Bilvosita usul bilan sovun pishirish
bilan olingan tayyor mahsulotga hid va
ranggi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi.
Bilvosita usul bilan xo‘jalik sovuni pishirishning texnologik jarayoni quyidagi
operatsiyalar ketma-ketligidan iborat: toza yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash,
sovun elimini yadro va sovun osti elimiga ajratish bilan qisman tuzlash;
tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun elimini yadro va
sovun osti ishqoriga ajratish bilan to‘liq tuzlash, silliqlash. Sovunlash jarayoni
bevosita usul bilan ham olib borilishi mumkin, ya‘ni dastlab karbonatli sovunlash,
keyin kaustik sovunlash orqali sovun elimi olinadi. Olingan sovun elimida sovun
ko‘rinishida bo‘lgan yog‘ kislotalar miqdori 52% dan kam bo‘lmaydi.
Sovun elimini qisman tuzlash elektrolitlar (osh tuzi yoki kaustik soda
eritmalari) bilan olib boriladi. Buning uchun sovun elimiga qaynayotgan va
aralashtirilayotgan holda hisoblangan miqdorda elektrolit (20% li osh tuzi eritmasi)
beriladi. Har bitta elektrolit portsiyasi berilganda sovunli massa, to elektrolit to‘liq
yoyilib ketgunicha yaxshilab aralashtiriladi va qaynatiladi.
Sistemani yadro va sovun osti elimiga ajralishini ta‘minlovchi elektrolit
kontsentratsiyasi yog‘li aralashma retsepturasi va yog‘ kislotalar kontsentratsiyasiga
qarab belgilanadi. Odatdagi yog‘ retsepturasi bo‘yicha sovunni qisman tuzlash bilan
pishirishda ishlatiladigan elektrolitlarning me‘yoriy kontsentratsiyalari quyida
ko‘rsatilgan.
5– jadval
Sovun massasidagi yog‘
kislotalari miqdori, %
Sovun massasidagi elektrolit
kontsentratsiyasi
(NaCl va NaON yig‘indisi), %
52-54
1,3 dan ortiq emas
54-56
1,0 dan ortiq emas
56-58
0,8 dan ortiq emas
Tuzlash tugaganda NaON miqdori 0,3% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
150
Qisman tuzlash to‘g‘ri olib borilsa, qozondagi sovun massasi bir tekis qaynaydi, uni
yuzasida kengligi 20-25 sm bo‘lgan plastinalar ko‘rinadi. Po‘latdan yasalgan
shpateldan yupqa qatlamda oqib tushadi, bunda shpatelni yuqorigi qismi quruq,
pastki qismida esa sovun yupqa qatlamda tiniq ko‘rinishda bo‘ladi.
Sovun massasini qisman tuzlash jarayoni tugagandan keyin, uni to ikki fazaga
ajralguncha bir necha soatga tindirib qo‘yiladi. Bu fazalar tarkibida 60-63% yog‘
kislotalari bo‘lgan yadro (tayyor sovun asosi) va 25-30% yog‘ kislotalari bo‘lgan
sovun osti elimidan iborat. Tindirish vaqti yog‘ tarkibi, kontsentratsiyasi va qozon
hajmiga bog‘liq. Masalan, hajmi 50m
3
bo‘lgan qozonda tindirish vaqti 20-30 soatni
tashkil etadi. CHiqayotgan asos (yadro) va sovun osti elimining nisbati 65-70% va
35-30% bo‘ladi. Tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, tarkibida 0,2% dan
ko‘p miqdorda erkin ishqor va 1% dan ko‘p bo‘lmagan natriy karbonat bo‘lgan
tayyor sovun asosi sovun-yig‘gichga yuboriladi va sovitishga, so‘ng quritishga va
mexanik ishlov berishga jo‘natiladi. Sovun osti elimi esa pastki shtutser orqali
alohida qozonga beriladi va tozalash maqsadida qayta ishlanadi.
Sovun pishirish uchun tozalanmagan yog‘li xomashyo va soapstokli yadro
ishlatilganda sovun osti elimi elektrolit eritmasi bilan to‘liq tuzlanadi. Buning uchun
sovun osti elimiga ochiq bug‘ bilan qaynatib va aralashtirib turgan holda etarli
miqdorda 20% li osh tuzi eritmasi beriladi. Agar kurakchaga olingan namunada tiniq
suyuqlik (sovun osti ishqori) orasida yadro donachalari aniq ko‘rinsa, to‘liq tuzlash
oxiriga etdi deb hisoblanadi. Tuzlash jarayoni tugayotganda sovunli massa tindiriladi
(sig‘imi 50m
3
bo‘lgan qozonda 2-4 soat) bunda ikki xil faza (yadro va sovun osti
ishqori) hosil bo‘ladi. Sovun osti ishqori so‘nggi marta ishlov berish uchun alohida
sig‘imga olinadi, yadro esa asos sifatini oshirish, tarkibidagi elektrolit miqdorini
kamaytirish va rangini yaxshilash maqsadida silliqlanadi. Silliqlashda dastlab
yadroga suv qo‘shib, ochiq bug‘ orqali qaynatish yo‘li bilan uni sovun elimiga
aylantiriladi. Olingan, tarkibida 50-55% yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun elimi qisman
tuzlanadi va sistema yana yadro va sovun osti elimiga ajraladi.
Sovun osti elimiga ishlov berish.
Sovun osti elimida 30% gacha sovun
ko‘rinishidagi yog‘ kislotalar, 1% gacha erkin ishqor, har xil elektrolitlar (natriy
151
karbonat, osh tuzi), hamda hamroh moddalar va aralashmalar mavjud. Bu moddalar
unga yog‘li aralashmalardan va boshqa materiallardan o‘tgan.
Sovun osti elimini sovun pishirish uchun ishlatishdan avval uni sifatini yaxshilash
maqsadida qayta ishlanadi. Bu jarayon sovun osti elimidagi erkin ishqorni neytrallash
va olingan sovunli massani osh tuzi bilan tuzlashdan iborat. Erkin ishqor va natriy
karbonatni neytrallash jadal qaynatish orqali yog‘ kislotalarini qo‘shish bilan amalga
oshiriladi. Bunda olingan sovunli massadagi ishqor miqdori 0,05% dan oshib
ketmasligi kerak. Olingan sovun elimi qaynatilgan holda quruq tuz qo‘shish bilan
tuzlanadi. Ikki soatlik tindirishdan so‘ng sovun osti ishqori ajratib olinib qayta ishlash
davom ettiriladi. Tozalangan sovun yadrosi esa navbatdagi sovun pishirishga
yuboriladi. Tozalash samaradorligini yanada oshirish uchun yadroni sovun elimiga
aylanguncha suv bilan eitiladi va tuzlash jarayoni qaytariladi.
Sovun osti ishqoriga ishlov berish.
Xo‘jalik sovuni asosini bilvosita usul bilan
tayyorlash jarayonida, hamda sovun osti elimi va boshqa yog‘li chiqindilarni qayta
ishlashda olingan sovun osti ishqori tarkibida 8-9% natriy xlorid, 0,1% erkin natriy
gidroksid va 0,8% gacha sovun holidagi yog‘ kislotalari bo‘ladi. Sovun osti ishqorini
qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘ kislotalari yo‘qotilishini
kamaytirishdir. Sovun osti ishqori qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘
kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqoriga ilashib chiqqan sovunni
ajratish uchun u 50
0
S gacha sovutiladi. Bunda 50% gacha sovunlangan yog‘
kislotalari ishqordan ajraladi.
Yog‘ kislotalari miqdorini yanada kamaytirish va soda mahsulotlarini ajratib
olish uchun sovun osti ishqori yog‘lash usuli bilan qayta ishlanadi. Buning uchun
sovun osti ishqori tarkibidagi o‘yuvchi va karbonatli ishqorlar yog‘ kislotalari bilan
neytrallanadi. Bunda yog‘ kislota miqdori hisoblanganidan 15-20% ortiqcha olinadi.
Bunday sharoitda qiyin eruvchan nordon sovun hosil bo‘lib, u sovun osti ishqoridan u
yoki bu usul bilan ajratib olinishi mumkin. Sovun osti ishqorini neytrallash uchun
texnik yog‘lar, soapstokning yog‘ kislotalari yoki sintetik yog‘ kislotalari S
17
-S
20
fraktsiyalaridan foydalaniladi. Jarayon 80-85
0
S da uzluksiz aralashtirish, hamda 3-4
soat davomida tindirish bilan olib boriladi. Qozonning yuqori qismiga qalqib chiqqan
152
nordon sovun yig‘iladi va asosiy sovun pishirishga yuboriladi, sovun osti ishqori esa
realizatsiya qilinadi (qurilish tashkilotlariga sotiladi) yoki yog‘ tutgich orqali korxona
tozalash sistemasiga uzatiladi.
Neytrallashda ishlatiladigan yog‘ kislota sarfi 1t sovun osti ishqoriga 100-130
kg ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |