Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


 Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

6.5. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro
Amir Husayn va Amir Temur birgalikda mo‘gullarga qarshi 
kurashdilar. O‘zlarining markazlashgan davlatini barpo etish uchun 
harakat qildilar. 1366-1370-yillarda Movarounnahr hukmdori bo‘lish 
uchun Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasida kurash kuchayib, Qarshi 
va Buxoroni egallashga bir necha bor harakat qilindi. 1366 -yil Amir 
Temur Qarshida qishlaydi va Mahmudshoh Buxoriyni Buxoroning 
devonga berishi lozim bo‘lgan solig‘ini yig‘ib kelishni amr qiladi. 
Amir Temur 1366-1370 -yillarda Buxoroning iqtisodiy jihatlaridan va 
ko‘p bora Buxoroninng boshqaruv ishlaridan xabordor edi. 
1370-yil Amir Temur rasman Movarounnahr hukmdori bo‘ldi. 
Xorazm hukmdorlarining Buxoro va uning atrofidagi yerlarga 
to‘xtovsiz hujumi Xorazmga yurish qilishga undadi. 
1381-1382-yillarni qishni Buxoroda o‘tkazgan. Ammo bu yerda 
dam olishning imkoni bo‘lmadi, o‘sha kunlari uning suyukli qizi 
Og‘abegim olamdan ko‘z yumgan edi. Bir necha kun qayg‘uga botgan 
Amir Temur yana davlat ishlariga qaytdi. 1388-yili To‘xtamishxon 
qushinlari Buxoro viloyatini va atrofdagi qishloqlarni egalladi. Buxoro 
amirlari shaharni himoya qildilar. Xalq orasida Amir Temurning 
qaytib kelayotgani to‘g‘risida xabar tarqalib, dushman askarlari bu 
yerda tuxtab turishni maqul ko‘rmay, ortlariga qaytib ketishgan. 1389-
yil Mo‘g‘iliston yurishidan g‘alaba bilan qaytib kelgach katta to‘y 
beradi va qishda Buxoroga boradi. Gazli yo‘lidagi qishloqda ov 
tashkil etadi. Qish bo‘yi Buxoroda qoladi. 
1392-yil 7- iyunda Amir Temur Eronni fath etish uchun yurishga 
otlanib Buxoroga keladi va bu erda ob-havo ta’sir qilib salomatligi 
o‘zgaradi. Samarqanddan o‘gillari va xotinlarini Buxoroga 
chaqirishadi. Tezda Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o, Sulton Baxt 
begim va farzandlari yetib kelgan. Amir Temurni fors tabiblari 
davolaydi va xalqqa qo‘y so‘yib xayr ehson qildilar.1392-yil iyulda 
jang safariga jo‘nab ketadi. Amir Temur o‘zinig 35 yillik hukmronligi 
davrida mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun harakat qilgan. 
Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro madrasalarida oylik 
ish haqlarini belgilab bordilar. Amir Temurning tashabbusi bilan 
masjidu madrasalar va kasalxonalarga hayr ehsonlar uyushtirganlar. 
Nemis Tarixchisi F.Shlosser (1770-1861) Temur haqida shunday 
degan: ”Umrini yurishlarda o‘tkazgan Temur tez-tez Buxoroga kelib 
turgan” 


100 
Amir Temur davrida Najmiddin Kubroning shogirdi, mashhur 
avliyo Shoabdurahmon Vali sharafiga Qorako‘lda masjid barpo 
etilgan. Sayyid Mir Kulol Buxoriyga Kogonda qabri ustiga maqbara 
o‘rnatilgan. 1380 -yil Chashmayi Ayub yodgorligida me’moriy bino 
barpo etildi. Xorazmga yurishi vaqtida mashhur ustalarni Buxoroga 
olib kelib maqbaralarni ta’mirlashda ishlatgan. Minorai Kalon yonida 
Bayonqulixon maqbarasini qurilishga farmon bergan. Amir Temur har 
yurish safariga chiqishidan oldin Buxoroga tashrif buyrgan va so‘ngra 
safarga otlangan. 
Mirzo 
Ulug‘bek 
davrida 
1417-yil 
Buxoroda, 
1433-yil 
G‘ijduvonda madrasa qurildi. Ozi bir necha bor Buxoroga kelgan. 
Uning ko‘rsatmasi bilan ilmu-toliblarga xayr-ehson qilingan. Buxoro 
shahridagi madrasaning darvozasiga Ulug‘bekning ko‘rsatmasiga 
ko‘ra, “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir” 
deb yozib qo‘yilgan. 
Amir Temur va temuriylar davrida Buxoroda Buyuk ipak yoli 
uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq 
rivojlandi. Suv tanqis bolgan joylarga suv chiqarildi. Masjid va 
madrasalar 
ta’mirlandi. 
Aholi 
savdo 
karvonlarida 
savdo 
shahobchalarida ish bilan ta’minlandi. XV asrning oxirlarida 
temuriylar o‘rtasidagi toj-taxt uchun kurash avjiga chiqdi Hirot va 
Samarqand o‘rtasidagi tortishuvda Buxoro ham chetda qolmadi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish