Qisqacha siyosiy tarixi:
Romitan qadimiy tarixga ega bo‘lib, u
haqidagi dastlabki ma’lumotlar tarixchi Abu Bakr Muhammad Ja’far
ibn Narshaxiyning “Buxoro tarixi” (943-944 yy) asarida keltiriladi.
Arab tarixchisi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Taboriyning “At-
Taboriy tarixi” asarida Romitanning arablar bosqini davri tarixiga oid,
o‘rta asr arab geografi Istaxriy asarlarida esa Romitan va uning
atrofidagi qishloqlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shuningdek,
Romitan
tarixi
bo‘yicha
H. Vamberining “Buxoro yohud
Movarounnahr tarixi” asarida, V. Bartoldning “Turkistonning
sug‘orilish tarixidan” va “Movarounnahrning geografik ocherki”
asarlarida ham yozilgan. I. Mo‘minovning tahriri ostida chiqqan
“Buxoro tarixi” nomli kitobda qadimgi Romitan haqidagi ma’lumotlar
mavjud.
1937-yilda arxeolog V. Shishkin Buxoro vohasining g‘arbiy
qismida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijalariga ko‘ra
Romitan haqida dastlabki umumiy arxeologo-topografik tavsifnoma
bergan. U topografik suratlar asosida bu qo‘hna shahar - antik
davrning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan, degan fikrga kelgan. 1972-
yilda Zarafshon arxeologik guruhi a’zosi R. Ravshanov tomonidan
qo‘hna shaharda qisman o‘lchov va qazish ishlari olib borilgan.
Ilmiy va tarixiy adabiyotlarda Romitanning XVI-XIX asrlardagi
tarixi bo‘yicha ma’lumotlar juda kam. A. Muhammadjonov XIX
96
asrdagi Buxoro vohasida mavjud bo‘lgan tumanlar va bekliklar haqida
ma’lumot berib, Romitan (Somjan) tumanini ham ro‘yxatga kiritgan.
Vobkent tarixi:
Vobkent tumani shimoldan G‘ijduvon tumani
bilan, shimoli g‘arbdan Shofirkon tumani bilan, g‘arbdan Peshko‘ va
Romitan tumanlari bilan, janubdan Buxoro tumani bilan, sharq va
shimoli-sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan
chegaralanadi.
Vobkent o‘g‘uz shevalaridagi “Vob” yoki “Vaxob” hamda forsiy
“kent” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Bo‘zdagi, bo‘z yer, qo‘riqdagi
qishloq” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi Vobkent hududida
joylashgan qishloq qo‘rg‘onlari o‘tmishda katta harbiy siyosiy
vazifani o‘tagan. Vobkent Buxoro amirligining tumanlaridan biri
bo‘lib kelgan. 1924-1925-yillarda Turkistonda o‘tkazilgan milliy
davlat chegaralanishi natijasida tashkil topgan.
Tuman markazi Vobkent shahriga tutash yerda Mug‘iyon
qishlog‘i bor. Narshaxiy bunday qishloqlar, ya’ni Mug‘on, Mug‘iyon,
mug‘lar qishloqlari ko‘p deydi. Mug‘ so‘zi arabchada “otashparast”
yoki “g‘ayridin” ma’nosida ishlatiladi. Aynan arablar istilosi davrida
ana shu “Mug‘” deb ataluvchi qishloqlar otashparastlik dinining eng
rivojlangan joylari hisoblangan.
O‘zbekiston hududida sak qabilalari yashaganligini hisobga
olsak, Kumushkent Q.F.yig‘ini hududidagi hozirgi Saktafon (aslida,
Sakto‘fon, ya’ni “saklar to‘pi” ma’nosida) qishlog‘i nomi ana shu
qabila nomidan kelib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. XVI asr boshlaridan
va XVII-XVIII asrlarda Dashti Qipchoqda (Volga va Dnepr daryolari
oralig‘idagi yerlar) yashovchi ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larining katta
qismi O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga kelib o‘troqlashishi
jarayoni avj oldi. Vobkentdagi Saroy, Qatag‘an, Nayman, Qo‘ng‘irot,
Minglar, Burqut, Qirg‘izon, Xitoy, Qalmoqlar, Baqalon, Pichoqchi,
Bahrin, Boyqozon qishloqlari ana shu o‘zbek urug‘lari nomi bilan
atalgan. Qipchoq va Qo‘ng‘irot QFY hududida Bahrin ( yoki
Bahrincha) qishloqlari bor. Asli bahrinlar turklashgan mo‘g‘ul
qabilalaridan biri bo‘lib, ular mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Dashti
Qipchoqdan kelib o‘rnashgan. XVIII-XIX asrlarda esa bahrinlarning
katta bir qismi Toshkent, Farg‘ona va Zarafshon vohalariga kelib
o‘troqlashgan. U yerlarda ham Bahrin degan qishloqlar mavjud.
Ehson QFY hududida Boyqozon qishlog‘i bor. Asli, bu
qishloqning nomi “Boyovut”- mo‘g‘ul qabilasining bir urug‘i
97
nomidan. Boyovut mo‘g‘ulcha boylar, alplar, bahodirlar ma’nosida
bo‘lib, o‘zbekcha va tojikchada Boy, Boydor, Boylar, Boylik, Boyot,
Boyqozon, Boyto‘pi, Boyho qishloqlari sifatida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |