4. Amaliyotni tashkil qilish
Malakaviy amaliyot (o‘quv-tanishuv) kasbiy faoliyatga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda uyushtiriladi va talabalar tomonidan tarix mutaxassisi saviyasi talablariga mos kasbiy faoliyatni egallashlarining uzluksizligi va ketma-ketligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Malakaviy amaliyot (o‘quv-tanishuv)ga umumiy rahbarlikni Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori buyrug‘i bilan tayinlangan Ijtimoiy fanlar kafedrasi malakaviy amaliyot rahbari amalga oshiradi. Shu buyruq bilan amaliyotchi-talabalar guruh rahbarlari hamda dasturning bo‘limlari bo‘yicha maslahatchi (konsultant)lar tayinlanadi. Mahalla fuqarolar yig`ini raisi, uning o‘rinbosari yoki yetakchi mutaxassislardan biri amaliyot o‘tkazilayotgan mahalla muassasalarida umumiy rahbarlikni amalga oshiradilar.
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 60112100 – Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan malakaviy amaliyot 2-semestrda 2-hafta davomiyligida o‘tkaziladi.
5. Amaliyotchi-talabaning huquq va majburiyatlari
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida malakaviy amaliyotni o‘tish davrida talabaning majburiyatlari:
- mahallaning ichki tartib-qoidalariga, mahalla raisi, uning o‘rinbosarlari, amaliyot rahbarlari farmoyishlariga bo‘yinsinish;
- talaba o‘zining bajaradigan ishi va uning natijalari uchun mahalla xodimlari singari bir xil javobgar;
- mehnat intizomiga rioya qilish;
- malakaviy amaliyot rejasida nazarda tutilgan vazifalarni to‘liq bajarish;
- talaba har kuni barcha turdagi faoliyatga (muloqotlarni kuzatish, tadbirlarda qatnashish, tarbiyaviy va ommaviy-sport tadbirlarini o‘tkazish, hujjatlarni yozish, mahallaga yordam ko‘rsatish va boshqalar) kuniga kamida 6 soat sarflashga majbur.
Talabaning huquqlari:
- talaba mahalla sharoiti va imkoniyatidan kelib chiqib, mazkur rejaga mos holda, malakaviy amaliyot davri uchun individual ish rejasini mustaqil tuzishi;
- o‘quv-tarbiyaviy va sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil qilib o‘tkazishda ijodiy yondoshuv va tashabbuskorlikni namoyon qilishi;
- guruh rahbaridan, mahalla mutaxassislaridan pedagogika va psixologiya hamda mutaxasis uslubchilardan maslahatlar olishi;
- jismoniy tarbiya bo‘yicha tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar shakllari, turlari va mavzularini mustaqil tanlashi;
- talabaning ishi qoniqarsiz deb topilganda o‘quv mashg‘ulotlaridan ajralmagan holda malakaviy amaliyotni qaytadan o‘tish uchun dekanga murojaat qilishi;
- qo‘yilgan bahosidan norozi bo‘lganda dekanatga shikoyat qilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |