a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, ko’pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo’lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqt o’tishi bilan samarasiz bo’lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’ektiga aylantiriladi.
Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funktsiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash»1 hisoblanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |