8- LАBОRАTОRIYA ISHI
FERROMAGNIT QUVVAT KUCHAYTIRGICHNING TADQIQ QILISH.
ISHNI BАJАRISHDАN MАQSАD
Ferromagnit quvvat kuchaytirgichning xarakterlovchi kattaliklarni tajriba orqali aniqlash.
ISHNI BАJАRISH TАRTIBI
Quyidagi rasmda ikkita bir xil ikki chulgamli to`yigadigan A va B transformatorlardan tuzilgan ferromagnitaviy quvvat kuchaytirgichning sxemasi ko`rsatilgan. Transformatorlarning birlamchi (ish) w chulg`amlari nagruzka R orqali ketma-ket mos biriktirilib, sinusoidal kuchlanish U=Umsin wt ga ulangan. Ikkilamchi (boshqaruvchi)
2-rasm
1-rasm
wo chulg`am ya ketma-ket, ammo qarama-qarshi biriktirilib, o`zgarmas tok manbai Io ga ulangan. Ikkilamchi chulg`amlarning qarama-qarshi ulanishi magnitlovchi tok Io o`zgarmas manbasining zanjiriga o`zgaruvchan e. yu. k. ning o`tishiga imkon bermaydi. Magnitlovchi tok bo`lmaganda (magnitlovchi kuch I0 w0 = 0) qurilmaning birlamchi zanjiridagi tokning kattaligi berilgan kuchlanishning effektiv qiymati U nagruzka qarshiligi R va birlamchi chulgamlarning yig`indi induktiv qarshiligi bilan aniqlanadi, ya’ni
Endi magnitlovchi chulg`am wo dan biror o`zgarmas tok I0 ni o`tkazamiz. Alohida olingan transformatorlarning w va w0 chulg`amlari turli usulda ulanganligidan o`zgarmas magnitlovchi kuch I0w0 ish toki
i hosil qilgan o`zgaruvchan magnitlovchi kuch iw ga bitta o`zakka mos, boshqasida qarama-qarshi yo`nalgan bo`ladi. Tok i xarakteri bo`yicha davriy, yo`nalishi bo`yicha o`zgaruvchan bo`lganligidan uning bitta yarim davrdagi o`zgarishida o`zak A qo`shimcha magnitlovchi kuch I0w0 bilan magnitlangan bo`ladi, o`zak B esa. xuddi ana shu kattalikdagi magnitlovchi kuch bilan magnitsizlangan bo`ladi. Keyingi yarim davrlar davomida o`zaklar rollari bilan almashinadi va h. k. Ammo tok I0 ning magnitsizlovchi ta’siri w ish chulg`amlarida induktivlik Lw ni sezilarli kattalikda orttirmaydi, uning boshqa chulgamdagi magnitlovchi ta’siri esa induktivlik Lw ni keskin kamaytirib, po`latning to`yinishini hosil qiadi. Tok I0 qanchalik katta bo`lsa, ish chulgamlarining induktiv qarshiligi x =w Lw shunchalik kichik va berilgan kuchlanish U ning birgina o`sha qiymatida ish zanjirida tok I shuncha katta bo`ladi. Yuqoridagi 2-rasmda ish chulg`ami w ning qismalaridagi yig`indi kuchlanish UL ning magnitlovchi tok I0 ning turli qiymatlarida nagruzka qarshiligi R ning qismalaridagi kuchlanish Ur=I r ga bogliqligini ifodalovchi UL(Ir) xarakteristikalarning to`plami ko`rsatilgan. Biror o`zgartirilgan masshtabda ular transformatorning birlamchi chulg`amlarining magnitlovchi tokning turli qiymatlarda xosil qilingan volt-amper xarakteristikasi UL (I) larning to`plamini ifodalaydi. Oldin qabul qilingan (o`zaklarda isroflar yo`q, kuchlanish va toklarning haqiqiy egri chiziqlari ularga ekvivalent bo`lgan sinusoidalar bilan almashinadi degan) taxminlarga binoan kuchlanish UL va I r o`zapo 900 burchakka siljigan, ya’ni kvadraturada ^isoblanadi. U holda quyidagini hosil qilamiz:
B u tenglama U = const da markazi koordinatalar boshida bulib, radiusi R = U ga teng bulgan aylananing tenglamasidir (2- rasm). Tok I0 ning turli qiymatlarida UL va Ir kuchlanishlarning orasidagi nisbatni aniqlash uchun volt-amper xarakteristikaning ana shu aylana bilan kesishish nuqtasi k ni topish yetarli. Masalan, I0 = I40 (i0 = i4) da UL = UL` va Ir = (Ir)' bo`ladi. Ana shu grafikdan I = f (I0) bog`lanishni hosil qilish uchun ham foydalanish mumkin. Odatda chulg`amlarning o`ramlari soni w va w0 ning nisbati U va U0 kuchlanishlarning kattaliklari, toklarning kattaliklari I0 bo`ladigan qilib tanlanadi. Shuning uchun boshqariladigan tok I0 ning kattaligini nisbatan ozgina o`zgarishi zanjirdagi tok I ning kattagina ortishini yuzaga keltiradi. Shu tufayli tokning magnitaviy kuchayishi deb ataladigan hodisa sodir bo`ladi. Boshqariladigan tok orttirmasi ΔI ning boshqaruvchi tok orttirmasiga ΔI0 ga nisbati
tok buyicha kuchaytirish koeffisienti deb ataladi. I0 va I toklarning o`zgarishi tegishlicha nagruzka va boshqaruvchi chulram w0 ning qismalaridagi Ur = Ir va U = rw0 I0 kuchlanishlarning o`zgarnshini yuzaga keltiradi. Shuning uchun kuchlanish bo`yicha kuchaytirish koeffisienti tushunchasi kiritiladi. U quyidagicha ifodalanadi:
Quvvat buyicha kuchaytirish ko e f f i s i ye n t i n i ish zanjirdagi quvvatning orttirmasi ning boshqaruvchi zanjirdagi quvvat orttirmasi ga nisbati tarzida aniqlanadi:
ISHNI BАJАRISH YUZАSIDАN NAZARIY MA`LUMOTLAR
Ferromagnit elementning induktivligi uning po`lat o`zagining magnitlanish holatiga kuchli bogliq. O`zak qanchalik ko`p to`yingan bo`lsa, muhitning magnit kirituvchanligi shunchalik kichik bo`ladi va demak, ana shu o`zakka kiygizilgan g`altak chulg`amining induktivligi shunchalik kamaya boradi. Agar ferromagnitaviy element o`zgarmas tok bilan magnit- lovchi (avtonom manbadan) maxsus chulg`amga ega bo`lsa, bu magnit- lovchi tokning kattaligini rostlash bilan uning induktivligi L ni ma’lum diapazonda o`zgartirish mumkin. Bunday nochiziqli induktivliklar (ferromagnitaviy elementlar) boshqariladagan induktivliklar deb ataladi. Ular rostlanadigan transformatorlarda, boshqariladigan, reaktorlarda, magnitaviy kuchaytirgichlarda va boshqalarda keng ishlatilmoqda.
Ferromagnit quvvat kuchaytirgichlar elektr yuritmalarning boshqarish zanjirlarida, avtomatika sistemalarida, releli himoyalarda, parametrlarni distantsion kontrol qilish va rostlashda, bort apparatlari va hokazolarda keng ishlatilmoqda. Magnit kuchaytirgichlar (MK) boshqariladigan signallarning chastotalari bo`yicha quyi chastotali (50 Gts) va yuqori chastotali (odatda 400 Gts gacha), fazalari soni bo`yicha bir yoki ko`p fazali (ko`pincha uch fazali) qilib tayyorlanadi. Tipaviy kuchaytirgichlar suvvati buyicha bir iecha un vattdan to bir necha o`n kilovattlargacha mo`ljallab ishlab chiqariladi. Quvvati bo`yicha kuchaytirish koeffisienti bir necha yuz birlikka yetishi mumkin.
SINОV SАVОLLАRI
1. Ferromagnit quvvat kuchaytirgichning konstruktiv tuzilishini tushuntiring.
2. Ferromagnit quvvat kuchaytirgichning xarakterlovchi kattaliklar (tok, kuchlanish va quvvat bo`yicha kuchaytirish koeffisientlari)ni tushuntiring.
3. Ferromagnit quvvat kuchaytirgichning qo`llanish sohalarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |