Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi


Ped amaliyotda harakatli o’yinlar tasnifi



Download 47,58 Kb.
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi47,58 Kb.
#238144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Hamroyeva Gòzal

4.Ped amaliyotda harakatli o’yinlar tasnifi.

Kalit so‘zlar Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.

An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin, o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bog‘cha bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya’ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. SHu narsa harakterliki, bog‘cha yoshidagi bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bir nechta o‘yin namunalarini keltiramiz.

O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogic texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogic mahorat talab etadi. . Shunga ko‘ra pedagogic texnologiyada o‘qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogic texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.

Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogic texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq deb o‘ylayman

O‘qituvchining innovatsion fO‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitiaoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.

O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.

Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.

Muloqotning yangi vaziyati5 - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.

Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.

O‘qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.

Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;

(o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).

Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:

ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.

bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;

mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi

Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.

Maqbullik me'yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.

Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.

Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.

V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;

kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;

yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.

Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.

V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:

shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;

kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;

kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy

bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.

“SO‘Z VA HODISALARNI ESLASh” ta'limiy o‘yini

Sinf o‘quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so‘z tanlaydi.

1. Daraxt, paxta so‘zi bilan o‘yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do‘mbira, doira, dolana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi "d", "p" hartlari bilan boshlanadigan so‘zlar topiladi.

2. Daraxt, paxta so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga da-, pax- bo‘g‘in qo‘shib so‘z hosil qilis: dali,dada paxtakor paxtazor.....

3. Berilgan so‘zlarga ohangdosh so‘zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt, karaxt kabi.

4. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha so‘zlarni eslash: paxta, momiq, chigit, shona, g‘o‘za, ko‘sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz

5. Berilgan so‘zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar

6. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht to‘qishga harakat qilish.



"TOPOG‘ON" o‘yini.

1. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong‘oq;

2. Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;

3. Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;

4. Ovchi. Muzqaymoq, bo‘ri, hayvonot bog‘i, qafas, daraxt:

5. Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.

Berilgan so‘zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.

“BEGONA” o‘yini:

Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi.

Masalan: "O‘gay” "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" begona so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta’lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.

“KIM KO‘P SO‘Z TUZADI” o‘yini6

O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping.

So‘z boshida: ayiq, asal,... .

So‘z orasida : sariq, maktab

So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi.Bolalarning xotira va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga mo‘ljallangan bir nechta mashqlarni quyida keltirib o‘tamiz. O‘quvchilarda bunday qobiliyatlarni rivojlantirilishi o‘quv matnlarini ma’no jihatidan qayta ishlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Matn rejasini tuzish uchun, uning har bir qismidan asosiysini ajrata bilish, assotsiatsiyalarni topish, ularni eslab qolish kerak.

Bunday mashqlarni turli darslarga kiritish mumkin, ular ko‘p vaqtni olmaydi. Lekin ularga shu darsning o‘zida yoki keyingi darsga qaytish lozim bo‘ladi. Bolalar nima o‘ylab topganlarini eslashlari va yana bir marta o‘z javoblarini daftarlariga yozishlari kerak bo‘ladi, xotira shu tarzda rivojlantiriladi.

Holatdan kelib chiqib, bu mashqlarni bajarishda musoboqa elementini kiritish ham mumkin: masalan, kim ko‘p to‘g‘ri javobni keltirdi, kim tog’ri hisobladi va shu kabilar. Buni faqat ehtiyotlik bilan olib borish kerak: oldingi o‘rinda har doimgi bolalar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bolalarni erishgan yutuqlarini taqqoslashga o‘rgating, bolani har bir oldinga qarab siljishini u sezilarli bo‘lmasada qayd eting. Bolalar uchun har doim muvaffaqiyatli holatni tashkil etish lozim.

Darslarda ijobiy emotsional holat – bu yoshdagi bolalarning muvaffaqiyatli ta’lim olishi va rivojlanishidagi asosiy faktorlardan biridir.

Nima nimaga o‘xshaydi” mashqi?

O‘qituvchi doskada 10ta so‘zni yozadi. Bolalarga ularning ma’nosiga bog‘liq so‘zlarni o‘ylab topish vazifasi beriladi.

O‘qituvchi. Chiziqdan yuqoridagi so‘zni o‘qing va bu so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan predmet yoki holatlarni eslang. Masalan, belkurak so‘zini o‘qiganingizdan keyin, u qanday ko‘rinishga egaligini eslang hamda qanday rangda bo‘lishi mumkinligini, nima uchun mo‘jallanganligi haqida o‘ylab ko‘ring. Sizningcha bu so‘zga mos va yaqin bo‘lgan so‘zni tanlang hamda uni chiziq pastidan yozib qo‘ying.

Daftarga yozish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Har bir so‘z juftligi kasr shaklida yoziladi: yuqorida o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan so‘zlar, pastda o‘quvchi tomonidan taklif etilgan so‘zlar. O‘qituvchi bitta so‘z ustida mulohoza yuritadi.

Topshiriq bajarilgandan so‘ng o‘quvchilar o‘zlari bajargan ishlarini o‘qib berishadi, so‘zlar to‘g‘ri topilganligi yuzasidan muhokoma olib boriladi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘ylab topilgan so‘zlarni eslab qolish haqida topshiriqni beradi.

Keyingi darsda o‘quvchilar bu so‘zlarni eslashlari va yana bir marta daftarga yozishlari kerak.

Shifrlangan sonlar” mashqi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga shifrlangan ikki xonali sonlarni yozmasdan turib, shifrini ochishni va eslab qolish haqidagi topshiriqni berdi. Bu mashqni o‘yin sifatida bajarish mumkin.

Doskada shifrlangan son va kalit yoziladi.

VA MK VO KE ST IO

Kalit


0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

M

V

E

K

O

S

I

P

T

O‘qituvchi. Sizlar bilan razvedkachilar o‘yinini o‘ynaymiz, ya’ni biz harflar yordamida berilgan sonlarni shifrini ochishimiz kerak. Razvedkachilarning xotirasi juda yaxshi bo‘lishi lozim. Ular ko‘p narsani xotirasida saqlashi kerak, lekin iloji boricha hech narsa yozmasligi lozim. Agar biror narsa yozish kerak bo‘lsa ham, juda muhim ma’lumotlarni shifrlar orqali ifodalashlari kerak, chunki bu qanaqa ma’lumot ekanligini hech kim bilmasligi lozim. Doskada harflar orqali oltita son yozilgan. Kalit yordamida qanday sonlar yozilganligini toping. Ularni eslab qoling, bu sonlarni yozish mumkin emas.

Bu topshiriqni bajarish uchun bir minut vaqt ajrtiladi. Shundan so‘ng bolalar javob berishadi.

Shu darsning oxirida bolalarga shifrlari ochilgan sonlarni yana bir marotaba eslashni taklif qilinadi.

Eslatma: agar bolalar uchun oltita sonni eslab qolish qiyinlik qilsa, to‘rtta sondan boshlash kerak bo‘ladi.

Shifrni oching va eslab qoling” mashqi.

O‘quvchilarga yettita shifrlangan so‘z va kalit taqdim qilinadi. So‘zlarni shifrini ochish, ularni eslab qolish va ortiqcha so‘zlarni ajratib ko‘rsatish kerak. Bu mashqni ham oldingisi singari o‘yin shaklida o‘tkazish mumkin.

Kalit


0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

I

t

K

Z

R

a

b

o‘

u

Ch



6740

434675

6849

674

183

48925

521290




O‘qituvchi. Hozir biz sizlar bilan yana razvedkachilar o‘yinini o‘ynaymiz. Kalit yordamida so‘zlarni ochishni o‘rganamiz. Bu so‘zlarni o‘qing va eslab qoling. Ularni hozircha yozish shart emas. O‘ylab ko‘ring va bu yerda qaysi so‘z ortiqcha ekanligini ayting. Bu topshiriqni bajarish uchun sizlarga ikki-uch minut ajratiladi.

Bolalar topshiriqni bajarishadi, ortiqcha so‘zni aniqlashib, nima uchun u ortiqcha ekanligi haqida bahslashishadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi bu so‘zlarni daftarga yozib, eslab qolishlarini aytadi.

Shu darsning so‘nggida yoki keyingi darsda bu mashqqa qaytish kerak bo‘ladi. Bolalardan daftarga qaramasdan turib, shifri ochilga so‘zlarni eslash aytish so‘raladi.

Tanish maqol” mashqi7

O‘quvchilarga shifrlangan maqollar taklif etiladi: unda har bir maqol ikkita qismga ajratilgan, ularning har birining o‘z kaliti mavjud. O‘quvchilar maqolni to‘liq aniqlab, shifrini ochishlari kerak bo‘ladi. Doskada kalit yozilgan.


Kalit:

0 – bir kes...

1 – nima eksang...

2 –sanaydilar...

3 – oltin hisoblanavermaydi...

4 – temirni ...

5 – jo‘jani kuzda...

6 – issig‘ida bos...

7 – shuni o‘rasan...

8 – hamma yaltragan narsa...

9 – yetti o‘lchab...


O‘qituvchi. Yana bir marta sizlar bilan biz shifrlarni ochishga harakat qilamiz. Dastlab siz bu yerda qanday maqollar shifrlanganligini bilishingiz. Har bir maqol ikki qismdan iborat, shu sababli ikkita raqam bilan shifrlangan bo‘lishi kerak. Maqolni ikki xonali son ko‘rinishida shifrlang. Bu raqamlarni daftaringizga yozing. Bu topshiriqni bajarishingiz uchun sizlarga uch minut vaqt ajratiladi.

O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi, so‘ngra javoblar muhokoma qilinadi. Albatta maqollarning ma’nosiga to‘xtalib o‘tish lozim, ularni birgalikda tushuntirish kerak. O‘qituvchi bu sonlarni eslab qolish kerakligini aytadi.

To‘g‘ri javoblar: 17, 46, 52, 83, 90.

Darsning so‘ngida o‘qituvchi bolalardan dastlab ikki xonali sonni, so‘ngra shifrlangan maqolni eslashlarini so‘raydi.

Antiqa misollar” mashqi.

Bu mashqda ham bundan oldingi jadval-kalitdan foydalaniladi. U doskada yozilgan bo‘lishi kerak. Bolalar noodatiy holda yozilgan misollarni yechishadi.

Nima eksang+issig‘ida bos = ?

Yetti o‘lchab : oltin hisoblanavermaydi = ?

Temirni issig‘ida x nima eksang = ?

10: jo‘jani kuzda = ?

Temirni issig‘ida bos – Hamma yaltiragan narsa oltin hisoblanavermaydi = ?

Yetti o‘lchab bir kes – jo‘jani kuzda sanaydilar = ?

O‘qituvchi. Siz shifrlangan misollarni yechishingiz kerak. Dastlab uni kalit yordamida shifrini ochib, so‘ngra yeching. Javoblarni daftarlaringiz yozing.

Bolalar topshiriqni bajarishib, javoblarni tekshirishadi. O‘qituvchi javoblarni eslab qolishlarini so‘raydi. Shu darsning oxirida yoki kelgusi darsda ular to‘g‘ri javobni eslashadi.

Asosiy belgi” mashqi8.

Bolalarga doskada yozilgan o‘nta so‘zdan belgi-so‘zni tanlash taklif qilinadi.




Download 47,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish