastinka, igna va donachalardan
iborat.
Leykoplastlar –sharsimon va cho‗ziq shakldagi rangsiz plastidalardan iborat.
Ular asosan tugunakmevada, o‗simlik ildiz va urug‗larida bo‗lib hujayra yadrosi
yaqinida to‗planadi.
Ayrim xom ashyolarda (masalan kartoshka) leykoplastidlardan kraxmal hosil
bo‗ladi. Pishib etilish davrida ayrim turdagi plastidalar boshqa turga o‗tishi mumkin.
Kraxmal donalari plastidalarda to‗planadi va Kristallik tuzilishga ega. Donalar shakli
o‗simlik turi va plastida tuzilishiga bog‗liq.
42
Aleyron donalar – zaxira oqsil moddalar. Donalar shakli – yumaloq, o‗lchami kichik.
Aleyron donalar dukkaklilar urug‗ida ko‗p miqdorda yig‗iladi. Ular kraxmal donalari
orasida joylashadi. O‗simlik moylari zaxira energetik materiali vazifasini bajaradi va
asosan o‗simlik urug‗ida yig‗iladi.
Vakuollar bo‗shliqlardan iborat bo‗lib, hududi protoplazma bilan chegaralangan.
Rivojlanmagan hujayrada vakuola yo‗q. Hujayra etilishi bilan unda ko‗p miqdorda
mayda vakuolalar paydo bo‗ladi va keyinchalik birlashadi.
Vakuolalar hujayra sharbati bilan to‗lgan bo‗ladi. Hujayra sharbati suvda erigan
organik moddalar: qandlar, oqsillar, kislotalar va ularning tuzlari, oshlovchi
moddalar, glikozidlar, suvda eruvchi vitaminlardan iborat.
Etilgan hujayrali pishgan xom ashyoda sharbat miqdori pishmagan xom ashyoga
nisbatan ko‗p bo‗ladi.
O‗simlik hujayrasining turgor va plazmolizi
Qobiq bilan chegaradosh bo‗lgan tirik hujayraning protoplazma qatlami yarim
o‗tkazish xususiyatiga ega. U suv o‗tkazadi, ammo suvda erigan moddalarning ko‗p
qismini ushlab qoladi. SHuning bilan u hujayra va va hujayralar aro bo‗shliqda
konsentratsiyalar tenglashishiga yo‗l qo‗ymaydi. SHu sababga ko‗ra hujayra hujayra
sharbatida erigan moddalar sitoplazmaga osmotik bosim bilan ta‘sir ko‗rsatadi.
Ushbu bosim qiymati quyidagi formula yordamida hisoblanadi
r = SRT ,
bu erda r – bosim, Pa; S – eritmaning molyar konsentratsiyasi, mol/m2;
R – gaz doimiyligi, u 8,3 Dj/(mol
∗
K)-ga teng; T - mutloq temperatura, K.
Etilgan meva va sabzavot hujayrasidagi osmotik bosim odatda 0,49 dan 0,98 MPa
gacha o‗zgaradi. Buning natijasida protoplazma hujayra qobig‗iga zich yopishadi.
Hujayra qobig‗i o‗z navbatida hamma tomonga cho‗ziladi. Hujayraning bu tarang
holi turgor deyiladi (2, a - rasm). ]
43
a) b)
Do'stlaringiz bilan baham: |