Tarjimada:
Bir kuni dunyoda mavjud bo`lgan hamma hayvonlarni bir kunning o`zida mehmon qilmoqchi bo`lganini jar qildi, ammo yemakni hozirlaganda dengizning tagidan allaqanday bir katta Alphayvon suzib chiqdi va hamma ovqatni uch yutishda tamom qildi.4
Mazkur misolda leksik transformatsiyaning o`rin almashtirish turidan foydalanilgan. “Feed” so`zining tarjimasi “ovqatlantirmoq” bo`lib, tarjimada
1 www.kiplingsociety.co.uk
2 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.37.
3 www.kiplingsociety.co.uk
4 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
“mehmon qilmoqchi”so`zi bilan almashtirilgan. Shuningdek, “animal” so`zini tarjima qilishda mutarjim umumiy kontekstdan kelib chiqqan holda kitobxonda yetarlicha tasavvur uyg`otish maqsadida “Alphayvon” shaklida bergan va katta so`zini qo`shgan. “3 yutish orqali tamom qildi” deya bahaybat hayvonligini yana bir bor ta’kidlagan. Chunki alp qahramon, bahodir degan ma’noni anglatadi.
Asliyatda:
Some of the wives were nice, but some were simply horrid…1
Tarjimada:
Ularning birlari chiroyli, birlari xunuk edi.2
Leksik transformatsiyadan foydalanilgan bo`lib, “nice” va “horrid” garchi o`zbek tilida “yaxshi” va “yomon” ma’nolarini bildirsada, bu so`zlar o`rnida boshqa so`zlar “chiroyli”, “xunuk” so`zlari qo`llanilgan. Bu leksik transformatsiyaning kompensatsiya usulidir. Ingliz tilidagi matnda berilgan “some of the wives” – “ayollarning ba’zilari” deb tarjima qilinadi. Lekin tarjimon ayollar haqidagi konkret ma’noni umumiylashtirib, “ularning” so`zi orqali ifodalagan va gap umuman inson zotiga taalluqli bo`lib qolgan.
Yuqorida biz nasriy asarlarda qo`llanilgan leksik transformatsiyalarni aniqlab izohlashga harakat qildik. Quyida nazmiy asarda qo’llanilgan leksik tranformatsiyalarni aniqlashga urinib ko`ramiz.
Hozirgi davr shoiri va tarjimoni H. Jeyn ta’kidlashicha, so`zma-so`z tarjima qilish tarjima emas, ohangdoshlik xususiyatinini qayta yaratishga urinish tarjimashunoslik emas, asl ma’noni oddiygina yetkazib berish ham tarjimahunoslik emas. 3 Darhaqiqat, ma’lum bir tilda yaratilgan she’riy asarni boshqa bir tilda uning bor mazmun-mohiyati-yu hissiyotini saqlagagan holda yaratish o`ta mushkul vazifa sanaladi. Mutarjim turli vositalar yordamida asliyatdagiga o`xshash natijani yaratishi mumkin, lekin aynan asliyatdagi asarni yaratish imkonsizdir: chunki tarjimashunoslik bu analogiya san’ati va
1 www.kiplingsociety.co.uk
2 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.37.
3
muvofiqlikni topish san’ati. Quyida Alan Milnning qalamiga mansub “Qirolning saryog`li noni haqida” (“The King’s Breakfast”) asarini tahlil qilar ekanmiz, lekik transformatsiyadan keng foydalanilganligini ko`ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |