3. Amaliyot bazalari
Yetarlicha moddiy-texnik ta’minotga va yuqori malakali pedagogik kadrlarga ega bo‘lgan turli turdagi mahalla fuqarolar yig`inlari 1-kurslar talabalarining malakaviy amaliyoti (o‘quv-tanishuv) bazalari hisoblanadi.
Izoh. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishining DTS va Malaka talablariga muvofiq:
60112100- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrning kasbiy faoliyatlari tavsifi
60112100- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
60112100-Milliy goya, ma’naviyat asoslari va hukuq ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining ob’ektlari:
ma’naviyat targ‘ibot markazi; milliy mafkura ilmiy-amaliy markazi; mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida; huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar va yoshlar guruxining huquqbuzarliklar buyicha profilaktika mutaxasis, ma’naviy- axloqiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga doir faoliyat jarayonlari.
60112100-Milliy goya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
pedagogik;
ilmiy-tadqiqot;
ma’naviy-ma’rifiy;
tashkiliy-boshqaruv:
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:
mahallalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha individual suhbat o‘tkazish belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.12.2021 yildagi PQ-31-son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 19.01.2022 yildagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 117-son “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi lavozimlarining ish tizimini o‘rganish malaka talablarida alohida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |