Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti kafedrasi


I. Kommunikativ kompetensiya va uning chet tilini o’qitishda muhim roli



Download 51,3 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi51,3 Kb.
#309591
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Beknazarov Azizbek

I. Kommunikativ kompetensiya va uning chet tilini o’qitishda muhim roli.

Maqsad  deganda,  chet  tili  va  uning  sohibi  madaniyatini o‘rgatish va o‘rganishning  ongli  tarzda  rejalashtirilgan  natijasi  ko‘zda  tutiladi.  O‘qitish  sharoitidan kelib  chiqib,  muayyan  maqsad  qo‘yiladi.  Sharoit  tushunchasi qamroviga  o‘quvmuassasasi  turi  (maktab),  o‘quvchining  psixologik  (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi. 

Uzluksiz ta’lim tizimida  tillarni o‘rgatish-o‘rganishga alohida e’tibor beriladi.  
Zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  va  axborot  texnologiyalari  taraqqiyoti sharoitida chet til o‘rganishga extiyoj kuchaydi. Madaniyatlararo muloqot vositasi  sifatida 
chet til o‘rganish davr talabiga aylandi. 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  qabul  qilgan "Chet tillarni o‘rganish tiziminiyanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida" PK-1875-sonli qarori qabul qilindi. 
Darhaqiqat,bugungi taraqqiyot har bir o’qituvchidan o’ziga xos ijodkorlik,malaka va tajribani taqazo etmoqda..

Qarori bu sohaning istiqbolini belgilovchi davlat hujjatidir. Qarorga ko‘ra chet tilni barcha umumiy o‘rta ta’lim  maktabining 1sinfidan boshlab ommaviy 


tarzda o‘rganish joriy etildi. Chet  tilida  nutqiy  faoliyat yuritish  o‘quvchi shaxsinishakllantirishga  yo‘naltiriladi,  ya’ni  o‘rganilayotgan  til  sohibi yaratgan madaniymerosni o‘zlashtirishga  erishiladi.  Tinglab  tushunish,  gapirish,  o‘qish,  
yozuv  jarayonida  o‘quvchi  oldin  egallagan  ijtimoiy,  madaniy,  lisoniy,  
emotsional  tajribasini boyitadi.  Muloqotdosh  (kommunikant)larning  bir-birini  tushunishlari  chet  tilini  bilishning asosiy mezoni hisoblanadi.  
Ta’lim  tizimidagi  boshqa  fanlardan  chet  tilning  farqi bir paytning o‘zida, uningham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Chet tilda  
nutqiy  malakalar  (tinglab  tushunish,  gapirish,  o‘qish,  yozuv)ni  egallash 
ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga, o‘rganilayotgan til yangi va foydaliaxborot  (informatsiya)  olish,  yetkazish  vositasi  maqomini  ham  oladi.

O‘quvchi  (écolier) faqat  muloqotdosh  sifatida  emas,  balki  axborot  sohibi 


(kognizant) maqomida o‘rganilayotgan tildan foydalanadi. Tilni o‘rganish chog‘idao‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari(kompetensiyasi)ni  oshirish  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  Kommunikativ faoliyat 
ko‘rsatish,  shaxsga  yo‘naltirilgan,  kompetensiyani  egallashga  mo‘ljallangan integrativ  yondashuv  asosida  chet  til  o‘rgatiladi.  
Chet  til  ta’limida kommunikativ  kumulyativ  metod  tatbiq  etiladi. 
Xorijiy G‘arblingvodidaktikasi  istilohida buni madaniyatlararo muloqot yo‘nalishinomi bilanyuritiladi. Kognitologiya, konseptologiya, lingvokulurologiya va boshqazamonaviy  fanlarning so‘nggi yutuqlari asosida mazkur metodik nazariya 
shakllangan va keng ko‘lamdajoriy etilmoqda.  Chet  tili  va  madaniyat  yaxlit  
(integratsiyalashgan)  holda  o‘rgatiladi. Madaniyat, bu o‘rinda inson fikri va 
faoliyati hosilasi tushunchasini ifodalaydi. Chet tilida o‘rganiladigan lisoniy (leksikgrammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan  va nutqiy  jarayon  (diskurs)da  ularga  o‘quvchi  e’tibori  qaratiladi. Mazkur  metodikqoida  doirasida  chet  til  o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi.

O‘qitish  mazmuni  jahonda  e’tirof  etilgan  didaktik  ta’limotga  binoan  bilim, 


ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilini amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy  bilimlar  umuman bayon etilmaydi.  Bilim til materialini bilish (ko‘nikma)va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tushuntirish,  ya’ni  xatolarning  oldini  olishga  qaratilgan  ko‘rsatma  ma’nosini 
bildiradi.  Ko‘nikma  tarkibiga  kiradigan  amaliy  qoida  ona  tili  va  chet  tilda 
farqlanadigan  yoki  til  ichki  interferensiyasini  keltirib  chiqaradshn  chet  til hodisalari bo‘yicha beriladi (masalan: artikl (ona tilida yo‘q), otning ko‘plik shakli 
(birlik  shakli  leksik birlik  hisoblanadi) yoki fransuz tilidagi otning ko‘plik shakli, qaratqich kelishigi, fe’lning sodda hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shakli  (har  uchalasi  [z],  [s],  [iz]  qabilida  talaffuz etiladi va  til ichki  interferensiyasiga sabab bo‘ladi).

O‘qitish mazmuni komponentlaridan til materiali o‘rganilmish chet til sistemasidan minimum sifatida tanlanadi (o‘quvchi  uchun  u  lisoniy  maksimum  hisoblanadi). Minimum  til  o‘rgatish  uchun  zarur  va  yetarli  bo‘lmog‘i  kerak. 


Tanlangan  minimumdagi  lisoniy  birliklarni  o‘zlashtirishda  qiyinchilik 
tug‘diradigan  qismigina  til  materialining  o‘rgatish  mazmunini  tashkil etadi va 
o‘quv dasturidano‘rin oladi.

Chet til o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir:

1) nutq mavzulari;

2) ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar;

3) til materiali.

O‘qitish  mazmuni  mavjud  sharoitga  ko‘ra,  jumladan,  o‘quv  predmetiga 


ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi.  Boshlang’ich sinflarda chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:

I sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yiliga 66 soat).

II sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yiliga 68 soat).

Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabida  chet  til  o‘qitish  sharoitini  hisobga  olgan

Holda  "Chet tilni egallash  darajalarining  yevropa  sistemasi"dagi  tilni  elementar(Basic user) darajada o‘rganish – o‘rgatish tavsiyasiga binoan I - IV sinflarda 
A1"Chet  tilini    o‘rganishning  boshlang‘ich  darajasi"  (Breakthrough/Survival  
level),V_IXsinflarda A2 "Chet til egallashning tayanch darajasi" (Wastage  level)  ma’qul topildi.  1 sinfda xorijiy til darsi. Fan kabenitida bolalar diqqat  e’tiborini 
televizor,  kompyuter  va  videoproyektor  o‘ziga  jalb  qilib  turadi. Turli oilaviy  
sharoitda tug‘ulib,  ongi  shakllanayotgan  bolalarning  biri  juda  ziyrak, ikkinchisio‘rta darajada, uchunchisi esa qayta  qayta  tushuntirgachgina  qabul  qiladi.  Qaysi o‘quvchi  qanday  bo‘lmasin,  darsda  har  biriga  o‘tiladigan  mavzuga  oid  bilim  va  tushunchaberish kerak.“Hirondelle”  darsligida  bolaning  yosh  xususiyatlari  
inobatga  olingan.O‘qituvchilar bu o‘quv adabiyotidan amaliyotda unumli foydalanmoqdalar. Darsda ko‘proq o‘yin va muloqot muhitini yaratish kerak. Chunki endi maktabga chiqqan  10  bolada  o‘ynashga,  o‘yinchoqlar  olamiga, narsabuyumlarnio‘z  tasavvuri  asosida  bo’yashgamoyillik kuchli bo‘ladi.

Xalq talimi vazirligi huzuridagi mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirishmarkazida yaratilgan  elektron  manbalarni  namoyish etganda, o‘quvchilar yanada jonlanadi. Buning afzal tomoni shundaki bola slayd orqali nafaqat buyum vanarsani  ko‘rib, tasavvuri boyiydi, balki fransuzcha talaffuz  ko‘nikmasi  ham  hosilqilinadi. Xorijiy  tilni o‘rganishda eng  muhim  komponent tinglash, talaffuz qilish,o‘qish  yozish  hisobladi.  Agar  bola  tog‘ri talaffuz qilishni o‘rgansa, yozish 


malakasini ham oson egallaydi. Bir – biriga uzviy  bog‘liq bu jarayonlarga dars o‘tishda e’tibor berilishi kerak. Bolaga o‘z  ona  tili  bilan  bir  vaqtda chet  
tilini ham  o‘rgatish  katta mehnat  talab qiladi. Har bir ta’lim dargohi bu jarayongaan’anaviy va noan’anaviy tarzda yondashadi. Natija esa yillar o‘tib ma’lum
bo‘ladi. Tinglash, gapirish va o‘qish – yozish.
Xorijiy tilni o‘rgatishdao‘quvchilarda ushbu malakalarni shakllantirishga alohida 
e’tibor zarur. Mana  mustaqillika erishganimizga  ham 24  yil  bo‘ldi. Shu  yillar ichida har  birsohada  ulkan  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bugungi  kunda 
mamlakatimiz ta’lim tizimida  amalda  bo‘lgan  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  kadrlar  “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturiga muvofiq ta’lim mazmunini o‘quv va dasturlar asosida loyihalashtirishga yangicha yondashish, tashkil  etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Til odamlaring bir  birlari bila muomilada bo‘lishi uchun yordam beradigan  eng  muhim  vosita  hisoblanadi. Odamlar  til vositasida  o‘z fikrlarini,  his tuyg‘ularini  ifodalaydilar.  Insoniyat  jamiyatning  shakllanishida  tilning  roli  biqiyosdir.


Til paydo bulgandan  jamiyat  tez  rivojlana  boshlagan.  Tilsiz  jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi,  ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jasmiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari 
yordamida shakllanib, rivojlanib boradi.

Chet tillarini samarali o‘rganish, yangi lug‘at boyligini yanada osonroq o‘zlashtirish masalasi ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsada, doim dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Bugungi jahon glaballashuvi davrida zamon talabi bilan mazkur masalaga bunday yondashilishi albatta tabiiy holdir. Ko‘pincha chet tilini o‘rganishda bilingval ta’limni tashkil etilishi bir necha chet tillarini chuqurlashtirib o‘rganishga imkon beradi.Ba’zan chet tillarini o‘rganishga ajratilgan dars soatlari va maxsus darsliklar soni darsni o‘zlashtirishga yetarli darajada bo‘lmasligi muammolariga duch kelinadi. Mazkur muammolar yechimini topishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) va Internet tarmog‘idagi resurslar muhim o‘rin tutadi. O‘quvchi-yoshlarning darsga qiziqishini oshirishda AKT 1va Internet tarmog‘idagi resurslar ta’lim samarasini va shu jumladan, til o‘rganishga motivatsiyani oshiruvchi omil bo‘la oladi. AKT vosi­tasida o‘qituvchi o‘z xususiy elektron ta’limiy resurslarini yaratib borishi imkoniyati mazkur soha rivojida muhim ahamiyatga molik.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, agar o‘quvchi o‘z ona tilini yaxshi bilsa, qonun-qoidalariga amal qilish malakasiga ega bo‘lsa, uning mavjud lingvistik tajribasi boshqa chet tilini o‘zlashtirishiga ham zamin bo‘ladi. Tilning grammatik tushunchalarini va atamalarini tezroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Shu tariqa, tillararo o‘xshashlik va farq qiluvchi omillarini o‘rganib, boshqa tilni oson o‘zlashtiradi. Fonetik, leksik, grammatik darajada til hodisalarini solishtirish lingvistika sohasini boyituvchi material beradi. Shu boisdan, tillararo qiyosiy tahlil muhim ahamiyatga molik. Bu chet tili­dagi yangi materialni shunchaki o‘zlashtirishgina emas, balki unga o‘quvchi-talabalarda alohida qiziqish bilan yondashuvni ham ta’minlaydi. Agar o‘quvchi bir tilning qoidalari va asosiy tushunchalarini yaxshi bilsa, boshqa tilni ham o‘rgana olishiga ishonch bilan qaraydi. Shaxsning lingvistik bilimlarni egallab borayotganligi go‘yo ilmiy yangiliklarni o‘z ongida kashf etib borayotgandek, ham qizi­qarli, ham yanada ko‘proq bilish motivatsiyasini kuchaytiradi.

Bu borada dars jarayonida o‘qituvchi tillar orasidagi farqlar va o‘xshashliklarni tushuntirib borishi ham katta ahamiyatli o‘rin tutadi, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan, elektron resurslardan foydalanib, dars o‘tilishi o‘quvchi-talabalarga darsni oson o‘zlashtirish va tilning leksik hamda grammatik hodi­salarini qiyosiy o‘rganib, turli mashqlarni bajarishda katta imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, keyingi davrlarda ko‘payib borayotgan til o‘rganishga oid maxsus saytlar nafaqat murakkab va zerikarli bo‘lgan til o‘rganish — leksik birliklarni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi, balki mazkur resurslar yordamida ko‘ngilochar o‘yinli mashqlarni zavqlanib bajarish bilan ma’lum ma’noda ma’naviy oziqa, qolaversa, dam olish imkonini yaratishiga ham e’tibor qara­tish zarur. Bunday elektron lug‘atlarga www.lingualeo.ru va boshqalar misol bo‘la oladi. Shu bilan birga, bunday lug‘atdagi har bir so‘z foydalanuvchiga ko‘p bor qayta taqdim etilisi mumkin, bu esa uni o‘zlashtirishda mazkur so‘zning to‘g‘ri yozilishi, tilda so‘zlashuvchi xalq vakillari tomonidan leksik talaffuzi xotirada mustahkam joylashib, matnlarni tarjima qilishda qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

Ma’lumki, zamonaviy yoshlar o‘z davrining madaniyati vakil­lari bo‘lib, ularga ko‘proq vizual obrazlar ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha aytganda, material an’anaviy usulda emas, balki audiovizual vositalar yordamida yanada tezroq va samarali o‘zlashtiriladi. Masalan, tilda so‘zlashuvchi mamlakat haqidagi mavzu odatda, an’anaviy usulda bir necha rasmlardan iborat matndan foydalanib, o‘qitilgan. Ushbu usul doim ham kutilgan natijani bermagan. Zamonaviy ta’lim usullarida esa mazkur muammoni hal etishga o‘zining autentikligi, ko‘rgazmaliligi va interaktivlik baxsh etuvchi Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlar, filmlar, slayd-shou, shuningdek, virtual sayohatlar, internet-saytlar yordam beradi. AKT vositalaridan foydalanib, dars o‘tish jarayonida chet tilida videosujet namoyish etish yanada ko‘proq samarali bo‘ladi. O‘quvchilar zavq bilan tomosha qiladilar va topshiriqlarni qiziqib bajaradilar. Natijada filmlarni o‘z original tilida ko‘rib, tilni o‘zlashtirishlari oson bo‘ladi. Biroq filmlarni to‘liq tomosha qilish juda ko‘p vaqtni olishi, bunga esa darsga ajratilgan vaqt imkoniyati yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ham Internet-resurslaridan uyda ham foydalanib, tarmoqdan foydali axborotlarni olish, masalan: MOOC (Massive Open On-line Courses)ni tavsiya etish mumkin..

Shuni ham unutmaslik kerakki, Internet haqiqiy til muhitini his etishga yordam beradi va uning yordamida tilni o‘rganishga ehti­yoj shakllanadi. Sababi til tashuvchi, ya’ni mazkur tilda so‘zlashuv­chilar bilan muntazam muloqotda bo‘lishga to‘g‘ri kelishi, turli axborotlardan foydalanish, filmlar tomosha qilish, qo‘shiqlarni tushunish istagi paydo bo‘lishi mumkin.

Bularning barchasi o‘quvchi-yoshlarning chet tillarini AKT vosi­tasida o‘rganishga qiziqishlarini oshiradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, chet tili darslarida aktdan ijodiy foydalanish nafaqat o‘quvchilarda o‘qishga qiziqish, fanni o‘rganishga motivatsiyasini oshirish va ayrimlar uchun zerikarli bo‘lgan leksik-grammatik materialni yanada qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berishi, shuningdek, chet tilida o‘zaro muloqot qilish, kommunikativ qobi­liyatlarini rivojlantirishi, bundan tashqari, o‘quv jarayonining reproduktiv faoiyatining ulushini qisqartirishi hamda umuman muhim omil sifatida o‘rin tutishi namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron ta’limiy resurslarning ko‘pchiligi o‘quvchilarning mustaqil bilim egallashiga, malaka orttirishiga, chet tilini yanada chuqurroq o‘rganish uchun intilishni rag‘batlantiradi. Umumta’lim maktabi yoki oliy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin ham o‘z bilim doirasini kengaytirishlarida yordam beradi. Yuqoridagilarni nazarda tutib, har qanday salohiyatli o‘qituvchi chet tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishi, mahorat saboqlari (master classlar) yoki ochiq darslar o‘tishda, albatta, AKT vositasida yanada samaraliroq foydalanishini targ‘ibot qilish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, AKT o‘quvchi-talaba yoshlarni muntazam ravishda bilim va malakalarini oshirishga undovchi muhim omilga aylanadi. Mazkur omil zamon bilan hamqadam, yetuk mutaxassis shaxs sifatida muvaffaqiyatli inson bo‘lishni maqsad qilgan har bir inson uchun juda zarurdir. Ingliz tilida gapirishni o’rganish qiyin, hatto ingliz tilini bir necha yillar davomida o’rgangan kishilar ham tilni gapirishga kelganda ancha qiynalishadi. Ingliz tilini kirish imtihonlaridagi testlardan o’tish uchun, yoki gapirishdan boshqa sabablarga ko’ra o’rgangan kishilar til grammatikasini, qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi mumkin. Ammo bunday o’rganuvchilar uchun ingliz tilida gapirish ko’pincha oson kechmaydi. Ushbu maqolada qanday qilib ingliz tilida ma’lum darajadagi bilimga ega bo’lgan holda tez va ifodali gapirish ko’nikmasini rivojlantirish haqida yozmoqchiman. Fikrimcha, ingliz tili grammatikasidan xabardor bo’lgan, ammo gapirishga qiynaladigan o’rganuvchilarning ko’pchiligi ushbu sohada o’z ko’nikmalarini imkon qadar rivojlantirishni juda xohlashadi.

Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun eng avval talaffuzga e’tibor berishimiz kerak. Agar ingliz tilidagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qila olmasak, nutqimiz boshqalar uchun tushunarsiz bo’lib qolishi mumkin. So’z boyligimizda mavjud bo’lgan barcha ingliz tilidagi so’z va iboralarimizning to’g’ri talaffuzini birma-bir tekshirib, o’rganib chiqishimiz kerak bo’ladi. So’zlarning to’g’ri talaffuzini o’rganish uchun ingliz tili fonetikasini to’liq o’zlashtirishingiz shart emas. Alohida so’zlarning qanday talaffuz qilishinishini bilish uchun lug’atlarda beriladigan so’zlarning transkripsiyasini o’rganib chiqishimiz yetarli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari bugungi kunda internet orqali ingliz tilidagi barcha so’zlarning to’g’ri talaffuzini eshitish orqali o’rganib olishimiz mumkin.

Misol uchun saytiga kirib, istalgan ingliz tilidagi so’zni qidirsangiz, so’z ma’nosi bilan bir qatorda so’zning to’g’ri talaffuzini eshitish imkonini beruvchi kichik eshitish belgisi ham ko’rinadi. Bu orqali biz ingliz tilidagi barcha so’zlarning to’g’ri talaffuzini o’rganib olishimiz mumkin.Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan yana bir mashg’ulot – bu ingliz tilidagi nutqni tinglash. Nuqt shaklining qanday bo’lishi ahamiyatsiz – dialog, monolog, qo’shiq, she’r, hikoya, kinofilmdan olingan audio nutq… Muhimi, nutq sof ingliz tilida bo’lishi kerak. Ko’pchincha o’rganuvchilar ingliz tilida gapirishni o’rganish uchun ko’proq o’qish kerakligi haqida bosh qotirishadi.

Ingliz tilidagi matnlarni, kitob va jurnallarni o’qish so’z boyligingizni oshirishda yordam berib, gapirish ko’nikmasining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Lekin hech bir boshqa mashg’ulot gapirish ko’nikmangizni rivojlantirishga tingashdek yaxshi ta’sir ko’rsata olmaydi. Shunday ekan, gapirishni xohlasangiz kitoblarni chetga surib qo’yib ingliz tilidagi nutqni ko’proq tinglashga harakat qiling. Ingliz tilida filmlar ko’ring, qo’shiq, dialog va monologlarni tinglang. Tinglash orqali so’z boyligingizni oshirish bilan bir qatorda, so’zlarning to’g’ri talaffuzini ham o’rganib olasiz.Ingliz tilidagi matnlarni ovoz chiqargan holda o’qing. Kimgadir ingliz tilida hikoya o’qib bering. Kitoblarda berilgan ingliz tilidagi she’rlarni ifodali o’qishga harakat qiling. Umuman, ingliz tilida gapirishni o’rganish uchun kitobni shunchaki o’qish bilan cheklanib qolmasdan, o’qish jarayonida nutqingizni ham ishga soling. Ingliz tilida gapirish jarayonida asosan ikki turdagi qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin:
Aqliy qiyinchilik: qaysi so’z yoki iborani aytishni o’ylab qolish;
Jismoniy qiyinchilik: so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish.
Matnlarni ovoz chiqarib o’qish ikkinchi turdagi qiyinchilikni birinchi turdagi qiyinchilik haqida o’ylamagan holda yengib o’tishingizda yordam beradi. Bu mashg’ulot lablaringiz va tilingizni ingliz tilini tabiiy tarzda talaffuz qilishga tayyorlaydi. Har bir matnni ikki marta o’qishingizni tavsiya etaman. Birinchi marta o’qishda sekinlik bilan o’qing va so’zlarning to’g’ri talaffuz qilinishiga ahamiyat bering. Bu jarayodan talaffuz qilinishi qiyin tuyulgan so’zlarni alohida belgilab ketishingiz ham mumkin. Ikkinchi marta o’qishda esa matnni tabiiy tezlikda, huddi gapirayotganingizdek o’qishga, shu bilan bir qatorda so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga harakat qiling.


Download 51,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish