Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Reklama murojaatnomasi, uning shakllari va vositalari



Download 1,2 Mb.
bet70/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

14.3.Reklama murojaatnomasi, uning shakllari va vositalari
Korxonalar amaliyotida reklama hajmiga ta’sir etish uchun axborot tashuvchilardan iborat bo’lgan xilma-xil reklama vositalari qo’llaniladi. Reklama vositalari quyidagi ko’rsatkichlarga ko’ra tavsiflanadi: maqsadi, ularni qo’llash joyi va texnika vositalarini qo’llash xususiyati.
Maqsadiga qarab reklama vositalari xaridorlarning butun to’plamiga yoki aholining muayyan guruhlariga (erkaklar, ayollar, bolalar, o’smirlar, uy xo’jaligini yurituvchi shaxslar, sportchilar, turistlar, maktab bolalari, dehqon xo’jaliklari va hokazo) mo’ljallanishi mumkin.
Qo’llash joyiga qarab reklama vositalari ikki turga bo’linadi: ichki va tashqi. Birinchi holda reklama vositalari korxonaning o’zida qo’llanadi, ikkinchisida — korxonadan tashqarida qo’llanadi.
Qo’llanayotgan texnika vositalariga qarab reklama quyidagi turlarga ajraladi: vitrina-ko’rgazmali, matbuotdagi reklama, bosma reklama, audio-vizual, radio — va telereklama va hokazo.
Vitrina—ko’rgazmali reklamaga chakana savdo korxonalaridagi oyna va do’kon ichidagi vitrinalar, ulgurji bazalar, yarmarka, birjalardagi vitrinalar va tovar ko’rgazmalari kiradi.
Matbuotdagi reklama — bu ochiq va davriy matbuotda nashr etilgan reklama e’lonlari va tasviriy reklama ko’rinishiga ega bo’lgan reklama materiallari (maqola, sharhlar, reportajlar va hokazo). Keng tarqalgan variantda e’lon katta sarlavha—slogandan boshlanadi. U qisqa shaklda reklama beruvchi tashkilotning tijorat taklifining mohiyati va afzalliklarini aks ettiradi. Maqola va sharh-reklama xususiyatidagi boshqa nashrlar asosan tahririy materialdan iborat bo’lib, korxona faoliyati to’g’risidagi sharh yoki uning rahbarlari, iste’molchilari va hamkorlari bilan intervyular shaklida yoziladi.
Matbuotdagi reklamaning samaradorligi o’zining tezkorligi, takrorlanib turishi va keng tarqalishi sababli ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu reklama turi bizning davlatimizda ham yaxshi rivojlanmoqda. Keyingi yillarda reklama e’lonlarini nashr qilishga buyurtmalarni qabul qiladigan jamoat-siyosiy va ixtisoslashtirilgan nashrlar soni ancha ko’paydi.
Bosma reklama faqat ko’z bilan qabul qilishga mo’ljallangan. Bu esa reklama-katalog va reklama-sovg’a nashrlari orqali amalga oshiriladi. Reklama materiallarining tashuvchilari bo’lib kataloglar, prospektlar, bukletlar, plakatlar, varaqalar, shuningdek, firma kalendarlari, ish kundaliklari, yozuv kitobchalari va tabel kalendarlar hisoblanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish