Buxoro davlat



Download 173,01 Kb.
bet2/9
Sana21.05.2022
Hajmi173,01 Kb.
#605337
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sodiqov Husen

Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Tarixdan ma’lumki, XVI-XVIII asrlar davomida yurtimiz hududlarida bir-biridan mustaqil uchta Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari vujudga keldi. Ushbu uch mustaqil davlatlarning o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotidagi o‘rni, ularning o‘ziga xos davlat boshqaruv organlari, aholisi, aholining turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ularda kechgan xalq harakatlari, davlatlarni boshqargan xukmdorlar tarixi, qo‘shini va uning tuzilishi kabi masalalarni o‘rganish borasida bugungi kunda yurtimizda talay ilmiy ishlar yaratildi. Biroq bu hol xonliklar davri tarixi to‘liq, ochiq-oydin bor bo‘yi basti bilan o‘rganildi degani emas.
Turkiston sarhdlarida XVI-XVIII asrlarda vujudga kelgan uch mustaqil xonlik tarixini yoritishda o‘sha davrda yaratilgan yozma manbalarning o‘rni
beqiyosdir. Ushbu davr manbalarini o‘rganmasdan turib, bu davrda xonliklar hududida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar xususida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish mumkin emas.
Xonliklar davri tarixini o‘rganishda nafaqat mahalliy tarixshunoslar balki Arab, Xitoy va Rossiya elchilari, sayyohlarining asarlari hamda esdaliklari ham muhim tarixiy manba hisoblanadi. Ularda ham tariximizning u yoki bu sahifalariga oid qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Shuni e’tiborga olib, ushbu bitiruv magistrlik dissertatsiyamizda Xiva va Qo‘qon xonligi tarixiga doir rus sayyoh va elchilarining esdalik hamda xotiranomalariga to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.
O‘rta Osiyo Rossiya va uning sarmoyador guruhlarini har jihatdan ham harbiy strategik ham iqtisodiy va siyosiy jihatdan XVI asrlardan boshlaboq qiziqtirib kelgan. Shu boisdan Rossiya xukmdor doiralari ko‘rilayotgan davrda ham O‘rta Osiyoga jumladan, Xiva va Qo‘qon xonliklariga o‘zlarining ko‘plab elchi va savdogarlarining hamda sayyohlar o‘z xukumatlari tomonidan oldilariga qo‘ygan missiyalarini bajarish barobarida, o‘z sayohatlari davomida ko‘rgan kechirganlari hamda xalq vakillari bilan olib borgan suhbatlari jarayonida eshitganlari asosida o‘ziga xos esdaliklar va xotiranomalar yozib qoldirganlarki ushbu manbalarni tanqidiy ruhda o‘rganish biz tarixchilarga xonliklar davri tarixini yanada teranroq, chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi.
Ushbu esdaliklarda har ikkala davlat ya’ni Xiva va Qo‘qon xonliklaridan ko‘rilayotgan davrdagi davlat boshqaruvi, xukmronlik qilgan sulolalar, davlat ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, shaharlari, chegaralari, qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi, savdo-sotiq aloqalari, bozorlari, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, etnografiyasi, toponomikasiga oid qimmatli ma’ulumotlar mavjuddir.
Biz ushbu bitiruv magistrlik dissertatsiya ishini yozishda Rossiyadan ko‘rilayotgan davrda Xiva va Qo‘qon xonliklariga tashrif buyuradigan elchi va sayyohlarning esdaliklaridan hamda o‘sha davrlarda, keyingi bosqichlarda
Rossiyalik tarixchilarning har ikkala xonlik tarixiga doir yozib qoldirgan asarlaridan keng foydalandik. Bular bilan asosiy boblarda batafsil to‘xtalamiz.
Shuningdek, mavzuni yoritishda sovetlar davrida mavzuga oid yaratilgan asar hamda ilmiy maqolalardan2 ham tanqidiy ruhda foydalanishga harakat qildik.
Magistrlik dissertatsiya ishida mustaqillik yillarida yaratilgan mavzuning u yoki bu jihatlariga oid asarlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalardan3 ham o‘rinli foydalanildiki, ushbu materiallar masalani yanada kengroq, teranroq ochib berishga xizmat qildi.

Download 173,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish