4-§ “Alpomish” dostoni va “Robin Gud” balladasida jang motivi tasviridan misollar
“Alpomish” dostoni va “Robin Gud” balladasi shu qadar ulkan mahorat bilan yaratilganki, har ikki asarda ham bosh qahramonning boshqa epizod va qahramonlarga nisbatan ruhiy va jismoniy jihatdan eng kuchli, barkamol va mard ekanligini koʻrish mumkin. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida bu kabi badiiy qahramonlar ishtirokidagi jang tasvirlarini boʻrttirib koʻrsatish odatiy holga aylangan. Ingliz folklorida esa koʻproq reallikka etibor qaratiladi. Masalan, Alpomish dostonida, Alpomish oʻzining doʻsti Qorajon bilan uchrashuv sahnasida ular bir birlarini quchganda Qorajonning qovurgʻalari sinib ketadi, bu bosh qahramon Alpomishning naqadar kuchli ekanligini koʻrsatadi. Yoki Alpomish kamondan oʻq uzganda Asqar togʻining bir tomoni qulab tushadi. Aslini olib qaraganda, kamondan oʻq uzish orqali bir togʻni yiqitish imkonsiz, ammo bu kabi goʻzal mubolagʻalar tinglovchini Alpomishning kuch qudratiga ishontirib qoʻyadi.
Olishsang, sinaysan oʻzing holingni,
O‘z joningga sen qilmagin zulmni.
Bir arosat bunda maydon boʻladi,
Turgan barcha tomoshani koʻradi,
Kimning kuni bitsa, bunda oʻladi,
Qolgan odam boyning qizin oladi.
Oʻzbek folklorida raqibini magʻlub qilish oldidan ogohlantirish usuli ham doimiy ravishda qoʻllaniladi. Bu bosh qahramonning naqadar mard ekanligini koʻrsatadi.
Bu soʻzni Alpomish aytib turadi,
Achchiqlanib bul Koʻkaldosh turadi,
Chechinib, shu zamon belini boʻg‘ib,
Minorday boʻp bu maydonga kiradi.
Koʻrgan odam bari hayron qoladi,
Biz bilmaymiz qanday zamon boʻladi.
Ikkovi maydonda aylanib turdi,
Tomoshamon koʻz yubortib tikildi.
Hamma bu alplarga tiklab turadi,
Sherday qaysar qoʻl bulg‘ashib keladi,
Tuproqlar changiydi, toʻzang boʻladi,
Ikkovi kep belma-bel boʻp oladi,
Belma-bel olishsa ayrit boʻladi,
Zoʻr deganing ma’lum boʻlib qoladi.
Ingliz folklorida uchraydigan jang tasviriga keladigan boʻlsak "Robin Gud" balladasida barmoq vazni ya'ni sheʼriy usul emas aksincha nasrdan keng foydalanilganini koʻrish mumkin.
5-§Xulosa.
Xulosa qilib aytganda har ikki xalq ogʻzaki ijodi namunalari ham goʻzal oʻxshatish va metaforalarga boy hisoblanib, xalqning tarixi, asriy an'analari hamda urf odatlarini chuqur tasvirlaydi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida jang sahnasini she'riy usulda barmoq vaznidan foydalanib tasvirlash keng yoyilgan boʻlsa, ingliz xalq ogʻzaki ijodidagi Robin Gud balladasida nasrdan foydalanib tasvirlangan. Ammo shuni e'tiborga olish kerakki, har ikki xalqda ham maqsad va gʻoyaviy mushtaraklik bir xil boʻlib, bu xalq ogʻzaki ijodining eng oʻxshash jihati hisoblanadi. Og‘zaki va yozma adabiyotlaming oʻzaro ta’siri va hamkorligi barcha xalqlarning adabiyotlariga xos hodisa boʻlib, oʻsha adabiyotlaming shakllanishi va yuksalishini ta’minlashda, ularda xalqchil realistik tasvirning tantana qilishida, yangi obrazlar, yangi mavzular, yangi motivlar, yangi shakllar va xalqona ruhni ta’minlovchi obrazlilik va ifodaviy vositalar hisobiga toʻlisha borishiga, shuningdek, folklor va yozma adabiyotga xos janrlarning oʻzaro sintezlashuvi asosida badiiy ertak va uning xilma-xil ichki koʻrinishlari (ertak-drama, ertak-qissa, ertak-roman, ertak-opera)ning yuzaga kelishida, barmoq she’r tizimining yozma adabiyot arsenaliga oʻtib, barqarorlashuvida muhim rol oʻynab kelmoqda. Folklor asarlarining ogʻzaki yaratilishi va ogʻzaki ijro etilishi ularning oʻzgarmas barqaror shakllari – an'analarni yuzaga keltirgan. Masalan, qahramonlik ertak va dostonlari oʻrtasida janr e'tibori bilan ma'lum darajada tafovut mavjud boʻlsa ham, badiiy uslub an'anaviy shaklga ega. Folklorning ushbu har ikki janrida ham kompozistiya an'anaviy boshlama, syujet bayoni va tugallanmadan iborat boʻlib, obrazlar kontrast tarzda ifodalanadi. Lof va askiya kabilar, asosan oʻzbek folkloriga xos janrlardir. Ingliz mifologiyasi Angliyada bir necha asrlar davomida shakllangan xalq an’anasidir. Ba’zi hikoyalar ularning ildizlariga borib taqaladi, boshqalarning kelib chiqishi noaniq yoki bahsli. Angliya an’anaviy Robin Gud ertaklari, Britonlardan ilhomlangan Arturiya afsonasi kabi ravshan koʻrinishlardan tortib, zamonaviy shahar afsonalari va Bodmin Mur hayvoni kabi yirtqich hayvonlargacha boʻlgan barcha shakllarda folklorga boy. Morris raqsi va Abbots Bromley Horn Dance kabi amaliyotlar, Mummers Plays singari eski ingliz xalq an'analarini saqlab qoladi. Pub nomlari xalq an’analarini saqlab qolishi mumkin. Xalq og‘zaki ijodining koʻplab janrlarida, jumladan, xalq ertaklarida, tarixiy va lirik qoʻshiqlarda ham voqelik, ham bosh qahramon real tarzda ifodalanadi. Koʻpgina folklor janrlaridagi asarlarda qahramonni badiiy tasvirlash tamoyillari mavjud umumiy. Xalq ideal fazilatlarga ega boʻlgan, ommaga ergashadigan qahramonnigina tan oladi. Shuning uchun ham folklordagi qahramonlar beqiyos ideallashtirilgan. Xalq og‘zaki ijodida ijobiy qahramon koʻrsatilmaydi psixologik xususiyatlar yozma adabiyotdagi kabi, lekin hayotining alohida sahnalarida, uning xatti-harakati, harakatlari va tadbirlar orqali ifodalanadi. Insoniyat tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab nafaqat oʻzining yashashi, balki uzoq umr koʻrishi uchun ham kurashgan shaxslar, ularning qabilasi ham tasvirlanadii. Binobarin, alla, axlat, ertak va topishmoqlar mazmuni, avvalambor, ongli, kuchli, epchil va epchil inson tarbiyasi. Odamlarning atrofdagi dunyo haqidagi tasavvurlari va toʻplangan bu haqdagi bilimlar, hikmatli gaplar va hayotiy tajribaga asoslangan xulosalar bolalarga yetkaziladi. ularga tushunarli tarzda aniq maslahatlar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodida juda koʻp umumiylik mavjud turli xalqlar, hatto bir-biridan juda uzoq mamlakatlarda ham mavjuddir, aynan shu sababli ham hech ikkilanmay, oʻzbek va ingliz folklorida oʻxshash jihatlar koʻp ekanligini baralla ayta olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |