O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «O'zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste'molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 14 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va 224 ta tuman va shahar elektr ta'minoti korxonalari tomonidan 35-110 kV kuchlanishli 1 660 ta nimstantsiyadan uzatiladigan elektr energiyasi keyinchalik 86 389 dona transformator punktidan chiquvchi 260,5 ming km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari orqali O'zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste'molchilariga yetkazib beriladi. Bugungi hayotimizni barqaror elektr energiyasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Taraqqiyot shiddati tufayli ushbu resursga boʻlgan talab tobora ortib boryapti. Negaki, elektr energetikasi iqtisodiy oʻsishning barqarorligini va aholi farovonligini taʼminlashning muhim manbai hisoblanadi.

Shu boisdan mamlakatimizda ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini koʻpaytirish va isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni koʻpaytirish hisobiga energiya bilan barqaror taʼminlash maqsadida Prezidentimizning 2019-yil 1-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, Energetika vazirligi tashkil etildi.