Foydalanilgan adabiyotlar
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‘quv qo‘llanma - TDIU, 2014.
G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob.
Axmetjanov M.M., Jumayev U.S. Kasbiy faoliyat psixologiyasi. Darslik, Buxoro, “Durdona” nashr., 2020. 326 b.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyot”, Toshkent, 2012 y. 270 b
www.expert.psychology.ru
www.psycho.all.ru
www.psychology.net.ru
III -MODUL. KASBIY FAOLIYATNING INDIVIDUAL USLUBI.
MODULNING UMUMIY MAQSADI: Talabalarda diqqat turlari va xususiyatlari, shaxs diqqatining rivojlanishi, kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari tahlili va ilmiy tasavvur hosil qilish, idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari, appertseptsiya, vaqt, harakat va fazoni idrok qilish, kasbni shaxs idrokiga qo’yadigan talablari, idrokning konstantligi, kasbga yo’llashda idrok qonuniyatlarini hisobga olish haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish, xotira va kasbiy maslahat, xotira turlari va jarayonlari, esda olib qolish shartlari, kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish va ilmiy tasavvur hosil qilish, tafakkur va kasbni egallash, tafakkur shakllari, turlari va operatsiyalari, tafakkurda individual xususiyatlar, kasbni egallashda tafakkurning o’rni, kasbiy da diqqat turlari va ularning xususiyatlari, idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari, appertseptsiya, xotira va kasbiy maslahat, xotira turlari va jarayonlari, tafakkur va kasbni egallash, intellektual salohiyat, nutq, muloqat va kasbiy munosabatlsar, kasbiy o’z-o’zini yo’naltirish va o’z-o’zini anglash, shaxsning kasbiy kamoloti, shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi, kasbiy kamolotdagi shaxsning motivlari, Ya. Xolland taklifi bo‘yicha kasblarni shartli guruhlash (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar), kasbiy qiziqishlar, qobiliyatlarni aniqlash, shaxsning hissiy irodaviy sohasi va kasbga moslashish xususiyatlari, DDS, shaxsning tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarini diagnostika qilishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:
ta’limiy maqsad: talabalarga ma`ruzani tashkil eitshga oid ratsional ta’lim metodlari, interfaol usullarini tanlash, talabalar faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga optimal tatbiq etish, uning nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‘zlashtirish orqali kasbiy kompetentligini oshirish;
tarbiyaviy maqsad: talabalarda fanning o‘ziga xos xususiyatlari haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni shakllantirish, o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;
- rivojlantiruvchi maqsad: talabalarda o‘qishga oid motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish o‘rganishga havas ishtiyoq qiziqishni shakllantirish, kasbiy yetuklik darajasi, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
8 - mavzu. Kasbiy faolivat va bilish jarayonlari.
Tayanch iboralar: diqqatning turlari, diqqatning xususiyatlari. pedagogik jarayonda diqqatning qonuniyatlarini hisobga olish. diqqatning asoslanganligi (diqqat va motivatsiya), appertseptsiya, o’quv jarayonida diqqatning ob’ektiv xususiyatlarining roli va ularni hisobga olish: diqqat va darsni tashkil qilish, diqqat va qiziqish, diqqatni boshqarish, diqqatning xususiyatlarini o’rganish metodlari, idrokning umumiy xarakteristikasi. idrok turlari va asosiy xususiyatlari. Idrok-bilish faoliyati sifatida, ijtimoiy pertseptsiya, xotira, mnemik amallar, xotiraning xususiyatlari, xotiradagi individual farqlar, xotirani rivojlantirish.
Diqqat haqida tushuncha. Diqqat - psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan ob’ekt ustida to’planishidan (barqaror yoki situatsiyali to’planishidan) iboratdir. Yo’naltirilish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o’quvchisining biron boshqa narsaga chalg’imasdan, o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishda uning psixik faoliyatning yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo’llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga, uning to’planishini ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatni bir joyga to’plash deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o’quv materialini o’qish va tushunish, diqqatni to’plashsiz amalga oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |