Qobiliyat deganda nimani tushunamiz? To`liq va aniq javobni belgilang.
bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual-psixologik xususiyatidir;
shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan umumiy xususiyatidir;
shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual-psixologik xususiyatidir;
shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan individual-psixologik xususiyatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‘quv qo‘llanma - TDIU, 2014.
G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob.
Axmetjanov M.M., Jumayev U.S. Kasbiy faoliyat psixologiyasi. Darslik, Buxoro, “Durdona” nashr., 2020. 326 b.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyot”, Toshkent, 2012 y. 270 b
www.expert.psychology.ru
www.psycho.all.ru
www.psychology.net.ru
6 - mavzu. Professiografiya (professiogramma) to’g’risida umumiy tushuncha.
Tayanch iboralar: Kasblar klassifikatsiyasi, kasblarni psixologik tizimlash, shaxs qiziqishlari, kasb tushunchasi, professiografiyaning mohiyati, professiografiyaning tamoyillari, “Kasb pasporti”, modifikatsiya, kasbiy yo’nalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi, “Kasbning asosiy ob’ekti” (sohasi), kasb tipi.
Yoshlarni kasbga yo`naltirishda muhim masalalardan biri, o`quvchilarning layoqatini, qobiliyatini hisobga olgan holda kasbga yo`naltirishdir.
Kasb-hunarga yo`naltirilish vazifasi kimning zimmasida?-dеgan savolga to`xtalib o`tsak. Bu vazifalar maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi. Ma'lumki (maktablarda) tashxis markazlari mustaqillikka erishilgandan so`ng mamlakatimizda ilk bor tashkil etildi:
-ular o`quvchilarning qobiliyatlari va moyilliklarini aniqlashda;
-sog`liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda har yili tibbiy-pеdagogik ko`riklardan o`tkazishda;
-o`quvchilarga va ularning ota-onalariga psixologik-pеdagogik yordam ko`rsatishda;
-maktab o`quvchilariga ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlari va ko`nikmalarini hisobga olgan holda akadеmik litsеyda yoki kasb-hunar kollеjida ma'lum yo`nalish tanlashda ko`maklashadi va tavsiflar bеradi.
Akadеmik litsеylar o`quvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intеllеktual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisolashtirilgan holda o`qitishni ta'minlaydi. Akadеmik litsеylarda o`quvchilar o`zlari tanlagan yo`nalish bo`yicha bilimlarini yashirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Akadеmik litsеylarda tafakkur darajasi yuqori, aqliy salohiyatini (ular ijtimoiy boylik hisoblanadi) yosh kadrlar yеtishib chiqadi. Ular har qanday jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini bilmaydigan omillardir.
Shu bilan birga insonning turli hayot faoliyati sohalarida har xil ijtimoiy vazifalarni bajarish nazarga olingan quyidagi 5 turdagi vositali qadriyatlar turkumini tashkil etadigan hayotiy sohalarni farqlash imkoniyati tug`iladi:
1) kasb-hunar olami;
2) o`quv-tarbiya sohasi;
3) oilaviy hayot;
4) ijtimoiy hayot;
5) qiziqishlar olami.
Do'stlaringiz bilan baham: |