Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Sport gimnastikasida ushbu muammolar holatini tahlil qilib, u hali ilmiy jihatdan yotarlicha to‘liq o‘rganilmaganligini ko‘rish mumkin.Hozirgi kungacha asosoiy e’tibor faqat texnik tayyorgarlik muammolarigaqaratilgan edi. Bazaviy tayyorgarlik davridagi yosh ginastikachilarning istiqbolili mezonlari hamda 5-7 yoshli bolalar organizm tizimlarini murakkab koordinatsiyali va katta mehnat ta’lab qiladigan mashqlarga, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari mazmunidan kelib chiqib bajarishga moslashtirish, shu jumladan gimnastika ko‘pkurashi turlarida yoshni, bolalarning funksional hususiyatlar va harakat tayyorgarlik darajasini hisobga olib mashg‘ulotlarning oddiy vositalarini taqsimlashmuammolari yotarlicha o‘rganilmagan (4,6,7,10,11,15,16,18,19,21,23, 24,28,30,31,32,3.4,35, 36).
Ayni vaqtda mavjud bo‘lgan BO‘SM va MBO‘OZSMlar uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlar gimnastika bilan shug‘ullanishni 6-7 yoshdan boshlashni nazarda tutadi. Bir vaqtning o‘zida, amaliyotda boshlang‘ich tayyorgarlik 5-6 yoshdan, alohida holatlarda esa 4 yoshdan ham boshlanishini ko‘rish mumkin. Bir – ikki yosh farq, bolaning biologik rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘pgina murabbiylar bunga hali tayyor emasligi ma’lum bo‘lmoqda. Albatta, shuning uchun mashg‘ulotlar samaradorligi past darajada va boshlang‘ich va maxsuslashtirilgan tayyorgarlik guruhlaridan 95% gacha mashg‘ulotldarni tark etish holatlari, ya’ni mutaxassislikka tanlash uchrab turibdi.
O‘rganilayotgan muammolarga yechim topish maqsadida olib borilayotgan ko‘p yillik izlanishlar davomida, sport gimnastikasini ommaviy rivojlantirish masalalari bo‘yicha maxsus adabiyotlar va mashg‘ulot amaliyotida bolalar va o‘smirlar sporti nazariyasi va uslubiyati mutaxassislari oldiga o‘z yechimini tezroq topishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar qo‘yildi, aynan quyidagilar:
uning barcha ko‘rinishlarida funksional, jismoniy va maxsus-harakat tayyorgarlik tizimlarini aniq tuzib chiqish;
umumiy va maxsus-jismoniy tayyorgarlik vositalarining eng optimal nisbatini topish, me’yoriy ko‘rsatkichlarga o‘zgartirishlar, ya’ni tuzatishlar kiritish va ularni funksional sxema hamda boshlang‘ich tayyorgarlik boshqichida bolalar organizmi tizimlarini moslashtirish jarayoni bilan uyg‘unlashtirish;
-gimnastikachilarning ta’lim yillari bo‘yicha yagona funksional, jismoniy va texnik tayyorgarlik dasturi realizatsiya shakli bo‘lib qolishi kerak.
Yuqorida keltirilgan yosh gimnstikachilar bilan ish olib borish jarayonlarini sustligi, shug‘ullanishni erta yoshdan boshlanayotganligini hisobga olib MBO‘OZSMda gimnastika bo‘yicha boshlang‘ich ta’lim bosqichiga eng qulay va ilmiy asoslangan mashg‘ulot jarayonlarini kiritish hozirgi kunga kelib dolzarb hisoblanib qolmoqda.
Bundan tashqari, ushbu muammolarning dolzarbligi bir tomondan yuqorida bayon etilganidek gimnastikaning sport turlarida o‘z-o‘zidan muhim bo‘lgan jahon birinchiliklarida ishtirok etuvchilar yoshining “yosharganligi”, boshqa tomondan esa – bola organizmining jismoniy, maxsus-harakat va funksional imkoniyatlarini yuqori natijalarga erishishning barcha jarayonlarida jadallashib borayotganligidadir.
Tanlash va oriyentatsiya masalalari,jismoniy jismoniy tayyorgarlik turlarining darajasini baholash, ekstremal holatlar xarakterli bo‘lgan sport turlari uchun ko‘proq dolzarbdir, jumladan xarakatlanishning murakkab koordinatsiyali sport turlarida ham. Sportiv tanlash kriteriyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning boshlang‘ich bosqichida, gimnastlarning maxsus qobilyatlariga, trenirovka jarayoni mazmuniga va tadqiqot tizimiga kompleks yondashuv bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi (6,11,16,17,18,19,24,26,27,31,32,33,34,35,36).
Mazkur muammo holatini bu sport turida taxlil qilish, uning to‘liq ilmiy ishlab chiqilmagandan dalolat beradi. Shu bugungacha, asosiy e’tibor maxsus – texnik tayyorgarlikka qaratildi. Bazaviy tayyorgarlik davrida, trenirovka mazmuni, shuningdek gimnastik ko‘pkurash turlarida tayyorgarlik vositalarni taqsimlashda yosh gimnastikachilarning istiqbolli mezoni to‘liq tadqiq etilmagan.
Shu bilan bog‘liq holda, mazkur ishning maqsadi, ko‘pkurash turlarida gimnastika vositalarini taqsimlash va strukturani pedagogik baholash asosida, 5-8 yosh bolalarni trenirovka jarayonini ratsional qurishni tajribaviy asoslash va ishlab chiqish bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |