Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti



Download 0,75 Mb.
bet19/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Praksimmetrik metodlar guruhi. Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo‘llari bo‘lib, unga B.G.Anan`ev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasbiy psixologiyaning bu guruhidan quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega:
Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan.Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.
Ye.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni omilli tahlil qilish yo‘li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so‘rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos bo‘ldi (RAQ).
RAQ 187 elementdan iborat bo‘lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko‘rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo‘l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar.
RAQ metodi asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bo‘limlar bo‘yicha javoblarni oladi. Ta’kidlash kerakki, RAQ – topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo‘lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo‘llaniladi. RAQ ishchilarni o‘qitish, malaka oshirish va ma’muriy jihatdan o‘zgarishlarida qo‘llaniladi.
Psixometrik metodlar guruhi. Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi.
Test – psixologik diagnostika metodi bo‘lib, u ma’lum ma’noga ega bo‘lgan standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy maslahatlar jarayonida qo‘llaniladi.
Test o‘tkazish 3 bosqichga ajratiladi:
- test savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi);
- test o‘tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko‘rsatmaga muvofiq tashkil etish;
- olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o‘rganish.
Kasbiy psixologiyada maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy intellektual testlar akademik qobiliyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Vakant (bo‘sh) o‘rinlarga nomzodlarni kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo‘lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning turli sohalari ishchilarning oldiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. Kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo‘lishi lozim.
Psixometrik usullar guruhiga barcha standartlashgan so‘rovlar kiradi. Kasbiy psixologiyada anketa-so‘rovnomalari keng ko‘lamda qo‘llanilib, ular orasida biografik anketalar, qiziqish savolnomalari ham mavjud. Biografik anketalar kasbiy faoliyat turlari, ish va ish joyining o‘zgarishi, ta’lim xarakteri darajalarini aniqlaydi.
Eksperimental tadqiqotlarda psixologiyaning barcha metodlaridan keng qo`llaniladi. Bunda tadqiqot mavzusi, maqsadi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda u yoki bu metod asosida tadqiqotlar tashkil etiladi.
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma'lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma'lumotlar yig`ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta, ob'ektga ta'sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g`ridan-to`g`ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta'sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g`ridan-to`g`ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g`ridan to`g`ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi.
Qiziqishlar so‘rovnomalari ta’limiy va kasbiy manfaatlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ular professional tanlash masalalarini hal qilish uchun foydalaniladi. Birinchi bunday so‘rovnomalardan biri 1920 yilda E.Strong tomonidan yaratilgan "Kasblar qiziqish bloki" bo‘lib, u to‘rtta qiziqish ko‘rsatkichini aniqlaydi:
1) muayyan kasbda muvaffaqiyat qozongan shaxslarning manfaatlari bilan sub’ektning manfaatlariga o‘xshashligi;
2) erkaklar va ayollar qiziqishlari tuzilmasi;
3) qiziqishlar yetuklik darajasi;
4) kasbiy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy ta’lim diagnostikasi. Ta’lim tizimi orqali o‘quv-kasbiy faoliyat samaradorligi, shaxs qobiliyatlari (dastlabki bilim, qobiliyat, ijobiy motivatsiya, ma’lum darajada jismoniy rivojlanish, salomatlik va b.) aniqlanadi. O‘quvchanlik qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim oluvchi yangi bilimlarni tez o‘zlashtiradi, professional ko‘nikmalarni oson egallaydi. O‘quv – kasbiy vaziyatlar qanchalik erkin bo‘lsa, talabaning kasbiy rivojlanishini yuqori darajaga oshiradi. Kasbiy ta’limning asoslari sensomotor qobiliyatlarni, psixik jarayonlarni, shuningdek, shaxsning hissiy, motivatsion-irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. Rivojlanish darajasi va ushbu xususiyatlarning kombinatsiyasini o‘zlashtirish qobiliyatidagi individual farqlarni aniqlab, uning sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
O‘rganish mezonlariga qo‘yidagilar kiradi:
mantiqiy fikrlash usullarini shakllantirish;
tafakkurning mustaqilligi;
tafakkurning xilma-xilligi.
Tafakkurning bu sifat xususiyatlarini diagnostika qilish psixologiyada keng qo‘llaniladigan usullar yordamida amalga oshiriladi.
Kasblar psixologiyasida "Kasb-hunar o‘rganish" tushunchasini ishlatish va kasb mazmuniga qarab, diagnostika metodikasi ishlab chiqiladi.
Asosiy diagnostik ko‘rsatkichlar quyidagilar:
kasb tanlash motivi va maqsadli qadriyatlar;
o‘quv- kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish darajasi;
mustaqillik va refleksiya.
O‘quv-kasbiy ta’limning diagnostikasi mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligini farqlashga, professional faoliyatning yutuqlarini taxmin qilishga imkon beradi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish