Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishida rolli o‘yinlarning ahamiyati



Download 47,58 Kb.
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi47,58 Kb.
#238144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Hamroyeva Gòzal

3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishida rolli o‘yinlarning ahamiyati.
Kichik maktab yoshida bolalar didaktik o‘yinlarni (syujetli, predmetli, musoboqali) rohatlanib o‘ynashadi. Ularda faoliyatning quyidagi elementlari mavjud: o‘yinli masala, o‘yinli motivlar, masalalarni o‘quv faoliyati bilan bog‘liq yechimlari. Natijada o‘quvchilar o‘yin mazmuniga ko‘ra yangi bilimlarga ega bo‘lishadi. O‘quv-biluv masalalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilishidan farq qilgan holda, didaktik o‘yinda u bolaning o‘zini o‘yinli masalasi sifatida nomoyon bo‘ladi. Uni yechish usullari esa o‘quv-biluv faoliyatiga tegishli hisoblanadi.

Buni quyidagi misolda qarab chiqamiz. O‘quvchilar “Biz turistlarmiz” nomli didaktik o‘yinni o‘ynashadi. Uning ma’nosi shundan iboratki, bolalarni turistlar guruhining marshrut yo‘lini kartada belgilashga o‘rgatish. Uni to‘g‘ri belgilagan har bir o‘quvchi turist belgisini oladi. O‘quvchilarning o‘z oldilariga qo‘yadigan masala – turistlar o‘yinini o‘ynash. O‘yin motivi – turist belgisini olish uchun to‘g‘ri marshrutni tanlash. Bunday o‘yin shu bilan tavsiflanadiki, uning faollik shakli kattalar tomonidan aniqlanadi va o‘yin qodalari ko‘rinishida bolalar oldiga qo‘yiladi. “Biz turistlarmiz” o‘yinining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: “Marshrutni aytayotgan o‘qituvchini diqqat bilan eshiting va uni o‘z kartangizda joylashtiring. U kartada ko‘rsatilgandan so‘ng, uni namunadagi bilan solishtiring”.

Shuni qayd etishimiz lozimki, o‘yinda va undan keyin o‘yin motivlarida bilishga qarab siljish ro‘y berishi mumkin. Masalan, “Biz turistlarmiz” o‘yinidan keyin o‘quvchilar ko‘plab savollar bilan o‘qituvchiga va boshqa katta yoshdagilarga murojaat qila boshlashdi, kitoblardan mos ma’lumotlarni izlasha boshlashdi, ya’ni ularda o‘yin sifatida taqim etilgan masala o‘quv masalasiga aylandi. Bolalar hodisalar doirasidagi ma’lumotlar bilan chegaralanib qolmasdan, o‘yin faoliyati bilan bog‘liq yangi tushunchalarni egallashga (kompas, topografik belgilar va boshqalarni) faol harakat qilishadi. To‘plangan bilimlar tizimlashtirilib, kichik maktab yoshidagi bolalar ta’limga nisbatan o‘z faoliyatlarini qayta moslashtirishadi. Endi u nafaqat o‘yinlar nuqtai-nazaridan, balki o‘yin davomida paydo bo‘lib, rivojlangan o‘quv-biluv qiziqishlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Demak, didaktik o‘yinlar4 bolalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish uchun qulay bo‘lgan shart-sharoitni paydo qiladi va bilish uchun qiziqishni rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Eng yaxshi didaktik o‘yinlar mustaqil ta’lim olish prinsipida tuzilgan, ya’ni, shunday tuzilganki, ularning o‘zi o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga qarab yo‘naltiradi. Ma’lumki, ta’lim olish ikkita komponentni o‘zida jamlaydi: kerakli ma’lumotni to‘plash va to‘g‘ri yechimni qabul qilish. Bu komponentlar o‘quvchilarda didaktik tajribani ta’minlaydi. Lekin, tajribaga ega bo‘lish ko‘p vaqtni talab qiladi. O‘quvchilarda “bunday tajribaga ega bo‘lish”ni ko‘paytirish, ularni mustaqil ravishda bu ko‘nikmalarga ega bo‘lish mashqlariga o‘rgatishdan iboratdir. Bunga psixologik tavsifdagi rivojlantiruvchi o‘yinlarni kiritish mumkin: krossvordlar, viktorinalar, boshqotirmalar, rebuslar, kriptogrammalar va boshqalar.

Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, har bir o‘quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish faolligini tarbiyalaydi. Didaktik o‘yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o‘quvchi uchun tadbiq qilinishining samaraliligi bilan aniqlanadi.

Didaktik o‘yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ulardan tizimli ravishda foydalanishga, ikkinchidan, o‘yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda maqsad sari yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish muammosini hal etishda, o‘quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala deb hisoblanishi zarur.

Demak, kichik maktab yoshida, o‘yinlardan bolalarning o‘quv va mehnat faoliyatini yengillashtiruvchi va tashkil etuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Ta’lim jarayonida o‘yin elemenlari o‘quvchilarda ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirib, ularning faolligini oshiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar, o‘yin tavsifiga ega, mehnatga taaluqli topshiriqlarni qiziqish bilan bajaradilar. O‘yin faoliyati bolalarni ruhiy hayotining barcha tomonlarini shakllanishida, masalani qo‘yilishida va harakatlanish usullarini tanlashda yordam beradi.

Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘ladi. Bunda bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (bahzan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Boshqacharoq qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, yahni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolgiz o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorlik o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli, rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi.

Bolalarning individual hususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o‘yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.

Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, lekin endi bu o‘yinlar o‘z mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda liderlik yuzaga kela boshlaydi, shuningdek tashqilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san`atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga qarab uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur hususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy xolatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. Bog‘cha yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvafaqqiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi.

Katta Bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O‘yinda bola elementar mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.



Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchoqlari masalasiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh hususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘prok nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.

Syujetli-rolli o’yinlar o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Rolli o’yinlar bolalarning kuzatuvchanligi, qiziquvchanligini oshirib, bilish doirasini rivojlantiradi. Bola o’z o’yinida borliqni aks ettirib olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi.
“Bolalar bog`chasi”, “Maktab” kabi o’yinlar bolalarda do’stlik, o’rtoqlik, burch hissi, jamoatchilik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Rolli o’yinlarda har bir bola o’zi olgan rolini bajaradi. Masalan, quruvchi, haydovchi, tarbiyachi, enaga, o’qituvchi kabilar. Syujetli-rolli o’yinlarda bolalar avval katta bo’lmagan guruhlarda 2–3 kishidan bo’lib o’ynaydi. Katta va tayyorlov guruhlarida esa ko`p sonli jamoalarga birlashadi. O’yinda o’rtoqlik munosabatlari shakllanadi.
Uch yoshda bolaning o’yinlari yangicha tus oladi. Bola o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydi. Uch yoshning oxiriga kelib, bola rol tanlay boshlaydi (“Men oyisiman”, “Men shifokorman” tarzida). Bolalar to’rt yoshga yetganda, syujetli rollar ancha rivojlanadi. Bu yoshdagi bolalar o’z o’yinlarida oila, bog’cha, avtobusdagi voqealarni aks ettiradi. Bola besh yoshga qadam qo’yganda, undagi kuzatuvchanlik yanada ortadi, tafakkuri rivojlanib, bilish doirasi kengayadi. Shu sababli o’yin mazmuni murakkablashib boradi. Xayolning rivojlanishi orqali ertak va hikoya mazmuni bo’yicha o’yinlar o’ynaydi.

Katta bog’cha yoshida ijodiy o’yinlar juda yaxshi rivojlanadi. Bu o’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, hikoyalar, kitob va boshqa manbalardan olgan bilim, malaka, his-hayajonlarini to’liq qo’llay boshlaydilar.
Uzoq muddat davom etadigan o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlarining yuqori bosqichidir. Katta guruh yoshidagi bolalar o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilinsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga keladi. Rolli o’yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar. O’yin jarayonida ular ba’zi bir narsalarni xohlaganicha nomlab, faraz qilib o’ynaydilar. Masalan, qumni shakar, stulni mashina, danaklarni konfet o’rnida qabul qiladilar. Aks ettiruvchi vosita qancha ko’p bo’lsa, o’yin mazmuni shunchalik boyib boradi.

Psixolog J. Piaje o’yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramzli, ma’noli tasavvur shakllarining tayanchi, degan xulosaga kelgan.
O’yin davomida bola shaxs sifatida shakllanib boradi. Taniqli pedagog olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, bolalar o’yinlariga har tomonlama to’g’ri rahbarlik qilish orqali ularga o’yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi bolalar o`rtasidagi axloqiy munosabatlar, o’yinlarning rivojlanib, takomillashib borishiga ta’sirini ko’rish mumkin.
Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini ishga soladilar.
Binobarin, o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bog‘cha bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya’ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. SHu narsa harakterliki, bog‘cha yoshidagi bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi


Download 47,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish