Buxoro filiali gerantalogiyada hamshiralik parvarishi mavzusida


Ko‘rish buzilishi bo‘lgan qari bemorlarda



Download 4,29 Mb.
bet42/67
Sana23.06.2022
Hajmi4,29 Mb.
#695931
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi -sitora

Ko‘rish buzilishi bo‘lgan qari bemorlarda


  • hamshiralik parvarishi

  • Xavfsizlik muhitini ta’minlash. Bemorga xavfsiz muhitni ta’min- lashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

    • Bemorning krovati, vannaxonasi va hojatxonasi tez yordam chaqirish uchun qo‘ng‘iroqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

    • Qari odamning xonada yiqilib ketmasligi uchun baland osto- nalar, oyoq tagida turli simlar va boshqa predmetlar, gilamda burmalar bo‘lmasligi lozim.

    • Qari bemorning tez yurishi va yugurishining oldini olish.

    • Qari bemorlarning oyoq kiyimi qulay, poshnasi sirpanmaydigan bo‘lishi kerak. Hamshiraning o‘zi oyoq kiyimining polda sirpa- nishini tekshirib ko‘rishi kerak.

    • Koordinatsiyasi buzilgan va holsizlangan bemorlarni ushla- gichlar, tayanch ushlagichlar, yurish uchun moslamalardan foydalanishga o‘rgatish.

    • Vaqti­vaqti bilan ko‘zoynaklar holatini (oynalar holatini) va ularning bemorning ehtiyojlariga mosligini tekshirib turish (okulist maslahati).
    1. Muammoli masalalar


    2. 1

    3. Bemor K.78 yoshda, prostata bezi adenomasi kasalligining 3-bosqichi bilan kasalxonada davolanmoqda. Tashxis 64 yoshida qo‘yilgan. Doimiy davolanmagan. Kasallikning avj olishi va do‘stining maslahatiga ko‘ra operatsiyaga rozi bo‘lgan.

    4. 10-oktabrda kasalxonaga yotqizildi. Operatsiya oldi tayyorgarligi ko‘rilmoqda. Bemorda ishonchsizlik va qo‘rquv bor.

    5. Shikoyatlari: qovuq sohasida og‘riq, siydik tutilishi. Bu holat qovuqni kateterlashga olib keladi.

    6. Obyektiv ko‘rikda: vazni – 62 kg, bo‘yi – 168 sm. Terisi rangpar, og‘iz atrofida sianoz, hansirash kuzatiladi. Bemor bilan muloqotga kirishish qiyin, savollarga xohlamay javob beradi. AB 140/100 mm sim. ust ga teng. Puls – minutiga 86 ta, nafas soni – minutiga 18 ta. Kechqurun hojatga ko‘p chiqqanligi sababli jahldor, uyqusi yomon. Palpatsiyada qovuq sohasida og‘riq.

    7. Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvinadi, kiyimlarini almashtiradi. Siydik tuta olmasligi sababli tez-tez kiyimlarini almashtiradi, bu uni charchashga olib keladi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan turishda yordamga muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj emas. Boshqalarning yordami bilan 500 m masofaga yura oladi.

    8. Oilada 6 kishi: rafiqasi 75 yoshda, qizi 50 yoshda, kuyovi 55 yoshda, nabirasi 25 yoshda, uylangan, ishlaydi, uning rafiqasi bemorni parvarish qiladi.

    9. Medikamentoz davo: antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi davo, para- rektal shamchalar, yurak yetishmovchiligida qo‘llaniladigan dori vosita- lari.

    10. 2

    11. Bemor D. 65 yoshda. Qandli diabetning II tipi bilan kasallangan. 10 yil oldin shu kasallik bilan davolanganda diyetoterapiya va davolash gim- nastikasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan.

    12. Kasalxonadan chiqqan birinchi paytlarda parhezga rioya qilgan, davo- lash gimnastikasini bajargan. Keyinchalik erinchoqlik qilib parhezga rioya qilmagan, davolash gimnastikasini bajarmagan. 1 yildan beri qondagi qand miqdorini dori vositalari bilan nazorat qiladi, lekin tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tmaydi.

    13. 2006-yil 10-mayda poliklinikaga quyidagi shikoyatlar bilan kelgan: og‘zi qurishi, tez charchash, oyoqlarda sezuvchanlikning kamayishi. Qondagi qand miqdori 32 mmol/l.

    14. Obyektiv ko‘rikda: vazni – 75 kg, bo‘yi – 160 sm. AB 130/70 mm sim. ust. T 36,5°C , pulsi minutiga 86 ta. Oyoq barmoqlarida qorayish, ayniq- sa chap oyoqdagi bosh barmoqning rangi keskin o‘zgargan (qon aylanishi- ning yomonlashganligi sababli).

    15. Hozirda o‘ng oyoq tizza bo‘g‘imining yallig‘lanishini davolamoqda, yurganda chap tomonga og‘ish kuzatilmoqda, hassadan foydalanmaydi. 50 yoshidan ko‘zoynak taqadi, keyingi vaqtlarda ko‘rishi yomonlashgan- ligini aytayapti. Suyuqlik ko‘p qabul qilganligi sababli hojatga tez-tez chiqadi. Ba’zida 4 kunlab ham ichi kelmaydi.

    16. Oilada 7 kishi: turmush o‘rtog‘i 69 yosh, o‘g‘li 35 yosh, kelini 32 yosh, 3 ta nabirasi bor. O‘g‘li va kelini ishlaydi, turmush o‘rtog‘i qishloq xo‘ja- ligi bilan shug‘ullanadi, shuning uchun uydagi ishlarni bemorning o‘zi bajaradi.

    17. Bemorning 2 ta opasi qandli diabet bilan kasallangan. Ularning par- varishi bilan o‘zi shug‘ullangan. Otasi 70 yoshida insultdan vafot etgan. Onasi yuqori isitma bilan og‘rib vafot etgan, sababi aniqlanmagan.

    18. Bemor tezroq kasalxonadan chiqib, nabiralari tarbiyasi bilan shug‘ullanishni xohlaydi. Hayotga to‘laqonlilik bilan qaraydi. Muloqotga yax- shi kirishadi. Uy ishlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Boshqalarning yordamisiz 500 m masofaga yura oladi.

    19. 3

    20. Bemor O. 65 yoshda. Hozirgi vaqtda pensioner.


    21. Download 4,29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish