Buxoro davlat universtiteti



Download 40,48 Kb.
bet6/6
Sana08.06.2022
Hajmi40,48 Kb.
#643795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ĝiyosova Ferangiz umumiy ped

Aralash dars.
Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg'ulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars running qismlari bo'lishi mumkin. Misol uchun ta'lim muassasalarida eng qo'llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshiri-lishi mumkin
yangi bilimlarni bayon qilish;
yangi bilimlarni mustahkamlash;
yangi bilimlar ustida mashq o'tkazish;
yangi bilimlarga bog'liq holda uyga vazifalarini topshirish va
hokazo Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tashkil etilmaydi. Shunga qaramay darsning maqsadi ta'lim oluvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo'lsa, butun didaktik usullar ana shunga bo'ysundiriladi. Shu sababli ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. Muayyan dars turi bilan ish ko'rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Didaktik usullar ta'lim metodi bilan baholangandagina dars tuzilishining o'zgarishiga, ta'lim metodlarining o'zgarishi ham dars tuzilishining o'zgarishiga olib keladi. Dars jarayonining muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining o'zgarishi darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi. Demak, dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o'tishi va shu orqa-li darsning shakl va metodlarining o'zgarishi dars bosqichi deb yuri-tiladi.Bu boradaxulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, turli darsning shakl va metodlari hamda ular negizidagi dars tuzilishlariga bevosita bog'liqdir.Umumlashtiruvchi dars — bu o'quv dasturining ma'lum bir qismi (bob, boiim yoki ayrim mavzu) o'tib bo'lganidan keyin o'tiladigan dars mashg'uloti. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinflarida ba'zi o'quv materiallarining ma'lum qismi yoki yirik mavzuni boshlashdan avval kirish dars ham olib boriladi. Bunday darslar, odatda, ijtimoiy fanlar bo'yicha o'tkaziladi.

Bugungi kunda zamonaviy o'quv muassasalari faoliyatida o'qitish shakllaridan biri bo'lish ma'ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foyda-lanilmoqda:
  1. ma'ruza-hikoya;


  2. ma'ruza-suhbat;


  3. ma'ruza-munozara;


  4. ommaviy ma'ruza.


  • Fakultativ mashg'ulotlar — bu ta'lim oluvchining qiziqish va xohishlariga ko'ra muayyan fan, predmet yuzasidan beriladigan ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim shaklidir. Fakultativ mashg'ulotlar ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini oshirishga va ijtimoiy faoliyatini faollashtirishga, aqliy qobiliyatlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus dastur asosida o'tkaziladi.



  • Seminar mashg'ulotlari. Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishidagi predmetlar bo'yicha seminar mashg'ulotlarini tashkil qilish keng qo'llaniladi. Seminar mashg'ulotlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma'lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajakdagi kasbiy faoli-yatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir. Seminar mashg'uloti ta'lim beruvchi rahbarligida o'tkaziladi.

  • Ekskursiyalar. Noan'anaviy dars shakllaridan biri hisoblangan ekskursiyalar sinf-dars tizimi, shuningdek, amaliy mashg'ulotlardan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat bo'ladi:
    ta'lim oluvchi rejalashtirilgan va o'tkaziladigan barcha ekskursi
    yalarga rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya obyektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan ekskursovod ish olib boradi;
    ekskurtsiya muddati turlicha bo'lib, unda doimiy o'quv jadvali
    talablariga amal qilish mas'uliyati mavjud;
    ta'lim beruvchi yoki ekskursovodning rahbarlik usuli va ta'lim
    oluvchilar faoliyati turlicha bo'lishi mumkin.
    Ekskursiyalar quyidagidek to'rt yo'nalishda uyushtiriladi (2-shakl).

2-shakl. Ekskursiyani uyushtirish yo'nalishlari.
Ekskursiya jarayonlari quyidagi tarkibiy tuzilishlarga ega (3-shakl).

3-shakl. Ekskursiyaning tarkibiy tuzilishi.


Ekskursiya davomida ta'lim oluvchilardan intizomga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Ta'limnining noan'anaviy shakli siaftida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra suhbati, matbuot konferensiyasi, telekonferensiyalar muayyan predmet (yo'nalish)ning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, ular ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, o'z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, ta'lim oluvchining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. «Viktorina», «Mo'jizalar maydoni», «Zakovat» va shu kabi shakl-da o'tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo'lib, ular ta'lim oluvchilarni faollikka undaydi. Yuqoridagi bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib quyidagi xulosani keltirish mumkin
ta'limning shakli muayyan maqsadga muvofiq ma'lum rejimda
tashkil etiladigan faoliyatning tashqi ifodasi boiib, ta'lim jarayonida
yetakchi o'rin tutadi;
ta'lim jarayonini samarasini ta'minlash uchun ta'lim metodlari-
dan o'rinli va unumli foydalanishga bog'liq;
ta'lim metodi ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluv-
chilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usullari hisoblanadi ta'lim vositalari ta'lim metodlarining ta'limiy ta'sirchanligini
oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y


2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y
3. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y
4. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon., “Xayot” 2001 y
5. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O’qituvchi” 1990 y
6. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y

7. M.To’xtaxo’jayeva “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2010 y
Download 40,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish