O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-2 chi-19–guruh talabasi
Nozimova Mohichehraning
“Chet tili o’rgatishning muammoli metodi” mavzusidagi
KURS ISHI
5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: F.E.Yuldasheva
Buxoro 2022
MUNDARIJA:
1. Chet tilini o'qish jarayonida turli metodlardan foydalanish………………….3-8
2. Chet tilo’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar va ularning turlari…………………………………………………………………….9-15
3.Chet tili o’qitish metodikasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish istiqbollari………………………………………………...……………16-19
4. Chet tili o’qitishda muammoli metodlardan foydalanish………………20-23
5. Chet tili o’rgatishda metodlar hamda texnologiyalardan birgalikda foydalanish………………………………………………………………24-26
Xulosa…………………………………………………………………………27-28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………29-30
1.CHET TILI O’QITISH JARAYONIDA TURLI METODLARDAN FOYDALANISH
O’qituvchining o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil qilish va boshqarishdagi o’rgatuvchi faoliyati daryo jarayonida nutq, faoliyatining barcha turlari buyicha ko’nikma va malakalar shakllantirishga yo’naltirigan turli tuman metodlar, usullar, vositalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, o’rgatish va o’rganish metodlari, usullari va vositalari, tushunchalari haqida batafsilroq, to’xtalishimizga to’g`ri keladi.
Dastlab «metod» tushunchasi haqida. Metodik adabiyotlarda «o’qitish metodlari» «ta’lim metodlari» deb yuritiladigan bu tushunchani «o’rgatish metodlari» deb atash ma’qul tuyuladi. Chunki «ta’lim» butun o’quv jarayonini ifodalaydagan tushunchadir. «O’qitish» tushunchasi esa «o’qishga o’rgatish» degan ma’noni ham berada. Didaktikada metod deyilganda o’qituvchining o’quv dasturi asosida, ma’lum maqsadni ko’zlagan holda o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil qilish va boshqarishga yo’naltirigan faoliyati tushuniladi. I. V. Rahmonov ta’rificha, «Metod - maqsad sari yo’naltirigan sistema bo’lib, u bir - birlari bilan shartli bog`langandur»1. Chet tillar o’rgatishning rivojlanish bosqichlarida turli metodlar qullanilgan. Jumladan, quyidagi o’rgatish metodlari haqida fikrlar bildirilganligini ko’ramiz:
1. Grammatik-tarjima metodi;
2. Leksik-tarjima metodi;
3. To’g`ri metod;
4. Pal’mer metodi; Uest metodi;
5. Audio-lingval metod;
6. Audio-vizual metod:
7. Ongli taqqoslash metodi;
8. Kommunikativ metod;
9. Problemali (muammoj) o’qitish metodi;
10. Intensiv metod;
11. Proektlab o’qitish metodi va h k.
Bu metodlarning vujudga kelishiga, shubhasiz, pedagogika, psixologiya, shaxs psixologiyasi, lingvistika, psixolingvistika fanlarining rivojlanishi va ta’siri katta bo’ladi. Fikrimizcha, chet shli o’rgatish metodlari haqidagi bunday turli tumanlik metodist olimlar orasida hamon yagona fikr yo’qligidandan dalolat beradi. Masalan, I. V. Rahmonov va M. V. Lyaxo-vistkiylarning fikricha chet tilini uchta umumiy metod orqali o’rgatish mumkin:
1. Namoyish qilish (demonstrastiya) metodi;
2. Tushuntirish metodi;
3. Mashk,ishlatish yoki amaliy ishlarni tashkil qilish metodi.
R. K. Minyar-Beloruchev esa, bu uch metodni boshkacha atamalar orqali nomlashni taklif qiladi.
1. Tushuntirish metodi;
2. Ko’rsatish metodi;
3. Mustahkamlash metodi.
I. L. Bim esa, o’rgatish metodlarini tasniflar ekan ularni:
1. Ko’rsatish;
2. Tushuntirish;
3. Mashk, bajartirish;
4. Malakalarni amalda qo’llash kabi turlarga bo’ladi.
E. I. Passov, I. M. Maxmudovlarning asarlarida ularning soni yanada kupaytirilada: 2
1. Tushuntirish metodi (resteptiv metod yoki kurgazmali tushuntirish metodi);
2. Reproduktiv metod;
3. Muammoli (problemali) o’qitish metodi;
4. Evristik suhbat metodi;
5. Ilmiy izlanish yoki ilmiy tadqiqod utkazish orqali o’rgatish metodi. Nazarimizda o’rgatish metodlariing bunday turli-tuman tasniflanishida o’rgatish metodlari, usullari, tamoyillari uzaro aralashtirilib yuborilgan.
Quyida R. K. Minyar-Beloruchev tasnifidagi o’rgatish metodlarining umumiy xususiyatlari haqida to`xtalamiz:
Tushuntirish metodi. Tushuntirish metodi ta’lim jarayonida eng keng qullantladigan metodlardan biri xisoblanib, o’quvchi o’quv dasturida belgilangan fonetik, leksik, grammatik materialni og`zaki usulda o’quvchilarga takdim qiladi.
O’qituvchi xilma-xil kurgazmali kurollardan, ta’limning texnika vositalaridan foydalangan holda o’quv materialining mazmunini bayon qiladi, bu orqali o’quvchilarda dastlabki fonetik, leksik, grammatik ko’nikmalarni shakllantiradi va bu ko’nikmalarni amalda qo’llash yullarini kursatadi.
Bu metod o’quv materialini mantikiy izchillikda bayon qilish, turli ma’lumotlardan foydalanish, fanlararo bog`liklikni ta’minlash, uzbek va franstuz tillarini qiyoslab tushuntirish imkoniyatini beradi. Bu metodning samarador bo’lishligi o’qituvchining metodik maxoratiga, ya’ni o’quv materialini qiziqarli bayon qila olishiga, nutqining jozibadorligiga va o’ziga jalb qila olishligiga, ifoda usulining kundaligiga, mantikiyligiga va obrazliliga bog`liq,
Tushuntirish metodi o’qituvchidan o’quvchilarning doimiy ravishda barqaror diqqatlarini saqlab turishni, o’quv materialiga nisbatan munosabat uyg`ota olishni va shu jarayonda uni idrok qilish va tushunish, xotirada saqlash yullaridan, usullaridan foydalanishni talab qiladi. Bu juda ham murakkab jarayon bo’lib, unta o’quvchilarning fikrlash krbiliyatlarini faollashtiradigan, xotiralarini rivojlan-tiradigan usullardan foydalanish orqaligina erishish mumkin. Tushuntirish evristik suhbat, materialni muammoli bayon qilish, ona tili bilan takkrslash orqali ham tashkil kilinishi mumkin. Tushuntirishga ajratiladigan vakt o’quv materialining oson-kiyinligiga, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ta’lim boskichiga kura turlicha bulishi mumkin.
Kuzatish metodi. Chet tili o’rgatishning muham metodlaridan biri ko’zatish metodi bo’lib, u o’quvchilarda tildagi fonetik, leksik, grammatik xodisalar haqida ongli tasavvur va malakalar xosil qilishni, ularni amalda kullay olishni ko’zda tutadi. Ko’zatish o’quvchilar tomonidan yangi mavzu tushuntirilayotganda, sinfda, uyda, mustaqil ishlarni bajarayotganida amalga oshiriladi. Ko’zatish o’quvchidan faol faoliyat talab qiladi. O’quvchilar til materiali tushuntirilayottanida yoki mustaqil ish-layotganlarida uni taxlil kilishlari, mantiqiy xulosalarga kelishlari, fikrlashlari, ona tili bilan qiyoslashlari lozim. qiyoslash, taxlil qilish, fikrlash dastlabki ko’nikmalar shakllanishiga olib keladi. Fikrlash, munosabat bildirish o’quv materialini anglashga yordam berib, o’quvchini faollikka yunaltiradi. Ko’zatish va fikrlash orqali shakllantirilgan dastlabki ko’nikmalar mustaqil ishlar jarayonida, ma-lakalarni amalda qo’llash orqali mustaxkamlanadi.3
Malakalarni amalda mustahkamlash metodlari. Malakalarni amalda ko’plab metodlari asosan dirsning mustaxkamlash boskichida dastlabki ko’nikmalarni shakllantirishda, diryo jarayonida yoki uyda, laborotoriyada og`zaki va yozma mashklarni bajarishda, mavzu buyicha bilimlarni tekshirish va baxrlash jarayonida amalga oshiriladi. Malakalarni amalda qo’llashdan asosiy maqsad egallangan fonetik, leksik, grammatik malakalarni erkin mulokdt, fikr almashuv jarayonida ishlatishga urgatishdir. Malakalarni amalda qo’llash tabiiy yoki sun’iy nutq, vaziyatlarida tashkil qilinadi. Ma’lumki, sun’iy ravishda yaratilgan nutq, o’quvchini urab turgan atrof-muxidga, vaziyatga mos kelmasligi tufayli o’quvchida uni o’rganib olish uchun etarli dirajada rag`bat uyg`otmaydi. Masalan,o’qituvchi bir o’quvchiga: «Sen dukondasan. Sotuvchidan bitta daftar va ikkita ruchka necha so’m turganligini sura!» qabilida kommunikativ topshirik, bersa, ikkinchi o’quvchiga «sotuvchi» sifatida unga tegishli javob berishni topshirsa, bu sun’iy ravishda yaratilgan nutq, vaziyati xisoblanadi. Agar o’quvchi turmush extiyojlari tufayli sotuvchidan franstuz tilida yuqoridagi gaplarni so’rashga majbur bo’lsa, bu tabiiy ravishda yaratilgan nutq, vaziyati xisoblanadi. Buni xisobga olib o’quvchilar o’zlarining turmush sharoitida maktabda, ko’chada, do’konda, uchrashuv va hakozolarda duch keladigan tanishuv, fikr bildirish, fikrni rad qilish, fikrni qo’llab quvvatlash savol berish, savolga javob berishga oid turli mavzulardagi nutq, vaziyatlariga mos keldadigan nutq namunalarini xaqiqiy nutq, vaziyatlarida amalda qo’llashga o’rganadilar. O’tgan asrning 80-yillarida shakl-langan kommunikativ metodika o’quvchilarni aynan ana shunday nutq, vaziyatlari orqali muloqatga o’rgatishni ko’zda tutadi. Franstiyada xorijliklarga franstuz tili darsligi sifatida nashr kilingan qo’llaimasi aynan kommunikativ vaziyatlar orqali gapirishga o’rgatishga muljallangan. Malakalarni amali-yotda qo’llash vazifasi an’anaviy chet tili o’kitish metodikasida didaktik uyinlar uynatish (boshlang`ich sinflarda), turli mavzularda erkin suhbatlar uyushtirish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish, internastional dustlik klublari ishida ishti-rok etish, xrrijiy mexdoonlar bilan uchrashuvlar tashkil krish, xrrijiy o’quvchilar bilan xat yozishuvlar tashkil qilish kabi shakllarda uyushtililadi. Keyingi yillarda ilgari surilgan muammoli o’qitish, proekt tuzish orqali nutq, vaziyatlari yaratish, kompyuter va internet ma’lumotlaridan foydalanish kabi ish usullari o’quvchilarga tabiiy yaratilgan nutq, vaziyatlari orqali chet tili o’rgatishga keng imkoniyatlar ochmokda.
O’qitish jarayoni o’qituvchining turli metod va usullardan, vositalardan foydalangan holda tashkil kilingan o’rgatuvchi faoliyatidan va o’quvchilarning o’rganuvchi faoliyatidan tashkil topadi.O’qituvchining o’rgatuvchi va o’quvchilarning urganuvchi faoliyatlari uz navbatida bir necha turlarga bulinadi. O’quvchi o’quv materialini tushuntiradi, ko’rsatadi, turli usul va vositalardan foydalanib o’quvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantiradi, ularni amalda, og`zaki nutqda qo’llash yullarini o’rgatadi o’qituvchining bunday faoliyati o’rgatuvchi yoki ta’lim beruvchi faoliyat deb yuritiladi. Bundan tashkari o’qituvchining o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil qilishga yunaltiradigan, uni rag`batlantiradigan, nazorat qiladigan faoliyati ham mavjudki, uni o’qituvchining boshqaruvchi faoliyati deb atash mumkin.O’qituvchining bunday avvaldan rejalashtirilgan faoliyati turli metod, usul va vositalardan foydalanishda uz ifodasini topadi.
Endi o’quvchilarning urganuvchi faoliyatining mazmuni bilan tanishsak. Birinchidan, o’quvchi o’qituvchining o’quv materialini tushuntirishi, ko’rsatishi jarayonida yangi til materiali bilan tanishadi. Ikikinchidan, uni eshitish jarayonida fikrlay-di, ona tilisi bilan qiyoslaydi, uni idrok qilishga, anglashga urinadi.
Uchinchidan,o’qituvchi boshkaruvida turli xil mashklar bajarib, o’quv materiali yuzasidan dastlabki ko’nikmalarini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |