Endogen nazariyalar siklik tebranishlar iqtisodiy tizimning ichidagi
(o‘zidagi) sabablar bilan izohlaydilar.
Endogen nazariya tarafdorlarining fikricha, iqtisodiy sikllarga aynan
iqtisodiy omillar sabab bo‘ladi. Bunday iqtisodiy sabablarga, masalan, quyidagilar
kiradi:
♦ Markaziy bankning rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatib turuvchi kredit-pul
siyosati;
♦ iste’molchilar faoliyatining faollashuvi yoki so‘nishi;
♦ innovatsiyalar;
♦ asosiy kapitalning yangilanishi.
Endogen nazariyalar orasida siklik tebranishlarni asosiy kapitalning
yangilanishi bilan izohlovchi nazariya eng keng tarqalgan. Bu yangilanish o‘rtacha
aynan 8-10 yilda yuz beradi va siklning yuksaltiruvchi to‘lqinining boshlanishnini
keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |