Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


-mavzu. Shaxs ma’naviy taraqqiyotining mezonlari



Download 370,31 Kb.
bet27/88
Sana15.02.2022
Hajmi370,31 Kb.
#449161
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
MA\'RUZA маънавиятшунослик Тагоева лотин

5-mavzu. Shaxs ma’naviy taraqqiyotining mezonlari.
REJA:
1. .Shaxsning o’z o’zini boshqarish faoliyatini jadallashtirish. Shaxs ma’naviy taraqqiyotining mezonlari.
2.Shaxsning professional karyerasi, tiplari, maqsadi va vazifalari. Karyera tushunchasining mazmuni unga erishish mexanizmlari.
3. Shaxs ma'naviyatini shakllantirishda ota-ona mas'uliyati.
4. Adabiyot va san'at - shaxs ma'naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi.
Tayanch so’z va tushunchalar:
Iymon; diniy iymon; dunyoviy iymon; iymonlilik; iymonsizlik; insoniylik; diyonat; adolat; mehr-shafqat; e'tiqod; poklik; halollik va vafodorlik; sharm va hayo; nomus; nomuslilik; kamtarlik; «Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l»; «Kamtarga kamol, manmanga zavol».

Shaxs ma'naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko’p. Ular haqida oldingi ma'ruzalarda u yoki bu munosabat bilan o’z fikrimizni bayon etganligimizni hisobga olib, mazkur ma'ruza matnida asosan rejada qo’yilgan masalalarni bayon etish bilan cheklanishni lozim topdik.


O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri ota-onani yuksak darajada e'zozlash, izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko’ra mehribon, aziz va mo’'tabar zot yo’q. Ota-ona farzandlarning suyanchiqi, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona o’z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. O’zbek xalqi odob-axloqi bo’yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan o’tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo’lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish, duolarini olish - bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz xazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat qilish «...farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo’lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo’lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan - birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so’zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. qamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» so’zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».
Tan olishimiz kerakki, sho’rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba'zi yoshlarimizda o’zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma'naviy fazilatlar yo’qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga unchalik e'tibor berishmas, lekin biz, o’zbeklar buni his qilmay ilojimiz yo’q.
Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik, o’ziga to’q bo’lgan ota-onalar yashayotganligiga toqat qilib bo’lmaydi. Gohi-gohida bo’lsa ham, ota-onaga qo’l ko’tarish, undan ham oqirroq jinoyat qilish hollari sodir bo’lib turganligini eshitib turibmiz! Bu - oddiy nuqson emas, balki uchiga chiqqan tubanlik, baqritoshlik, milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti qilish, o’z insoniyligini yo’qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, o’zbek xalqining sha'niga doq tushuradigan bunday yaramas hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bo’lishi tabiiy.
Sho’rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning o’gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib an'analarimiz tarqib qilinish o’rniga nuqul qoralandi, yomon otli qilindi, bid'at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz o’rganilmadi, tarqib etilmadi. Ularning o’rniga ta'lim-tarbiya borasida Evropa, Rusiya modelini ko’klarga ko’tarib maqtab, tarqib qilib, yoshlarimizni o’z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qo’ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qo’ni-qo’shni, mahalla-ko’ylar ta'siri kabi ta'lim-tarbiyaning hayot sinovidan o’tgan bebaho boyliklaridan judo bo’la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qo’yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmokda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e'zoz, farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida uluqlaydigan, axloqiy, ma'naviy jihatdan go’zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan o’rin ola boshlagani quvonchli bir holdir.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni - Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va mas'uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy qoya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida qamxo’rlik qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning o’z ota-onasini e'zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi mas'uliyati sanaladi. Ota-onani e'zozlashning quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qo’yish, kasal bo’lganda shifokorga ko’rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini so’rab turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik, gerdaymaslik lozim bo’ladi. Ota-ona norizo bo’lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonga qo’shilma, desa uni qilmaslik va qo’shilmaslik kerak bo’ladi. Ko’chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qo’l uzatmaslik, otadan avval o’tirmaslik, otadan ko’ra poygakda o’tirish, otaning oldida oyoqni uzatib yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bo’lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona o’z farzandidan rozi bo’ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi o’ngidan keladi, oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi. Ota-onasi norizo bo’lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bo’lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat ko’p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir xovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qo’yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni o’rasan, Siz ota-onangizga nima qilgan bo’lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bo’lsa ne ajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning uluqvorligi haqidagi ba'zi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib o’tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bo’lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bo’lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin, va yana xor bo’lsin»; «Ota-onaga itoat qilish - tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas'uliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday ma'naviyat egasi bo’lishi ko’p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bogliq. qar bir ota-ona farzandi oldida o’z otalik, onalik burchini to’liq his etishi, unga javobgarligini ma'nan anglab etishi kerak.
Sobiq sho’rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma'naviy tarbiya chetga surib qo’yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas'uliyati pasayib ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan xoli bo’lmaydi. Birinchisi - nasl tarbiyasi, ya'ni bola tarbiyasi - bola tuqilmasdan uch-to’rt yil oldin boshlanishi kerak. Ya'ni bo’lqusi ona va otaning soqliqi, farzand tarbiyalashga mas'ulligini hisobga olish lozim bo’ladi. Bu - bola, farzand ko’rishni istagan ota-onaning bo’lajak farzandlari taqdiriga mas'uliyat bilan qarab, o’zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi. Ikkinchi bosqich - homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala o’ta muhim, o’ta ahamiyatli bo’lib, bizda bu eng qoloq soha bo’lib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tuqilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi ko’zda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi. Uchinchi davr bola tuqilgandan to 6-7 yoshgacha bo’lgan davr. Shu davrga kelib, bola ma'naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bo’ladi. So’ng ana shu ma'naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
Ma'naviy barkamollik, balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. qazrati Bahouddin Naqshband aytganlaridek, insondagi yaxshi fe'llar, amollar halol luqmadandir. Demak, ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma'nan pok va halol bo’lib voyaga etadi. Biz sho’rolar zamonida buni unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum o’z manfaatlariga moslashtirib, uni o’z qo’liga oldi.
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek, u hali tuqilmasdan ota, ona va butun oila a'zolari hamjihatligida boshlashimiz lozim buladi.
Olamda barcha narsa juft-juft bo’lib yaratilgan. Juft bo’lib yashash tabiat qonuni, taqazosi. Lekin oila bo’lib yashash barcha mahluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi buqini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin - ikki tirik vujudning, ikki olamning o’zaro ittifoqidan paydo bo’lgan uchinchi bir olam - bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bo’lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush do’zaxga aylanadi, oila zindonning o’zi bo’ladi, buning jabrini esa er va xotinning o’zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi.
Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil hisoblanadi.
Eng qadimgi odatimizga ko’ra, o’zbek oilasi ham to’ydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qo’ysam, deydi. Xalqimizni to’ysevarlikda ayblab bo’lmaydi. Agar ayblasak, o’z-o’zimizni kamsitgan bo’lamiz. To’y va ma'rakalarimizga o’rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin to’y bahona soxta obro’ olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yo’l qo’yishni oqlab bo’lmaydi. To’y va ma'rakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma'naviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustivor bo’lgani yaxshi.
O’zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan o’ziga xos ichki qonun-qoidalari, axloqiy, ma'naviy mezonlari bor. quyida biz shulardan ba'zilari, turmush uchun zarurlari haqida to’xtab o’tishni lozim topdik, zero bu Siz kabi oila qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan xoli bo’lmas, degan niyatdamiz. Aytmoqchi bo’lgan gaplarimizni eshitgan bo’lsangiz, yana bir bor eshitsangiz foydadan xoli emas.
Rizq-ro’z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki qaflat bosib, o’rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish unumli, o’sha kun xayrli bo’ladi....
Yuz-qo’lni yuvmasdan hol-ahvol so’ralmaydi, yuz-qo’lni yuvgandan so’ng kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib qo’yadilar...
Ish yoki o’qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi axloq-odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom beriladi, hol-ahvol so’raladi...
Oila odobiga ko’ra katta yoshlilar bolalarga, baloqatga etgan farzandlar, kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda ko’rinmaydilar, bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz so’zlarni aytmaydilar. Ko’chaga uy kiyimida chiqilmaydi va boshqalar. Aytaversak, o’zbek oilasining fazilatlari ko’p, qonunlarda belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz o’zlashtirishi ham farz va ham qarzdir.
Shunday qilib, oila - jamiyatning asosiy bo’qini. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur bolaning murqak qalbida bir umr muhrlanib qoladi. Oila mustahkam, tinch, farovon, soqlom bo’lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «Oilaning jamiyatdagi o’rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab etmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz». Ya'ni ma'naviy sohadagi vazifalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshiraolmaymiz.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, Asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-bobida quyidagi qoidalarni o’qish mumkin:
«63-modda. Oila jamiyatning asosiy bo’qinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega...
64-modda. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar...
65-modda. ...Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi» va boshqalar.
Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat berilayotganligini Oliy Majlisning birinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida «Oila kodeksi» haqidagi qonunning qabul qilinishida ham ko’rishimiz mumkin. Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati albatta farzandlarimizning ma'naviyatini yuksaltirishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Adabiyot va san'at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari ma'naviy dunyosini boyitish, ularni go’zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma'naviy qoyasi yuksak, badiiy jozibali adabiyot va san'at asarlari kishilar qalbiga tezroq yo’l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta'sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni chuqur mushohada etishga da'vat etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va san'at asarlarining kishilarni yuksak ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta'sir etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot va san'at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki - ruhiy dunyosiga emotsional ta'sir ko’rsata olishidadir. Ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san'atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.
Ma'naviy tarbiyada o’zbek xalqining boy ma'naviy merosidan keng foydalanish uning ta'sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bo’la oladi. Yoshlarimiz ma'naviy tarbiyasida Yusuf xos qojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma'naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma'naviy merosi o’zining chuqur falsafiy mazmuni, ahloqiy yo’nalishi bilan ajralib turadi.
Klassik san'atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to’qrilik, birovning haqiga ko’z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun ko’rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma'naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Ma'naviy tarbiyada Pirimqul qodirov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, O’tkir Xoshimov, Tohir Malik kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Xojieva, Omon Matchon, Rauf Parfi kabi shoirlarimizning asar va she'rlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe'l-atvori, axloqi, ma'naviy dunyosi to’qrisida suhbat, munozara o’tkazish katta samara beradi.
Ma'naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta'sir etishda teatr san'atining ham roli, o’rni va ahamiyati, ta'sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san'atini ikki tomoni charxlangan shamshirga o’xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yoruqlik olib kirsa, uni yuksak ma'naviylik tomon yo’llasa, ikkinchi tomoni bilan esa inson qalbidagi nodonlik, jaholat ya'ni ma'naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi.
Teatr san'ati boshqa san'at turlari kabi obrazli - badiiy tabiati bilan inson qalbiga emotsional ta'sir ko’rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma'naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma'naviylik ruhida tarbiyalashda teatr san'atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, kino san'ati, yoki san'atning boshqa turlariga bo’lgan qiziqishi unchalik etarli darajada emasligi kishini ajablantiradi. Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning o’zida ham so’z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta'sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr va kino san'atining bu xususiyatidan ma'naviy tarbiyada foydalanish katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim bo’ladi.
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televidenie imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Kishilarimiz «Otalar so’zi - aqlning ko’zi» kabi ko’rsatuvlarni sabrsizlik bilan kutganidek, ma'naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya'ni jasorat va olijanoblikni, ma'naviy go’zallik va axloqiy poklikni, uluqvorlik, nafosat va ma'naviy qadriyatlarimizni tarqib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san'at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma'naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shuning bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda fidoyilik ko’rsatishda, zavq-shavq va ilhom baqishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol qoyalarini singdirishda respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham a'lohida ta'kidlash lozim bo’ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan respublikamizning ko’zga ko’ringan adabiyot va san'at arboblarining uchrashuvlarini tashkil qilish, ko’zga ko’ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konferentsiyalar uyushtirish kabi o’ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma'naviyat, tarbiya va ta'lim masalalariga baqishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar o’rtasida keng tarqibot qilayotganligini alohida ta'kidlash lozim bo’ladi. Bu kengash o’z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ma'naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari - o’qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, vrachlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas'uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma'naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bo’ladi.
Ota-onaning farzand oldidagi uluqligi nimadaq
Birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh iborasining mazmunini izohlang.
Ota-onaning farzandlar oldidagi burchi nimada deb bilasizq
Farzandlarning ota-onalar oldidagi burchi nimada deb bilasizq
Ota-ona va farzandlar mas'uliyati haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nimalar ko’rsatilganq
Ota rozi – xudo rozi iborasining mazmunini izohlang.
Farzand tarbiyasini qaysi davrda boshlanishi haqida nimalar bilasizq
Yaxshi fe'llar, yaxshi a'mollar – halol luqmadandir iborasini mazmunini izohlang.
O’zbek oilasining ma'naviy-axloqiy jihatlari haqida nimalarni bilasizq
Kishilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda adabiyot va san'atning ahamiyati nimada deb bilasizq
qaysi yozuvchi va shoirlar asarlarida o’zbek milliy ma'naviyatining o’ziga xos jihatlari o’z ifodasini topganq Ular milliy ma'naviyatimizning rivojlanishida qanday ahamiyatga egaq
Vatanparvarlik haqida so’z yuritishdan avval Vatan tushunchasiga izoh berish maqsadga muvofiq. Vatan aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma'nosini anglatadi, shu ma'noda olib qaraydigan bo’lsak, O’zbekiston - o’zbek xalqining vatani, muqaddas sajdagohidir:
Dunyo bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston vatanim manim.
Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to’kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o’sib, kamol topib boradigan zamindir.
Vatan deganda, hamisha o’zimiz tuqilib o’sgan, ko’z ochib ko’rgan, ta'lim-tarbiya olib voyaga etgan, necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o’tgan, ularning aql-idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko’z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidek: «qar bir kishining tuqilib o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. qar kim tuqilgan, o’sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho’llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik erlarni boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson erlarga o’z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi.»
Vatan - bu xalqning o’tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan - muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to’kilgan joy, insonni ijtimoiy etimlikdan asrovchi manzil, ma'naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o’choqidir.
Inson uchun vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambaqali ham bo’lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi. Vatan in'om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir. Prezidentimiz Islom Karimov keltirgan iboradek, «Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdir». Vatanni eng oliy ne'mat singari boshimiz uzra baland ko’tarib, har on va har soniyada uning tuproqini ko’zlarga surtib, unga ta'zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir. Muqaddas xadisi shariflarda «Vatanni sevmoq iymondandir», deyilgan. Ya'ni iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sevadi, uni qanimlar ko’zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun kurashadi.
Vatan mehrini, vatan sehrini, uning mo’'tabarligiyu uluqvorligini so’z bilan ifodalash qiyin.
qar bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo’lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan bo’lur edim, deb aytgan so’zlari har birimiz uchun bebaho o’gitdir.
Sho’rolar davrida milliy manfaat, vatanga, ona zaminga mehr-muhabbat degan his-tuyqular asta-sekin so’na boshladi. «Vatan» tushunchasi mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi. qamma narsa - «Umumsovet» manfaatiga qaratilgandi. qar bir millat, xalq ming yillardan beri yashab kelayotgan o’z vatani uchun qayqurishga haqli emasdi.
Oxir oqibat shunga etdiki, sobiq Sovet davrida bu mamlakatda yashayotgan xalqlar, shu jumladan o’zbeklar ham o’z vatanida bevatan bo’lib yashashga majbur bo’ldilar. Buni O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov «Vatan umidi» she'rida shunday ifodalaydi:
Agarchi ismim Erkin,
Erki yo’q, bandi kishan bo’ldim.
Ko’zim boqliq, dilim boqliq,
Tilim yo’q, besuxan bo’ldim...
Muazzam Sayhunu Jayhun -
Labida tashnalab qoldim,
Kiyintirdim jahonni,
Jismim uryon, bekafan bo’ldim.
Chekubdur Boburu Furqat
Vatan hajrida afqonlar,
Men ersam, ne qurbatkim,
Vatanda bevatan bo’ldim.
Olisda, oh diyorim deb
Soqingan, ey vatandoshim,
Dema sen, o’zni bebaxt,
Baxti yo’q aslida man bo’ldim...
Inson uchun na davlat va saltanat, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik - inson uchun katta baxtsizlikdir.
Inson istagan joyda bir parcha nonga qornini to’yqazishi mumkin. Lekin Vatanning o’rnini hech narsa bosolmaydi. Vatanda yashash haqiqiy baxtdir.
Mustaqillik tufayli biz o’zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan eng oliy ne'matidir. Vatani mustaqil xalqning o’zi ham mustaqil bo’ladi. Yurti ozod va erkin odamning erki o’z qo’lida bo’ladi.
Tarix o’zbek xalqining hozirgi Siz kabi avlodi zimmasiga qoyat buyuk vazifani yukladi. Bu Vatanimiz kuch-qudratini mustahkamlash, uning dovruqini olam uzra yoyish, shuhratiga shuhrat qo’shishdir. Bunda esa vatan, Prezidentimiz aytganidek, Siz kabi fidoyi vatanparvarlarga tayanadi. qar birimiz o’zimizning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyatimiz, halol mehnatimiz bilan o’zimizdan keyingi avlodlarga ozod va obod vatanni qoldirishimiz kelgusi avlodlar, nasl-nasablarimiz oldidagi burchimizdir.
Milliy mustaqillik - xalqimizda, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizda vatanparvarlik to’yqularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. qozirda vatanparvarlik o’zining qanday qirralari bilan namoyon bo’layotirq Vatanparvarlikning mohiyati nimalarda, qanday amaliy ishlar faoliyatida namoyon bo’ladiq Umuman vatanparvarlik nima, uni qanday tushunmoq kerak, u haqda donishmandlar nima deganlarq quyida ana shular haqida bahs yuritmoqchimiz. Avvalo, hozirgi o’zbek vatanparvarligi ota - bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. Saodatli, baxtli, kelajagi buyuk O’zbekistonga hozir har daqiqada ulush qo’shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko’rinishidir. Vatanga munosib farzand bo’lish, uning eri, suvi, eli bilan chambarchas boqliq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko’rinishi, qirrasi.
Vatanparvarlikni eng oliy tuyqu sifatida o’tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar va o’zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba'zilarini eslab o’tamiz.
Tsitseron (Rumo notiqi va faylasufi). Bizga ota - onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrobalar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so’zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo’lsa, qaysi vijdonli odam u uchun jonini berishga ikkilanar ekan!
Gegel (nemis faylasufi). Ma'rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo’lida qurbon bo’lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
Bayron (ingliz shoiri). Kimki o’z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
Belinskiy (rus tanqidchisi). Kimki o’z Vataniga daxldor bo’lmasa, u insoniyatga ham dahldor emas.
Gyugo (frantsuz adibi). O’z vataniga doq tushirish - uni sotish degan so’z.
Vatan tuyqusi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tuqiladi. Ya'ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyqusini ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo’lsa, tuqilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi».
Vatanparvarlik deganda esa yana qo’yidagilarni anglash joiz:
- o’z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish;
- qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma'naviy meroslarni ko’z qorachiqiday asrash va avlodlarga taqdim etish;
- xalqimizning, ajdodlarimizning go’zal va ma'noli urf-odatlar, rasm-rusum va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom ettirish;
- ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularning uluq ishlari, ijodlari bilan faxrlanish, ularning ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo’lish;
- shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan faxrlanish;
- Turonzaminni himoya qilib, tomirida oxirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo’lgan qahramonlar nomini yod etish;
- asrimizning yigirmanchi, o’ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qataqonlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo’lgan minglab millatimiz gullarini unutmaslik;
- bu aziz va go’zal vatanimizda yuksak e'tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo’lishdir.
Vatanparvarlik hammamizning o’z ishimizga mas'uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko’z qorachiqiday asrash, boyliklariga boylik qo’shishga o’z ulushimizni qo’shish, ilm-fan cho’qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so’z bilan aytilganda o’z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo’shish:
- ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir;
- vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yishdir.
Vatanparvarlik haqida so’zlar ekanmiz, mustaqillik bizga in'om etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so’zlamasdan iloj yo’q. Vatanparvarlikning oliy ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbidan mustahkam o’rin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroqi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar bayroqlari qatorida maqrur hilpirab turishini ko’rish va his etish naqadar katta baxt, insonni naqadar kuchli bir hissiyotga chulqab oladi... Prezidentimiz Islom Karimov juda to’qri ta'kidlab o’tganidek: «O’zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat Bayroqi, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan - O’zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat to’yqusini tarbiyalaydi».
Davlatimiz mukofotlari - «O’zbekiston qahramoni» oliy unvoni, orden va medallar, faxriy unvonlar ham mamlakatimiz fuqarolarida o’z Vatanidan qururlanish to’yqularini oshirishga xizmat qiladi.
O’z milliy valyutamiz so’mimiz ham vatanparvarlik ramzidir.
Xullas, Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «O’zbekiston - muqaddas Vatan, ota-bobolarimiz yotgan er, o’zimiz yotadigan er. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida shu muborak zaminning har qarichiga mehru muhabbat uyqotish bugungi kunning eng ustivor fazilatlaridan biriga aylanayotgani hammamizni quvontiradi».
Ikkinchi masalaning bayoni. Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyqundir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanparvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi.
Insonparvarlik bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. U purma'no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik o’zbek xalqining ajralmas xislati tarzida ko’zga tashlanadi. qur'oni Karim insonparvarlik qoyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari shu qoyalarga boy hikmatlar majmuasi sanaladi. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr-shafqatida, diyonatda, o’zaro ko’maklashuvda, hamdardlikda, boshqalar qayqusiga sherik bo’lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan faxrlanishda ko’rinadi.
O’zbek xalqining turmush tarzi, mehnat faoliyati, o’zaro munosabatlari, hamkorlik, hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanishi, yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik, ota-onaning bolaga, bolaning ota-onaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlari insonparvarlik qoyalari bilan suqorilgan. O’zbek xalqi bir umr mehr-shafqatli bo’lgan, barchaga yordam qo’lini cho’zgan. O’zbek xalqi o’zining insonparvarligini fashizmga qarshi kurash yillari etim bolalarning boshini silab o’z tarbiyasiga olib yorqin namoyon etdi.
O’zbek xalqi doimo umuminsoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy, Ogahiy asarlaridagi qoyalar - insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida qamxo’rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan beparvolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustidagi qam emaslik sharafli inson uchun tamomila yotdir. Navoiyning barcha-barchani insonga qamxo’r bo’lishga chaqirgan, insonparvarlikni kuylagan qo’yidagi bayti asrlar osha hammamiz uchun ibrat yangliq yangrab turibdi:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo’q xalq qamidin qami.
Navoiy ijodida bu mavzuning alohida o’rin egallaganligi tahsinga sazovordir. U nafaqat badiiy ijodda, balki o’z amaliy faoliyatida ham yuksak insonparvarlikka sodiq qolgan mutafakkirdir. U xalq uchun, el-ulus uchun, beva-bechora, etim-esirlar uchun madrasalar, tabobat xonalar, shifo maskanlari qurdirgan. Doshqozonlarda ovqat pishirib tekinga tarqatgan. Dardmanlarga bepul tabobat ko’rigi uyushtirib tibbiy yordam bergan. Bunday insonparvarlik namunasidan hammamiz har qancha o’rnak olsak arziydi.
Mustaqil O’zbekiston otliq davlatimizning butun siyosati insonparvarlik qoyalari bilan suqorilganligi va uni amaldagi namunasi ekanligi bilan har birimiz har qancha faxrlansak arziydi. Jumhuriyatimiz hokimiyati inson huquqlari va demokratiyaga oid masalalarni maxsus qonun bilan belgilab qo’yibdi.
Prezidentimiz va O’zbekiston davlatining eng uluqvor va insonparvarlik qoyalaridan biri – ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tuqilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur. Demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo’qrilgan.
O’zbekiston davlatining ekologik siyosati ham insonparvarlik mazmuni bilan boqlangan. Ekologiya buzilar ekan, inson salomatligi yomonlashadi. Inson nosoqlom ekan, bu jamiyatdagi nosoqlomlikni keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda «Soqlom avlod uchun» dasturining ilgari surilganligi insonparvarlikka qaratilgan katta tashabbusdir. Mustaqil O’zbekiston o’z halqining salomatligi haqida qayqurar ekan, bunga milliy boylik sifatida qaraydi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’zining insonparvarlik qoyalari bilan ajralib turadi. Bu haqda Islom Karimov shunday yozadi: «Shu ko’hna zamin odamlari ko’nglida ustivor bo’lgan adolat, haqiqat, iymon, mardlik, tantilik, baqri kenglik kabi uluq xislatlar bu muborak hujjatdan munosib o’rin olgan». Bu tarixiy hujjatda insonparvarlik o’z ifodasini to’la topgan. Chunonchi: «39-modda. qar kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab quyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas». Davlatimizning asosiy qonuni o’zining insonparvarlik kafolati ustivorligi tufayli xalq oldida katta obro’-e'tiborga ega.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan islohatlarning muhim tamoyilidan biri ijtimoiy siyosatga qaratilgani bilan ajralib turadi. Bu to’qrida Islom Karimov shunday yozadi: «Islohatlarimizning muhim tamoyillaridan biri - aholining kam ta'minlangan tabaqasi, ya'ni qariyalar, nogironlar, bolalarini muhofaza qilish, ularni puxta himoyalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta'minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir». Bu erda Prezidentimiz Islom Karimovning insonparvarlik fazilati namoyon bo’lgan.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 1997 yilni «Inson manfatlari»; 1998 yilni «Oila»; 1999 yilni «Ayollar»; 2000 yilni «Soqlom avlod» yili deb belgilanishida ham chuqur insonparvarlik ma'nosi yotadi.
Insonparvarlikning ko’rinishlaridan biri bu insonni uluqlashdir. Inson tabiatning gultoji. U har qancha maqtovga loyiq zot sanaladi. Bu haqda qur'on va hadislarda, mutafakkirlar ijodida ajoyib, ibratli fikrlar aytilgan. Biz bu o’rinda «Sharq Gegeli» degan sharafli nomga sazovor bo’lgan faylasuf shoir, mutafakkir Mirzo Abdulqodir Bedil so’zlarini keltirish bilan cheklanamiz. Bedil insonni irqiy, milliy, diniy e'tiqodlaridan qat'iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor zot deb biladi va bu haqda shunday deydi: «qar kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal'undir». qanday ajoyib fikr! Ushbu fikr har qanday davr uchun ham adolatli, ardoqli va olijanobdir.
Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida vatanparvarlik va insonparvarlik tuyqularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli va xuquqiy jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi. Shuning uchun vatanparvarlik va insonparvarlik tuyqularini shaklantirish butun tarbiyaviy ishimizning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqi lozim.
Uchinchi masalaning bayoni. O’z millatiga sadoqatli bo’lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. Millatparvarlik bu har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O’z millatini sevmagan inson o’zini ham, Vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarlik o’z millatini boshqa millatlardan ustun qo’yish yoki kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyqudir. Millatparvarlik o’z millatining birligini mustahkamlash, o’z tili, urf-odatlari, an'analarini rivojlantirish, qadriyatlar va meroslarni ko’z qorachiqiday asrash, o’z millatining kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql-zakovat (intellektni), salohiyatni (potetsial) rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish yo’lida fidoyi bo’lishdir.
Milliy o’zlikni anglashning muhim omili bo’lgan millatparvarlik tuyqusini shakllantirishda yaqin o’tmishda millatimiz manfaatlarini ko’zlab millatparvarlikning yorqin namunasini ko’rsatgan millatimizning sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni tashviqot qilish katta ahamiyatga ega. Bugun F. Xo’jaev, A.Ikromov, A. qodiriy, U.Nosir, A.Fitrat, I.Mo’minov, X.Abdullaev, Sh. Rashidov kabilarning nomlari millatparvarlikni o’zida yorqin mujassam etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim. Ularning har biri Sho’rolar tuzumining eng murakkab, eng qiyin sharoitida millatimizning manfaatini, qadr-qimmatini, or-nomusini, tarixini, madaniyatini va ma'rifatini himoya qildilar. Millatimizning mustaqilligi uchun jon fido etdilar. Ulardan birlari millatimiz sharafini himoya qilibgina qolmay, uni jahon uzra ko’z-ko’z qilishda o’zlarini ayamadilar. Yana birlari esa ona zaminda millatimiz orasidan ulkan kadrlar etishib chiqishiga jonbozlik ko’rsatdi, boshqa birlari esa, yurtimizdan tashib ketilgan xomashyolar o’rnini to’lqizish uchun markazdan ko’proq texnika, texnologiya, fan yutuqlarini, mablaqlarini olib kelish yo’lida faollik ko’rsatdi.
Bugun mustaqil O’zbekistonning jahonda o’z munosib o’rnini topishi, millatimizmining qadr-qimmatini joyiga qo’yish ona zaminda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari bilan barqaror rivojlanish yo’lida faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o’rin olgan.
Millatimizning mustaqilligi uchun kurashgan qanday millatparvar farzandlarni bilasizq
Mazkur masala echimi ko’p qirrali. qo’yilgan masalani har kim o’z ma'naviy dunyosi o’lchami bilan o’lchab, shunga yarasha xatti-harakat qiladi. Insonning chin ma'nodagi insonligi - uning iymoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o’lchanadi. Buni biz umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalashimiz mumkin. Insoniylik esa faqat iymonli insonlardagina bo’ladi. Biz bu o’rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz. Agar biz iymon tushunchasining mohiyatini to’qri anglab, tushunib olsak, iymonni izohlovchisi bo’lgan diyonat, mehr-oqibat, poklik va halollik, kamtarlikning ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat iymonli kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat yo’lida bo’ladilar. Shuning uchun ham mazkur masalada iymon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Iymon arabcha so’z bo’lib, luqaviy ma'nosi - ishonch demakdir. Shariatda esa janob payqambarimiz Muhammad alayhissalom Olloh tarafidan keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi. Ya'ni qur'oni Karim va qadisi Shariflar orqali Olloh to’qrisida, jannat, do’zax, qiyomat kabilar haqida berilgan xabarlarga ishonch - iymondir.
Ma'naviy-axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odamzotgagina xos ruhiy xodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir maxluqotda iymonning o’rni-tagi ham yo’q. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya'ni iymon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma'naviyatining, axloqining o’q ildizi, poydevori, negizidir. Iymondan mahrum kimsaning aqli nechoqli o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va shular tufayli o’zligidan qanchalik maqrurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, iymonsiz odam na Ollohdan qo’rqadi va na bandalardan uyaladi. U o’z nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Olloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun iymon yo’lini tutishimiz lozim.
Iymonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi o’rni qanday, inson umrining ma'nosi nimada, zoti bashar nimaga da'vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.
qamma dinlarda iymonga alohida e'tibor beriladi. Iymon barcha dinlarning ustuni sanaladi. Chunonchi, zardushtiylik iymoni uch tayanchga: niyat - fikrning sofligiga, so’zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi. Iymonli kishi o’qrilik va talonchilikdan, o’zgalarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovnig haqiga xiyonat qilishdan, boshqacha aytganda, o’zligiga, ya'ni o’z iymoniga xilof, zid ish qilishdan o’zini tiya biladigan komil insondir. Iymonli odamga yuqorida qayd etilgan hodisalarni qilma, gunoh bo’ladi deb tarqib qilishning hojati yo’q.
Bundan 1400 yil muqaddam Ollohning irodasi bilan Muhammad alayhissalom faoliyatlari tufayli bunyodga kelgan islom ta'limotiga ko’ra, iymon mohiyatini qur'oni Karimning quyidagi surasi ochib beradi: «Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rosulihi val yavmal oxiri va qodari xayrihi va sharrihi minallohi taolo val ba'si ba'dal mavt haqqun. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashxadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh». Mazkur suraning ma'nosi esa taxminan shunday: «Chin ko’nglim ila iymon keltirdim: Ollohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning payqambarlariga ham bu dunyo yo’q bo’lib oxirat kuni bo’lmoqiga va qadarga, ya'ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi ilohi taolodan bo’lmoqligiga va o’lgandan so’ng qabrdan tirilib va bularning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvohlik berurman, albatta Ollohdan o’zga hech ma'bud yo’qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad Ollohi taoloning bandasi va barcha bandalariga din ahkomlarini o’rgatmoq uchun yuborgan payqambaridur».
qozirgi kunda Er yuzida diniy iymonning bir talay turlari bo’lib, jahon ahllari aro keng taralgani to’rttadir: buddaviy iymon, iudaviy iymon, isoviy iymon, islomiy iymon. Bu iymon turlari mazmun jihatdan farqlansa-da, ammo mohiyatan birdir. U ham bo’lsa, biron-bir narsa va qoyani benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va xulq-atvorda ana shu e'tiqoddan kelib chiqib, xatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin, jamiki iymon turi kishi amaliy faoliyat va xulq-atvori dasturi sifatida namoyon bo’ladi.
Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy iymon ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so’nggi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to’plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an'analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy iymonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar qoyat turli-tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e'zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak bo’ladi. Odamiylik qoyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an'analariga, uning mislsiz boy oqzaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san'atimizga singib ketgan bo’lib, hozircha chuqur o’rganilib umumlashtirilgani yo’q. «Odam bo’lish oson, odamiy bo’lish qiyin», «Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l», «O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ravo ko’rma», «Yomon o’z qamida, yaxshi - el qamida» singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks etgan, xolos.
Diniy va dunyoviy iymonning mohiyatida andak tafovut bo’lsa ham, ularning mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy iymonda ko’proq Ollohga, dunyoviy iymonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urqu beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mustamlakachilik va qaramlik, qataqonlik yillari xalqimizning ming yillar davomida tarkib topgan ham diniy, ham dunyoviy-axloqiy iymoniga qaqshatqich zarba berildi. Olis moziydan quvvat olib tobora ravnaq topib kelayotgan diniy iymon nazariy jihatdan kommunistik mafkuraning ashaddiy dushmani deya e'lon etilib, amaliy jihatdan ayovsiz ta'qib va tazyiq ostiga olindi, turli yo’llar bilan tahqirlandi, iymoniga sodiq bo’lgan minglab dindorlar, avvalo, ruhoniylar jismonan yo’q qilib yuborildi.
Dunyoviy iymon esa mash'um sinfiylik mezoniga solinib soxtalashtirildi, buzib talqin etildi. Oqibat shunga olib keldiki, hatto eng yaqin tuqishganlar, ya'ni ota-ona, ona-bola, aka-uka, opa-singillar - hamma-hammasi bir-biriga ashaddiy dushman qilib qo’yildi. 70 yil mobaynida kishilarimiz ham diniy, ham dunyoviy iymoniga zid qayriinsoniy ruhda tarbiyalanib keldi. Millatimiz kishilari orasida o’z iymoniga qarshi zamona zo’ravonlariga yaltoqilik, xushomadgo’ylik, chaqimchilik, ta'magirlik, poraxo’rlik, qirromlik, xiyonatkorlik, riyokorlik, xullas til bilan dilning, dil bilan amalning boshqa-boshqaligi, iymoniga zid singari axloqiy illatlar bolalab ketdi. Diniy va dunyoviy iymon mayib-majruh holatga keltirildi.
Iymon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma'nodagi din ham, axloq ham, inson ham, demakki jamiyat ham bo’lmaydi.
Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy iymonda ko’proq inson axloqidagi odamiylikka urqu beriladi. Kundalik hayotda iymon so’zi keng qo’llaniladi. Bunda ko’proq dunyoviy iymon ma'nosi ko’zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o’ta axloqsizlik xatti-harakatiga nisbatan «iymonsiz» degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Ollohga ishonch-e'tiqodi yo’q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma'nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy iymon ham aks etgan. Bu shunday ashaddiy diniy va dunyoviy haqoratki, o’tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo’lgan oriyatli kishilar haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Iymoni yo’q kishilar esa mahalla-ko’yda, yaqin kishilari orasida la'natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh berolmasa ko’chib ketishgacha borilgan......
Bizningcha, zamondoshimiz bo’lmish odamlarni, Siz kabi yoshlarni iymonli sifatida quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: e'tiqodli, o’zining aniq maslagiga ega, taqvodor, hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-hayoli, vijdonli, andishali, insofli, kamtarin, halol va pok, to’qri so’z kabi fazilatlar sohibidir.
Demak, insoniylikning muhim shartlari - diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollikni iymon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat iymon sohibi bo’lgan insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Iymonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba'zi odamlarga nisbatan iymonsiz so’zini ishlatamiz.
Ikkinchi masalaning bayoni: Endi iymonlilikning ba'zi kategoriyalarini qisqa izohlashga o’tamiz. Ularning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o’zimizning kundalik xatti-harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda yuksak insoniylikka, komillikka tomon eltadi, demakki iymonimiz mustahkamlana boradi. Iymonning boshi - taqvo. Taqvo - har noto’qri ishga qo’l urishda - Ollohdan qo’rqish, yomon ishlardan saqlanish. Ollohdan qo’rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo’l urmaydi, oxiratda javob berishini o’ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to’qri bo’ladi, poraxo’rlik qilmaydi, qasamxo’r bo’lmaydi, birovni aldamaydi, yolqon gapirmaydi, kishilarga, vatanga xiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham taqvodor bo’lish nasib etsin. Bu o’zimizga boqliq. Sharm-hayo ham iymonlilik belgisi sanaladi. Sharm - bu so’z har bir odamning nojo’ya, yomon xatti-harakatlardan o’zini tiya olish, uyalish hissi. qadisi shariflarda aytilishicha, odam, eng avvalo o’zidan uyalishi kerak. Nojo’ya, yomon qilmishi, xatti-harakati uchun o’zidan uyalgan odam o’zgaga ham nojo’ya xatti-harakatni ravo ko’rmaydi. O’zidan uyalmagan odamda sharm bo’lmaydi. Demak, sharm odam o’z nojo’ya harakati uchun o’z vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak bo’ladi.
qayo - bu o’zbekcha uyat demakdir. qayosiz, behayo deyilganda, uyatsiz ish qilganda xijolat chekmaydigan, odob - axloqsiz kishi tushuniladi. qayo erkak kishiga nisbatan ayollarda tabiatan ko’proq bo’ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba'zi so’zlarni, ayollar turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, hayo ularga yo’l bermaydi. qayoli bo’lish, bu faqat uyatli so’zni aytmaslikda emas. U bundan ham ko’ra kengroq ma'no va mazmunga ega. Sharm-hayoli bo’lish insonni hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O’z nojo’ya xatti-harakatidan uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib tarbiyalash oiladan boshlanadi. U milliy tarbiyaning muhim jihatini tashkil etadi.
Iymonli bo’lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning o’ziga nomunosib yoki ep ko’rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyqusidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.
Oriyat esa or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr tuyqusidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari va oilalarining, tuqishganlarining izzat-nafsi, qadri, hurmatini yuksak tutib, boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.
Nomus - bu iffat, bokiralik ma'nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash, uluqlash va ardoqlash, xijolat tortish tuyqusini, oila va ajdodlar sha'niga doq tushirmaslik ma'nosini ifodalaydi. Ko’pincha, biror kishini, uning oila a'zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u kishi bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat bormi o’zi, deb xitob qilinadi. Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli, oriyatli bo’lib kelgan, shuning uchun ular o’z yurtini, uning tuproqini, onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o’zlari uchun or deb bilganlar. Ko’rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyqulari yashirinib yotadi.
Iymonli bo’lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo’lishidir. Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi insof tuyqusiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe'l-atvori uchun avvvalo o’zi oldida, qolaversa oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma'naviy mas'uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan qazabga keladi, ularga qarshilik bildiradi; o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O’zini bilgan odamga vijdon azobidan oqirroq jazo yo’q. Shuning uchun xalqimizda vijdon azobi go’r azobi degan maqol bor. Bu maqolning tagida chuqur ma'no yotadi.
Mehr-shafqatlilik ham iymonning belgilaridan biridir. Yuqoridagilar kabi mehr-shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda etim-esir, qarovsiz qolgan qariyalar, qariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish tuyqusi, desak bo’ladi. Bizning mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz udumini davom ettirib, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan bolalar va hech kimi yo’q qariyalar, shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko’rsatayotir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan shu kunlarda odamlarda, ayniqsa yosh avlodda poklik va halollik odobini mustaqillik ruhida shakllantirish vazifasi turibdi. Insonning insonligi uning pokligi va halolligi bilan o’lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz hamisha pok va halol bo’lishga da'vat etib kelishgan, halol bilan xaromni farqlash to’qrisida nasihat qilishgan. Bu musulmon odami, xususan o’zbek xalqi axloq-odob qonuniyatining asosini, boshqacha aytganda iymonning negizini tashkil etadi. Poklik va halollik esa iymonning asosiy belgilaridan biridir. Poklik va halolliksiz iymonli bo’lish mumkin emas. Iymonli bo’lishning o’zi esa insonning pokligi va halolligiga yo’qrilgandir. Pok va halol bo’lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehru-shafqat, oriyat, nomus, sharm va hayo bo’lmaydi. Ko’rinadiki, iymonning barcha belgilari asosida poklik va halollik yotar ekan. Mana shuning uchun ham bizning ota-bobolarimiz poklik va halollikka alohida e'tibor berganlar.
qalol bu insonlar uchun ruxsat qilingan yaxshi, ijobiy ishlar, xatti-harakatlar majmuasidir, mehnat evaziga topilgan narsalar, shuningdek pok va toza oziq-ovqatlar sirasidir. qalollikning yanada kengroq ma'nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o’zaro muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik, do’stlar o’rtasidagi halollik va shu kabilardir. Yuragi, qalbi pok va toza, halol yo’ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo’ladi, ko’ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamahshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: «qalol va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir».
qayot, asosan oiladan boshlanadi. O’zbek xalqida «qush uyasida ko’rganini qiladi», degan naql bor. Demak, ota-ona pok va halol bo’lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi. Farzanddagi yaxshi fe'l va amallar halol luqmadandir.
Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo’lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlar uning iymoniga, ya'ni pokligi va halolligiga boqliq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo’ldan adashtirmoqchi, noshar'iy yo’llarga solmoqchi, halollik, poklik yo’lidan urmoqchi bo’lib qalbida qulqula uyqotishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo’lib yuradi. Ozgina iymon yo’lidan toyilishga moyillik bo’lsa, o’sha erda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko’taradi va oxir oqibat inson qalbini zabt etishga intiladi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo’lida xushyor turishimiz kerak. Bu, ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida nihoyatda zarur.
Yuqorida iymonli odamning asosiy belgilari ustida fikr yuritdik. Ularning har birini inson uchun bir bezak, deb bilmoq kerak. Shu o’rinda inson uchun nihoyatda zarur bo’lgan boshqa bir bezak ustida to’xtab o’tmaslikning iloji yo’q. Busiz inson barkamol bo’la olmaydi. U ham bo’lsa kamtarlik belgisidir. Kamtarlik odamni bezaydi, obro’sini oshiradi, do’stlarini ko’paytiradi.
Kamtarlik - inson ichki ma'naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo’lmasa, ming harakat qilmasin, baribir, odamlar ko’ziga kamtar bo’lib ko’rina olmaydi.
O’zbek xalqi urf-odatida, milliy qadriyatlarimizda takabburlik qiluvchilar, firibgarlar, maqtanchoqlar, manmanlar keskin qoralanadi. Kamtarga kamol, manmanga zavol, degan o’gitlar behikmat emas.
Tarixchi Xondamir «Mukomirul-axloq» kitobida: «Boshingga takabburlik havosini keltirma. Chunki takabburlik bilan hech kim biror joyga etgan emas. Go’zallar zulfi kabi shikastlikni (kamtarlikni) odat qil, bu bilan har nafasda minglab ko’ngilni ovlaysan», - deb ko’rsatgan edi.
Xullas, har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, sharm va hayo, kamtarlik, qo’yingki insonni bezovchi go’zal xulq-odob, axloq tark etmasin.
Takrorlash uchun savollar:
Vatan deganda nimani tushunasiz (uning tor va keng ma'nolari)q
Vatanparvarlik haqida o’tmish mutafakkirlari aytgan qanday fikrlarni bilasizq
«Vatanni sevmoq imondandir», «Vatan sajdagoh kabi muqddasdir» iboralarining mohiyatini izohlang.
Vatanparvarlikning asosiy namoyon bo’lish jihatlariga nimalar kiradiq
Nima uchun insonparvarlik o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas qismi deb faxrlanamizq
Mustaqil O’zbekistonning insonparvarlik siyosati nimalarda ko’rinadiq
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida insonparvarlik qoyalari bayon qilingan moddalardan misollar keltiring.
qanday odamni millatparvar deyish mumkinq


Download 370,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish