Buxoro filiali gerantalogiyada hamshiralik parvarishi mavzusida



Download 4,29 Mb.
bet31/67
Sana23.06.2022
Hajmi4,29 Mb.
#695931
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi -sitora

Diagnostika. To‘g‘ri ichak rakini aniqlashda ko‘p qo‘llaniladigan va oddiy usullardan biri bu to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish usulidir. To‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirishda bemor qorniga yotgan, yon tomonga yotib tizzalarini bukkan yoki tizza-tirsak holatida o‘tkaziladi. Barmoq bilan o‘smani aniqlashning iloji bo‘lmaganda, cho‘kkalab o‘tirgan holatda tekshiriladi.

  • Operatsiyadan oldingi parvarish. Kolostoma qo‘yishga qaror qilishda yordam va bemorning roziligi olinadi. Operatsiyadan ol- din kolostoma haqida tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Operat- siyadan oldingi instruktaj va kolostomani, o‘zi parvarish qilish bo‘yicha tushuntirishlarni bemorning operatsiya va kasallik haqidagi bezovtaliklari, shifokorning tushuntirishlarini hisobga olgan holda hamda bemorning qat’iyati va kolostomani parvarish qilishga tayyor- garligini hisobga olgan holda olib borish kerak.

  • Bemor kolostomani parvarish qilish haqida tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning jismoniy holatini va tayyorgarligini hisobga olgan holda videotasvirlar ko‘rsatish, mulyajlar yordamida xomashyo ko‘rsatiladi.

  • Yosh o‘tishi bilan ko‘rishning pasayishi, qo‘l va barmoqlar deformatsiyasi sababli bemorlar operatsiyadan keyingi kolostomani qo‘yishga ishonchli va hatto operatsiyaning o‘zini o‘tkazishga qat’iyatini yo‘qotishlari mumkin. Shuning uchun tibbiy xodim bemorning oilasi bilan birgalikda bemorning qat’iyatini mustahkamlashga harakat qilib, bemorni bezovta qiladigan muammolarni birin-ketin hal qilishlari kerak.

  • Kolostomani qo‘yish joyining ahamiyati. Kolostomani qo‘yish joyini hal qilish teridagi burmalar borligi va boshqa sabablar tufayli qiyinlashishi mumkin. Shuning uchun bu masala operatsiyagacha hal qilinishi kerak.

  • O‘z-o‘zini parvarish qilish uchun sharoit yaratish kerak, bemor turgan, o‘tirgan, yotgan holatlarida o‘z qo‘llari bilan harakatlanish qobiliyatini hisobga olish kerak. Kolostomani tanaga oson yopishtirish mumkin bo‘lgan joyini tanlash.

  • Operatsiyadan keyingi parvarish. Kolostoma bo‘lganda o‘z-o‘zini parvarish ko‘nikmalariga o‘rgatish va oila hamda parvarish qiluvchi shaxslarning birgalikdagi harakatining zarurligi. Obyekt qari bemor bo‘lishiga qaramay o‘z-o‘zini erta parvarish qilish uchun sharoit yaratib, uni shunga stimulatsiya qilish kerak.

  • O‘z-o‘zini parvarish bo‘yicha instruktajning hammasini bir martada emas, qismlarga bo‘lib, sekinlik bilan olib borish kerak. Agar bemor parvarish qilishni xohlamay, buni oilasiga qo‘yib bersa, buning o‘zining sabablari bo‘lishi kerak. Buning sababi uning erinchoqligi, o‘z-o‘zini parvarish qila olishiga ishonmasligi bo‘lishi mumkin. Instruktajga bemorni shoshiltirmasdan yetarli vaqt ajratish kerak. Stoma almashtirilayotganda bemor hammasini buzib qo‘ydim deb o‘ylamasligi uchun inventarning ifloslanishiga olib kelmaydigan sharoit yaratish kerak. Agar bemor o‘z-o‘zini parvarish qilishning qandaydir qismini bajara olmasa, bunda oilasining yordami talab qilinadi. Bemorga instruktaj oila a’zolari ishtirokida berilishi kerak, chunki bemor kasalxonadan chiqqandan keyin ular qiyin vaqtlarda yordam bera olishlari kerak. Bemorning terisi quruq bo‘lganligi sababli terida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun bemorga stomani almashtirayotganda terini ham parvarish qilishi, ya’ni uni avval yumshoq mato bilan artib, keyin iliq suv bilan yuvish kerakligini tushuntirish kerak.


  • Download 4,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish