Garnir va yerqalampirli pishirilgan baliq. Osyotr oilasidagi baliq guruhlarga bo'linib pishiriladi, sovitib, porsiyasiga 1—2 bo'lak hisobida kesiladi. Suyak skeletli baliqlar lahm holida porsiyalarga taqsimlanib pishiriladi va o'z qaynatmasida sovitiladi. Tayyorlangan baliq likobchaga solinib, yoniga 3—4 xil sabzavotdan tayyorlangan garnir qo'yilib, salat bargi, ko'kat bilan bezaladi. Garnir sifatida pishirilgan kartoshka, sabzi, mayda kubik shaklida to'g'ralgan qizilcha, ko'k no'xat, pomidor, yangi yoki sho'r bodripg ishlatiladi. Taom ko'k salat yoki petrushkako'kati bilan bezaladi. Alohida sardak idishda sirkali yer qalampir beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |