77
2.5.6. So‘z qismlari talaffuzi
1.
Q, k bilan tugagan otlarning egalik aflfikslari bilan turlangan
shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda
qishloq> qishlog
‘
imiz, qishlog
‘
ingiz, qishlog
‘
i; telpak > telpagim,
telpaging, telpagi
kabi. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarish
bo‘lmaydi:
o
‘
q > o
‘
qi, tok
>
toki
kabi
(yoq, yo
‘
q
so‘zlari bundan
mustasno).
2. Q, k, g, g‘ bilan tugagan otlarning jo‘nalish kelishigidagi
shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga > qishloqqa,
chelak+ga > chelakka, tog‘+ga > toqqa, pedagog+ga > pedagokka
kabi. Boshqa barcha holatlarda:
a)jarangsiz undoshlardan so‘ng -ka, jarangli undoshdan va
unlidan so‘ng -ga talaffuz etiladi:
otka, oshka, qopka,
ammo
uyga,
ovga, tomga, bolaga, akaga
kabi.
3.
Fe’llarda: a) ong+la > angla, son+a > sana, yosh+a > yasha
kabi;
4.
ek+gan > ekkan, ket+gan > ketkan, oq+gan > oqqan,
tush+gan > tushkan kabi.
5.
Olmoshlarda:
u+n+da
>
unda, bu+n+da
>
bunda, shu+n+da >
shunda
(bir «n» orttiriladi),
men+ning
>
mening, sen+ning
>
sening
(bir «n» tushirib qoldiriladi).
Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi
— jonli tildagi turlicha talaffuz ko‘rinishlaridan adabiy til
an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.
Masalan, o‘zbek shevalarida bir so‘z turlicha talaffuz qilinadi: yo‘q-
jo‘q, ko‘z-go‘z, ota-ata, aka-oka, anor-onar kabi. Hozirgi zamon
davom fe’li qo‘shimchasi shevalarda -yap(ti),-op(ti), -utti, -vot(ti)
shakllarida qo‘llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy
tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy
talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan. Jumladan,
adabiy tilda quyidagi orfoepik me’yorlar ham mavjud:
1.
Bir so‘zidan dona son yasalganda, o‘zakdagi «r» undoshi «t»ga
o‘tadi: bir+ta > bitta kabi. Yonma-yon kelgan ia, io, ai, oi, ea – unlilari
orasiga qisqa y tovushini qo‘shib talaffuz etish orfoepik me’yordir:
tabiat – tabiyat, shariat – shariyat, radio – radiyo, stadion – stadiyon,
said – sayid, ukrain – ukrayin, doim – doyim, oila – oyila, teatr –
teyatr, laureat – laureyat kabi.
78
2.
Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go‘sht, past kabi
so‘zlar oxiridagi d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish orfoepik
me’yordir.
3.
Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongress singari
o‘zlashma so‘zlarning talaffuzida qo‘sh unli (undosh)larning faqat
bittasi talaffuz etiladi.
4.
Shartli qisqartmalarni kengaytirilgan holatda o‘qimaslik adabiy
talaffuz normasiga ziddir: AQSH – Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT
– Birlashgan Millatlar Tashkiloti, A. Navoiy – Alisher Navoiy,
A.Qod. – Abdulla Qodiriy kabi.
5.
Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari so‘zlar
oxiridagi b undoshi jarangsiz jufti bilan almashtirilib, p tarzida
talaffuz qilish deyarli barcha sheva vakillari nutqiga xosdir va bu hol
orfoepiya uchun me’yoriy hodisa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |