Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti


Differensial – diagnostik so‘rovnoma (DDS)



Download 0,75 Mb.
bet116/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Differensial – diagnostik so‘rovnoma (DDS). Ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixologlar ishida o‘quvchilarda qanday kasblarga moyilliklari mavjudligini aniqlash, ularni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ular bilan kasb-hunarga oid maslahat ishlari olib borish eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar qatoriga kiradi. Inson shaxsini rivojlanishining shu bosqichda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishi, uning kelgusi hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buning uchun psixologik amaliyotda keng qo‘llanilib, o‘zining samaradorligi, foydalanish uchun qulayligi bilan xarakterlanib, kelayotgan metodikalardan biri Ye. A. Klimov tomonidan taklif etilgan «Differensial-diagnostik so‘rovnoma» (DDS)dir.
Kasb tanlash, kasbga yo‘llash ishlari bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanib kelgan atoqli psixolog olim Ye. A. Klimov kasblarning besh asosiy tipini farqlaydi:
- odam-tabiat (qishloq xo‘jaligi, agronom, biolog, veterinar, zoolog, geolog, ximik va sh.k.);
- odam-texnika (texnik-texnolog, quruvchi, elektrik, mexanik, mashinasoz, texnik va sh.k.);
- odam-odam (o‘qituvchi, tarbiyachi, xamshira, vrach, jurnalist, xuquqshunos, kutubxonachi savdo xodimi va boshqalar);
- odam-belgilar tizimi (iqtisodchi, hisobchi, rejalovchi, texnik-dasturchi, operator, muharrir, matematik va sh.k.);
- odam-badiiy obraz (bezakchi-pardozchi, musiqachi, artist, rassom, rejissyor, tanqidchi va boshq.).
Bu metodika yordamida sinaluvchining faoliyatni u yoki bu turidan qaysi birini ko‘prok ma’qul ko‘rishligi va shunga mos ravishda qaysi kasbga moyilligi aniqlanadi.
Undan psixologik-pedagogik tashxisning, ya’ni hali kasbni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan vaqtda foydalanish va uning natijalariga asoslangan holda bolaga to‘g‘ri maslahatlar berib, uni o‘zining individual-psixologik xususiyatlariga ko‘proq mos keladigan kasb-hunarga yo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. DDS o‘zining ixchamligi va undan foydalanganda sinaluvchilarga, natijalarini qayta ishlash tadqiqotchi uchun qulay hamda ko‘p vaqt talab qilmasligi bilan farqlanib turadi. Sinaluvchilar ularga berilgan ko‘rsatmaga binoan so‘rovnomada keltirilgan kasblardan birini tanlash orqali o‘z javoblarini berishlari kerak. Quyida so‘rovnoma matni va javob varaqasi berilgan. Javob varaqasi (u ayni vaqtda kalit vazifasini ham bajaradi) sinaluvchilarning har biri uchun oldin tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi yoki test sinovi o‘tkazilayotgan guruhning har bir ishtirokchisiga yaxshi ko‘rinadigan qilib yozib qo‘yilishi kerak. Test sinovi o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan vositalar tayyor bo‘lganidan so‘ng sinaluvchilarga quyidagi ko‘rsatmani berish orqali test sinovini boshlash mumkin bo‘ladi.
O’z xulq-atvori va o’z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, hoJatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo’ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (ekstemai) lokallashtirilishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Agar individ o’z qilmishlari uchun javobgariikni zimmasiga olsa va uning sabablarini o’z qobiliyati, xarakteri va shu kabilar oqibati deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi ustun deb hisoblash uchun asos bor.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaga xos xarakterli ko’rinishlardan biri sifatida namoyon bo’ladi. Tavakkalchi­lik subyektga noma’lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mum-kin bo’ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og’riq ta’sirini o’tkazish, jarohat, obro’ni yo’qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatdir.
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda biririchi turi yutuqqa umid bog’lashdir. Bu o’rinda muvaffaqiyat motivatsiyasi rnuvaffaqiyatsizlikdan qutulib qolish motivatsiyasidan kuchliroqdir.
Irodaning asosini, xuddi subyektning umumiy faoiligi kabi, lining xatti-harakatlarining ko’p tarmoqli va xilma-xil motivlashtirilishiga sabab boiuvchi ehtiyojlari tashkil etadi.
Psixoiogiyada motivlashtirish deganda, psixoiogik hodisalarriing o’zaro mustahkam bogiangan, iekin bir-biriga to’liq mos kelmaydi-gan, nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi:

  • birinchidan, individning ehtiybjlarini qondirish bilan bogiiq faoliyatga undovchi sifatidagi namoyon boiuvchi mdtiv tariqasidagi motiviashtirishdir. Bu holda motivlashtirish faollik’ holati umuman rtima uchun paydo boiishini,’subyektning faoliyat’ko’rsatishiga qan-day ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi;

  • ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratiiganligini, ni-ma uchun boshqa xulq-atvor emas, balki aynan uning tanlanganligini izohlab beradi. Bu yerda motivlar xulq-atvor yo’nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo’hali-shini tashkil etadi;

  • uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatini boshqa-radigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istakiar, qiziqishlar va boshqalar kiradi.

Shunday qilib, ehtiyojlar ba’zi harakatlarning bajarilishini belgi­laydigan va boshqalariga xalaqit beradigan har xil motiv (sabab)larga aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko’pmi darajada anglanilgan xususiyatga ega boiadi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bogiiq holda intilish va istakni ham farq qilsa boiadi.
Intilish hali tarmoqlanmagan, yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.
Istak faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada tu-
shunib yetilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda faqat ehtiyoj obyekti
emas, balki uni qondirishning mumkin boigan yoilari ham
tushuniladi.
Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o’zgarishi munosabati bilan bir qator hollarda motivlar kurashi paydo boiadi: bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo’yiladi, u bilan to’qnashtiriladi. Muhokama yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi, ya’ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi.
Irodaviy xatti-harakatning so’nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijrodagi irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo’ladi.
Irodaviy hodisaning eng muhim bo’g’inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish ko’pincha alohida emotsional holatning, irodaviy zo’r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo’la­di. Irodaviy zo’r berish emotsional hayajon shakli bo’lib, kishining harakatiga qo’shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo’q bo’luvchi yoki yetarli bo’lmaydigan ichki resurslarning (xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) safarbar etuvchi va ancha zo’rayish holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.
Irodaviy zo’r berish natijasida ayrim motivlarning harakatini to’xtatib qo’yib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin.
Tashqi to’siqni yengib o’tish lozim bo’lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo’lsa, u irodaviy zo’r berishni talab qiladi.
Shuni xulosa qilamizki, iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.
Irodaviy hodisada (irodaviy harakatda) uni motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik manbai, uning yo’nalganligi va o’zini o’zi boshqarish vositalari aks etadi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish