Buxoro muhandislik- texnologiya instituti



Download 1 Mb.
bet58/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

Vaqtbay ish haqixodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi.Ishbay ish haqiishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi

miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga aniqlanadi.

To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida ishlab chiqarish

bajarilishidan qatiy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi

taqsimlash yo‘li bilan

me’yori qay darajada uchun belgilangan tarif

bo‘yicha to‘lanadi. Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar, masalan,

reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimida ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha pul to‘lanadi.

Tarif tizimi tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.

Tarif-malaka malumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil

tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan

talablardan iborat bo‘lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi.

Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo‘ladi).

Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.

Mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha



haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.

4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli

Mehnat munosabatlari ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha munosabatlardir.

Mehnat shartnomalari korxona mamuriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjat.

1.Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish

haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni kengaytirish

hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘paytirishlari mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga harakat qiladilar: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish; 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.

2.Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.

3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.

4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan qo‘shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari

1. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

2. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z qarashingizni

bildiring.

3. Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.

4. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi?

5. Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar?

6. Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar o‘z ifodasini topadi?



10 MAVZU: DAROMADLARNING TAQSIMLANISHI, TENGSIZLIK VA QASHSHOQLIK. ISHSIZLIK

Reja:

  1. Aholi daromadlari va ularning shakllanish manbalari.

  2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

  3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari.

1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. aholi turmush darajasi

va uning ko’rsatkichlari.
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.

Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan .



2-jadval


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish