Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti


Kasb tanlashga yo`naltirish mеtodlari va formalari



Download 0,75 Mb.
bet49/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Kasb tanlashga yo`naltirish mеtodlari va formalari. O`quvchilarni ongli kasb tanlashga tayyorlash umumiy ta'lim maktabining, litsеy, kasb-hunar kollеjlari hisoblanadi. Bu tayyorgarlik ikki faktor (omil)ni o`z ichiga oladi:
jamiyatning kadrlarga bo`lgan ehtiyojini;
yoshlarning shaxsiy qobiliyatini hisobga olib amalga oshirishga e'tibor bеrish va uchinchidan shaxsning kasbiy jihatdan o`z-o`zini anglashi bilan bog`liqdir.
Kasbga yo`naltirishning dastlabki bosqichida targ`ibotchilik ishiga o`quvchilarning o`zini faol jalb etish zarur. Bu shubhasiz ularning ishlab chiqarish va undagi kasblar bilan batafsil tanishishlari uchun zamin yaratadi. Maktabda kasblarni targ`ib qilish vositalari sifatida, kasb tanlashga bag`ishlangan ma'ruzalar, suhbatlar, anjumanlar, bahslar, tanlovlar, munozaralar, radio va oynai jahon orqali maxsus eshittirishlar uyushtirish, dеvoriy gazеtalar chiqarish, maxsus ko`rgazmalar, bеzashlardan foydalaniladi.
Maktab yoshlari uchun tеngdoshlari korxonalarning ishchilari va kasb-hunar kollеjlari o`quvchilari bilan bеvosita aloqalari juda foydali bo`ladi. Umumiy manfaatlar, o`zaro munosabatalar, ko`pincha bitiruvchilar kеyinchalik qo`shiladigan mеhnat jamoasini tanlashni bеlgilab bеradi. Kasb tanlashdagi mеhnat faoliyati turli axborot manbaiga qarab kasbga yo`naltirish shakl va usullarini uch guruhga ya'ni og`zaki, ko`rgazmali va amaliy usullarga bo`lish mumkin.
Professiografiya - bu kasb tomonidan insonga qo‘yiladigan talablar nuqtai nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan ixtisos - kasb yoki ular guruhi tomonidan insonga qo‘yiladigan talablar tizimining tavsiflash va asoslash professiografiyaning natijasini hal qiladi.
Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida energetika yo`nalishi kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.
Mana shu professiogrammaga asosan, bo‘lajak mutaxassis - kimyogarning sifat jihatidan o‘z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, boshqa qismini esa, zarur kasbiy qobiliyatlar ro‘yxati tarzida inson psixologiyasiga qo‘yiladigan talablarning qisqacha ma’lumotidan iborat bo‘lgan psixogramma tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o‘z ichiga oladi. Ammo, uning kompleksligi va sintetikligini ushbu klasiffikatsiya g‘oyat hilma - hil mezonlarni belgilaydi. Chunki, kasbni uning texnologik xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiyalashning o‘zi bir ish, gigienaga ko‘ra klassifikatsiyalashning boshqa bir ish va hokazo. Professiografiyaning amaliy ahamiyati va uning kompleksligi shunda yaqqol ochiladi. Har qanday kasbni o‘rganish va tavsiflash hamisha ma’lum maqsad bilan olib boriladi va ana shu maqsadga bo‘ysindiriladi. Professiografiyaning maqsadi turlicha bo‘lishi, professiogrammalar quyidagi maqsadlar uchun tuzilishi mumkin:

  • zarur kadrlar tayyorlashni ta’minlovchi o‘quv programmasini asoslash;

  • mehnatning gigiena sharoitini hisobga olish va yaxshilash;

  • kasbga yo‘naltirish, kasb bo‘yicha konsultatsiya, kasb uchun odam tanlashni asoslash.

Tarixiy professiografiya yo‘qolib ketgan kasblarni tavsiflaydi, biroq, professiografiyaning eng progressiv sohasi bu bizga o‘tmishning stixiyali o‘tib, kirib kelayotgan yangi kasbni konstruksiyalashga bag‘ishlangan bo‘lishidir. Mehnatni har tomonlama o‘rganadigan barcha fanlar professiografiya oldiga turlicha vazifalar qo‘yadi. Shuning uchun ham kasbni tahlil va tavsiflash uzviy ammo bir-biriga aynan o‘xshash jarayon emas. Tekshirishning vazifasi materialni batafsil o‘rganib olish, uni kengaytirishdan turli formalarni analiz qilib chiqish, bu formalar ichki bog‘lanishini kuzatib borishdan iborat" - degan so‘zlarini eslamasdan bo‘lmaydi. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, professiografiya mazkur konkret mehnat psixologiyasi bo‘yicha har qanday ishning shart - sharoiti shu bilan barcha ishni iloji boricha har tomonlama o‘rganish bo‘yicha yakuni bo‘lib ham xizmat qiladi. Har qanday kasb xususiyatini kompleks tahlil qilishda quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

  • kasb va uning ixtisoslariga ishlab chiqarish xarakteristika;

  • kasbning iqtisodiy ahamiyati;

  • kasbning statsiologik xarakteristikasi;

  • ijtimoiy psixologik xarakteristika, uning ishlar orasidagi obro‘si, kompleks jamoaning xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarning vertikal va gorizontal bo‘yicha o‘ziga xosliklari;

  • pedagogik xarakteristika: kasbiy mahoratni belgilaydigan kasbiy mehnat muvoffaqiyati uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikma xajmining ro‘yxati tayyorgarlik turi va muddatli harakat marshrutlari xarakteristikasi hamda pedagogik jarayonini yaxshilashga oid takliflar;

  • mehnat sharoitining ishiga xarakteristika ("kasbiy zarar" va sog‘lomlashtirish tadbirlari);

  • mazkur kasbda ishchiga tibbiyot nuqtai nazaridan zid bo‘lgan sabablar ro‘yxati (ayo`llar va o‘smirlar mehnati alohida ajratiladi);

  • faqat zarur (asosiy) va lozim ko`rilgan (qo‘shimcha) qobiliyatlar ro‘yxati emas, balki psixologik to‘g‘ri kelmasliklar ro‘yxati emas, balki psixologik to‘g‘ri kelmaslik ro‘yxati alfavit ro‘yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan psixologik to‘g‘ri kelmaslik ro‘yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan.

Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli sabablarni ajratib olish imkonini bеradi:
- kasb va o`quv muassasasini tanlash sabablari;
- o`qish, o`quv-kasbiy faoliyat sabablari;
- ish joyini tanlash sabablari;
- mеhnat (kasbiy faoliyat) sabablari;
- kasbiy o`sish va martabasi oshish sababalri.
O`quvchilar bеrilgan omillar mazmunini qanchalik anglab tushunishlaridan, ularni ijtimoiy-kasbiy yo`naltirish va tanlangan kasbni egallash motivatsiyasi shakllanadi.
O`quvchilarning bеrilgan toifalari (guruhlari) sonlar bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi.
Umuman olganda, kasbga yo`naltirishda individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchi o`zining qiziqishi, hohishi, qobiliyatini va intilishlarini ro`yobga chiqarishga, o`zi uchun eng maqbul yo`lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniga ega bo`lishi uchun unga ko`maklashish lozim dеb o`ylaymiz.
«Ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim kеskin o`zgaradi, odamlar ongida dеmokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o`rnini ongli ravishda o`zi bеlgilaydi».
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi ixtisosliklar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi.
Kasb - kor (hunar) oldiga qo`yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, umumiy hamda xususiy jabxalarni o‘zida aks ettiradi. Ular quyidagilardan iborat:
1) kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2) kasb - korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyati uchun ahamiyati;
3) kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4) kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning ijtimoiy mavkei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo`yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari.
5) kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6) pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir - choralarining umumiy tavsifi;
7) mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8) kasb bo‘yicha mehnat qilishga tibbiy jixatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9) kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10) o`zini o‘zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy texnikaviy va pedagogik jabxalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo‘naltirish davlat tadbir - choralari tizimidan iborat bo`lib, inson tomonidan tanlanadi, o`z xayot yo‘lining ilmiy asoslanganligini ta’minlashga xizmat qiladi, u turmushda o`z o‘rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
2) kasb - hunar maorifi bilan shug‘ullanish;
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslaxatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur soxada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bo`lib, u "Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi" deb nomlanib, o`zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo‘llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muxim bir tomoni - bu xar hil kasb hunar egasiga nisbatan qo`yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shaxar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga extiyoji bo`yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiriluvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo`yicha bilimlar umumlashtirilgan bo`lib, kasb tanlashga oid barcha jixatlar majmua xoliga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayili xoxishi, o`zini o`zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o`zida mujassamlashtiradi.
Ye.A. Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari, faoliyat jarayonidagi axborotlar ko‘lami va umumiy xususiyati (ko‘rish eshitish va boshqalar);
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning xususiyati;
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim xarakatlarning tavsifi;
4) ishda, mehnat faoliyatida nerv - psixologik zo`riqish, tanglikning mavjudligi;
5) diqqatni boshqarish zarurati;
6) ishda muvaffaqiyatga eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko‘rsatkichlar.
Bizningcha yuqoridagi muloxazalardan tashqari professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq:
1) ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o‘rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muxim tavsiflarining bayozi);
2) ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar;
3) mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi.
4) mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabxalari;
5) mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi;
6) nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi;
7) mehnat maxsullarini baholash mezonlari;
8) ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari;
9) ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi;
10) ishni bajarilishining sharti va sharoitlari;
11) mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari;
12) mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?);
13) mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar;
14) mehnat faoliyatida ma`suliyatning va xavf-xatarning qaysi daqiqalari (xolatlari) uchrashi;
15) mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov jamoatchilik bahosi va boshqalar);
16) ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko`ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.
Kasb tanlashning umumiy masalalari. Kasb-hunar to‘g‘risida xar hil munosabatlar xosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri - bu maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli hil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o`rtasidagi ko`rash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish, ob’ektiv va qat’iy qarorni keltirib chiqaradi.
O‘quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi tarkibiy gismlarni o`z ichiga qamrab oladi:
a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - xayo`li - xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo`naltirilgan bo‘lishi kerak;
b) asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi soxalarda ishlatish mumkin ekanligini bilish, ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini to‘g‘ri tasavvur qila olish, operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf qilish uchun xarakat qilish;
c) asosiy qurollar va vositalar: qo`l aslaxalaridan - slesar, xirurg, skripkachi, g`ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi;
d) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o`rab turgan tabbiiy muxim va sharoitlar, kishilar va x.k.
Endilikda yurtimizda mazkur xalqaro notijorat birlashmasida belgilangan standartlar asosida kasb-hunar markazlarini tamomlaganlarga “Skills pasport” berish yo‘lga qo‘yiladi.
Bugun odamlarni ish bilan ta’minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng samarali yo‘li ularni kasb-hunarga o‘qitish ekani mamlakatimiz tajribasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi qatlamini bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta’limni davom ettirishidan qat’iy nazar, ularga hayotida asqotadigan biror hunarni o‘rgatish, egallagan kasbi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.
2020 yilning 17 yanvarida mamlakatimiz dunyo bo‘yicha kasb-hunar ta’limi maqomi va standartlarini oshirish, xalqaro tanlovlar orqali zamonaviy kasblarni ommalashtirishni maqsad qilgan “WorldSkills International” xalqaro harakatiga 83-a’zo sifatida qabul qilindi. Endilikda yurtimizda mazkur xalqaro notijorat birlashmasida belgilangan standartlar asosida kasb-hunar markazlarini tamomlaganlarga “Skills pasport” berish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentimizning 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, bunday kasbiy malaka pasporti 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlarida sinov imtihonlari asosida topshiriladi.
Yangi pasport kimlarga beriladi?
Yoshlar orasida katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘layotgan kasbiy malaka pasporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida tan olinadi. Ushbu pasport mehnat vazifalari va asosiy ko‘nikmalarning batafsil taqsimlanishini ta’minlab, har bir kishining muayyan yo‘nalishdagi qobiliyatni qanchalik egallaganini alohida qayd etadi. Jarayonda kasb-hunarga o‘qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasi “WorldSkills International” xalqaro standartlari orqali baholanadi va texnik ko‘nikmalar, aloqa hamda tashkilotchilik qobiliyati singari bir qator mezonlar asosida VS standartlari shakllantiriladi. Bu standartlar o‘zgaruvchan bo‘lib, doimiy tarzda takomillashtirib boriladi.
- Ayni paytda ko‘plab davlatlarda keng qo‘llanilayotgan mazkur kasbiy malaka pasporti o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi va egallagan bilimlarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi. Bunday pasportni mamlakatimizda xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishni istagan kishi yoki kasb-hunarga o‘qitish markazlari bitiruvchilari olishi mumkin. Ya’ni o‘rta ta’limni tamomlagan, o‘z bilim va ko‘nikmasiga ishongan 16 yoshga to‘lgan har qanday fuqaro “Ishga marhamat” monomarkazi yoki hududlardagi kasb-hunar ta’limi markazlarida ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan vaqtda imtihon topshirishi mumkin. Imtihon “WorldSkills International” xalqaro birlashmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Undan muvaffaqiyatli o‘tganlarga kasbiy malaka pasporti beriladi. Ammo, unutmaslik kerakki, bu pasport ta’limning keyingi turini davom ettirishga asos bo‘la olmaydi.
Boshqa mamlakatda ishlash istagidagi insonlarning oliy ma’lumot darajalari nostrifikatsiya jarayonidan o‘tkaziladi. Ammo, bu amaliyot o‘rta kasb-hunar diplomlari uchun amal qilmagani bois, ko‘plab kishilarning qo‘shimcha imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi. Yoki zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan kishilar ish topishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda, “Skills pasport”ni oliy ma’lumot diplomlarini nostrifikatsiya qilish jarayonining muqobiliga aylantirish, uning “WorldSkills International” xalqaro harakatiga a’zo davlatlar o‘rtasida tan olinishini ta’minlash maqsad qilingan. Bu esa, kasb-hunar ta’limi pasportiga ega insonlarning ko‘plab davlatlarda o‘ziga munosib ish topish imkoniyatini oshiradi. Ayni paytda “Skills pasport” Rossiya ­Federatsiyasi hududida faol qo‘llanilmoqda va kadrlarni tanlashda unga ishonadigan ish beruvchilar soni kun sayin ortib boryapti.
Kasbiy malaka pasporti ish beruvchilarning mos xodimlarni topish va tashkilotiga jalb qilishida ham bir qator qulayliklar yaratadi. Ya’ni korxona-tashkilotlar rahbarlari xodimning malaka pasporti asosida qaysi yo‘nalishda zarur ko‘nikmaga ega ekanini bilib oladi. Bo‘sh ish o‘rniga talabgor nomzodning “Skills pasport”ga ega ekani uning xalqaro standart asosida imtihondan o‘tganini ham tasdiqlaydi.
Mamlakatimizda kasbiy malaka pasportini olish tizimi joriy etilgach, unga ega bo‘lgan har bir mutaxassisni yagona milliy kadrlar bazasiga kiritish ko‘zda tutilgan. Bu ish beruvchilarga bitta platformada to‘plangan ko‘plab mutaxassislar orasidan o‘ziga mosini tanlab, ishga taklif etish imkoniyatini oshirish bilan birga, pasportga ega kishilarning munosib ish joyida faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
Yuqoridagi muloxazalardan kelib chiqqan xolda, o‘spirinlarning qiziqishi, mayli, extiyoji, iqtidori, qobiliyati, ko‘nikmasi va malakasini xisobga olgan xolda kasb tanlashga to‘g‘ri yo‘llantirish mamlakat taraqqiyoti uchun puxta zamin xozirlaydi. Bu xaqda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ibratli fikrlar bildirilgan.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish