2. Qishloq xo'jaligi – moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi yetakchi tarmog'i.
bo'lib, u turli mamlakat va rayonlarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining hududiy
muammolari hamda joylashish qonuniyatlarini o'rganadi. Qishloq xo'jaligi tarkibidagi
hududiy tafovutlar tabiiy muhit va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta'sirida tarkib topadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi inson xo'jalik faoliyatining ilk va eng
eng qadimiy tarmog'igina bo'lib qolmay, eng keng tarqalgan tarmog'i hamdir.
Dunyoda bironta mamlakat yo'qki, uning aholisi qishloq xo'jaligi va unga yaqin
tarmoqlar – o'rmon xo'jaligi, ovchilik, baliq ovlasi bilan shug'ullanmasin. Butun
50
dunyoda bu sohalarda 1,1 mlrd. kishi band. Ushbu aholi yer sharining turli qismlarida
turli-tuman tabiiy sharoitda qishloq xo'jaligi va unga yaqin tarmoqlar bilan mashg'ul.
Tabiiy sharoit qanday bo'lishidan qat'iy nazar, qishloq xo'jaligining rivojlanish
darajasi sarf qilingan mehnatning miqdori va sifatiga, texnika va o'g'itlardan
foydalanish darajasiga bog'liq. Ushbu ko'rsatkichga qarab, qishloq xo'jaligi ekstensiv
va intensiv xo'jalikka bo'linadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ekin maydonlarini kengaytirish va chorva
mollari sonini oshirish hisobiga yetishtirish ekstensiv xo'jalik deb ataladi.
Insoniyat tarixining juda katta davri mobaynida qishloq xo'jaligi asosan
ekstensiv yo'l bilan rivojlandi. Yangi yerlar ko'pincha o'rmonlar hisobiga
kengaytirilgan. Hozirgi davrda ham juda ko'p rivojlanayotgan, kam rivojlangan
davlatlarda qishloq xo'jaligi ekstensiv yo'l bilan rivojlanmoqda.
Maydon birligida (1 ga ekin maydonidan) agrotexnika vositalaridan ko'proq
foydalanish yoki chorva mollarining ko'proq mahsuldor zotlarini yaratish hisobiga
qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish intensiv xo'jalik deb ataladi.
Intensiv xo'jalik rivojlangan davlatlar uchun xos bo'lib, qishloq xo'jaligida
sodir bo'lgan «Yashil inqilob» ga asoslanadi. (Yashil inqilob – bu qishloq
xo'jaligining zamonaviy texnika asosida tubdan o'zgarishi demakdir. U fan-texnika
inqilobi (FTI) namoyon bo'lishining shakllaridan biri. Meksikani yashil inqilobga
asos solgan mamlakat deb hisoblasa bo'ladi, chunki XX asrning 60-yillar boshida
aynan shu yerda bug'doyning yuqori hosilli yangi qizg'ish navlari yaratildi.) Ushbu
davlatlarda asosan tovar qishloq xo'jaligi rivojlangan. Chunki bu davlatlar qishloq
xo'jaligida barcha qo'l mehnatini asosan mashinalar bajaradi. Yuqori sifatli mineral
o'g'itlarda foydalaniladi, zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy dorilardan,
chorva mollari kasalliklariga qarshi kurash vositalaridan keng foydalaniladi.
Mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish va kimyolashtirish qishloq xo'jaligini
yanada rivojlantirish va jadallashtirishning asosiy yo'lidir.
Yer qishloq xo'jaligida mehnat majmui va ayni paytda mehnat vositasi bo'lib
xizmat qiladi. Shuning uchun yerdan to'g'ri foydalanish va uning hosildorligini
saqlash qishloq xo'jaligining muhim vazifalaridan biridir.
Intensiv xo'jalikni barpo qilish uchun yerlarni melioratsiya qilish, ya'ni yer
holatini yaxshilash ishlarini (sug'orish, zax va botqoqlarni quritish, tuproqqa ohak
solish, daraxt o'tqazish va h.k.) olib borish kerak. Bunda kompleks melioratsiya
tadbirlari yaxshi natija beradi (shamol va suv eroziyasiga qarshi kurash, tuproq
hosildorligini oshirish).
51
Qishloq xo'jaligi avvalo yer bilan chambarchas bog'langan. Qishloq xo'jaligida
foydalaniladigan jami yerlar yer fondi hisoblanadi. Jahon yer fondi 13,4 mlrd.
gektarni tashkil etadi. Jahon yer fondi to’g’risidaigi toliq ma’lumot quyidagi jadvalda
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: