Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


MAVZU:ISH HAQINI ANIQLASH



Download 1 Mb.
bet56/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

9 MAVZU:ISH HAQINI ANIQLASH

Reja:

1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari

2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni

3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli

1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari

Ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko‘pchiligida



«uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g‘oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.

Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:

a) kapital, er va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;

b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi.

Ammo bu g‘oyalarning kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.

1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali etarli darajada rivojlanmagan davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va er tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsada, qiymat

yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng, ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta’sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini ko‘rsatib berolmaganlar.

2. Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko‘r-ko‘rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.

3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.



Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o‘rtasida taqsimlanadi va

jamiyat a’zolarining

chiqarishda qatnashgan

ixtiyoriga kelib tushadi. CHunki bu jarayon natijasida ishlab

ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari mulkdorlarning

mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida

shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish