11. Energetika soxasidagi ishchining shaxs sifatidagi yo`nalishi. Shaxsning yo`nalishi - ehtiyojlari, motivlari, qiziqishlari, ishtiyoqi, ideallari yo`nalishning mazmunini tashkil etadi. Xuddi mana shular ishchining borliqda, ijtimoiy voqea va hodisalarga, jamiyatga, jamoaga hamda boshqa kishilarga shaxs sifatida o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlari xususiyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalishini belgilashda, avvalo, ishchining o`z hayotida qanday maqsadlarga erishishni eng yuqori va muhim deb hisoblashi, qiziqishlar ko`lami, kasb tanlashga ongli munosabati, mehnatga va o`z-o`zini rivojlantirishga munosabati hamda tegishli ma’lumotga ega bo`lish talab qilinadi.
Baholash tartibi quyidagicha:
11.1. Umumiy yo`nalish darajasini baholash bo`yicha:
5- e’tiqodi, qiziqishlari va ishtiyoqlarining yuksakligi hamda ularning jamiyat istiqbolini ifodalovchi axloqiy mezonlar bilan to`la mos tushishi;
4-yuqori e’tiqodga ega bo’lish bilan birga ayrim qiziqishlarining axloqiy mezonlarga to`g`ri kelmasligi;
3- qiziqishlarida ijobiy va salbiy sifatlarning tez-tez namoyon bo`lib turishi;
2- beqaror qiziqishlar;
1- axloqiy mezonlarga zid yo`nalishning yaqqol ifodalanishi.
11.2. Yo`nalish kengligi bo`yicha:
5- kasbiy, adabiy, badiiy, musiqaviy, sport, texnika va boshqa shu kabilarga nisbatan qiziqishlarning keng ko’lamda ifodalanishi;
4-bir-biriga bog’langan uch-to`rt xil yo`nalishdagi qiziqishlarning ifodalanishi;
3- ma’lum kasbga oid qiziqishlar va malakalarning ifodalanishi;
2- faqat bir yo`nalishdagina qiziqishlarning namoyon bo`lishi;
1-beqaror qiziqishlar.
11.3. Yo`nalish barqarorligi bo’yicha:
5- yoshlikdayoq shakllangan qiziqishlar va yo`nalishlarning hali o`zgarmaganligi;
4- yo`nalish hayotda bir martadan ortiq o`zgartirilmagan;
3- yo`nalish ba’zan o`zgarib turadi;
2- yo`nalish bir yilda bir necha marotaba o`zgaradi; 1-yo`nalish hamisha beqaror.
11.4. Mehnatga va o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga munosabati:
5- mehnatsevar, irodali, o`z maqsadi yo’lida qat’iy, o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga hamisha intiladi, o`z-o`ziga talabchan, hamisha har bir ishga ijodiy va mustaqil yondasha oladi;
4- mehnatsevar, faqat aytilgan va ko’rsatib berilgan ishlarni astoydil bajaradi, ayrim hollardagina ishga ijodiy va mustaqil yondashishga intiladi;
3- o`zi uchun oson va qiziqarli bo`lgan paytdagina o’quv va mehnat topshiriqlarini bajarishga harakat qiladi, mustaqil ishlay olmaydi;
2- ishga va o`z-o`ziga loqayd, mehnat topshiriqlarini hafsalasizlik bilan bajaradi;
1-dangasa, o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga sovuqqonlik bilan qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |