Iqtisodiy rayonlashtirish. Har bir fanning o'ziga xos va o'ziga mos, birlamchi
tushunchasi bor. Masalan, biologiyada hujayra, kimyoda malekula, fizikada atom,
tarixda — davr va h.k. Geografiyaning bosh tushunchasi rayondir. Iqtisodiy rayon
esa iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchasi hisoblanadi.
Boshqa fanlarda bo'lganidek, birlamchi tushuncha ham oson va ham qiyindir.
Umuman, rayon deganda ma'lum o'xshashlikka ega bo'lgan hududning bir qismi
nazarda tutiladi. Tabiiy geografiyada, masalan, botqoqlik, tepalik, tog'lik, tekislik,
cho`l va boshqa landshaft turlari rayon hisoblanadi, chunki ular shu jihatlari bilan
atrof, qo'shni hududlardan farq qiladi. Iqtisodiy geografiyada tog'-kon, dehqonchilik,
chorvachilik, dam olish kabi mintaqa-rayonlarni ajratish mumkin.
«Rayon» tushunchasining murakkabligi shundaki, u tashqaridan qaraganda
oddiy ko'rinsada, ichki tuzilishi bo'yicha rang-barang, murakkab hududiy tizimdir.
Masalan, Farg'ona iqtisodiy rayonini olaylik; ushbu rayon (mintaqa) respublika
mehnat taqsimotida avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati, paxta va pilla, meva
yetishtirishga ixtisoslashgan. Ammo mazkur tarmoqlar vodiyning barcha qismlariga
ham xos emas; qolaversa bulardan tashqari mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan
iqtisodiyot tarmoqlari ham mavjud.
Mazkur tushunchaning yana bir mushkullik tomoni uning hududiy ko'lami
bo'yicha ko'p bosqichli, ko'p «qavatli», ekanligidir. Chunonchi, Janubi-sharqiy Osiyo,
Yevropa, Sibir, Farg'ona vodiysi, Toshkent viloyati, Bekobod tumani, uning «Oybek»
jamoa xo'jaligi ham rayondir. Demak, rayon ichida rayon, uning tarkibida yana
«rayoncha», (xuddi «matryoshka» o'yinchog'idek). Ehtimol, geografiya fanining
muhim bir xususiyati aynan ana shunday turli masshtabda fikrlay olish qobiliyatiga
ega bo'lishidadir.
Uchinchi qiyinchilik ilmiy adabiyotlarda rayonga o'xshash tushunchalarning
mavjudligida bo'lsa kerak. Jumladan, ingliz tilidagi region, nemis tilidagi landshaft,
fransuzcha peyzaj, o'zbek tilida mintaqa, tuman, nohiya kabilar ham, umuman
olganda, hududning bir qismini bildiradi. Bu atamalarning barchasi ishlatishga haqli,
biroq ularning o'z o'rnida qo'llanilishi ma'qul. Masalan, region kattaroq hududni
(xususan halqaro iqtisodiy munosabatlar va siyosiy geografiyada), landshaft —
tabiiy geografik muhitni, peyzaj — qaysi bir joy manzarasini tavsiflashda qo'l keladi.
14
Yana boshqa bir chalkashlik bor: baynalminal mazmunga ega bo'lgan « rayon»
tushunchasi haqiqiy geografik borliq va shu bilan birga ma'muriy hududlarga ham
tegishli. Uning ustiga, ushbu so'zni barcha holatlarda mahalliylashtirish — nohiya
yoki tumanga o'girish maqsadga muvofiq emas. Shu nuqtai nazardan oddiy tabiiy
geografik rayonlarni (to`g, cho'l voha va h.k.) tuman, iqtisodiy rayonlarni-iqtisodiy
nohiya shaklida aytish mutlaqo noto'g'ri.
Iqtisodiy rayon hosil qiluvchi omillar ham hududiy mehnat taqsimoti
omillariga o'xshab ketadi. Chunki, iqtisodiy rayonlar hududiy mehnat taqsimoti
jarayonining hosilasi, natijasidir (hududiy mehnat taqsimoti→ ixtisoslashuv
→iqtisodiy rayon). Bu omillar tabiiy boyliklar, mehnat resurslari, hududning
yaxlitligi, yirik rayon hosil qiluvchi markaz yoki markazlarning mavjudligi va,
albatta, iqtisodiy geografik o'rin hamda ixtisoslashgan xo'jalik tarmoqlarining
shakllanganligidir. Demak, bu yerda eng avvalo ikki muhim omilni ko'rsatish
mumkin: iqtisodiy (tabiiy va mehnat resurslari asosida ixtisoslashuv) va geografik
(hududning yaxlitligi va uning geografik joylashganligi).
Iqtisodiy rayonlar dunyoning barcha mamlakatlarida, ularning maydonini
katta-kichikligidan qat'iy nazar, mavjud. Bu rayonlar yirik iqtisodiy mintaqa (zona),
asosiy va mahalliy darajada bo'ladi. Shuningdek, iqtisodiy rayonlarni ma’muriy-
hududiy birliklar, masalan, viloyat miqyosida ham ajratiladiki, ularni boshqarish
boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda osonroq va qulayroq.
Xo 'sh, iqtisodiy rayonlar nima uchun kerak? Avvalambor bu rayonlarsiz
iqtisodiy geografiya fanining o'zi ham bo'lmaydi (rayon — joy, yer, hudud, demak
«geo»). Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiy rayon iqtisodiy
geografiyadir. Binobarin, iqtisodiy geografiya fanining tarixi iqtisodiy rayonlarning
shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining natijasidir.
Iqtisodiy rayonlarsiz, hududning ichki jihatdan iqtisodiy turli-tumanligini
anglamasdan turib mamlakat iqtisodiy geografiyasini o'rganish mumkin emas. Zero,
har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan mintaqalar
birligi bilan ifodalanadi; mintaqalar, ichki hududlarsiz «mamlakat» mavhum
tushuncha boiib qolaveradi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy geografiyasini faqat
xo'jalik tarmoqlari orqali, «yoppasiga», umuman yoki «o'rtacha» o'rganib bo'lmaydi.
Nazariy va asosiy jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy
siyosatini olib borishda zarur. Sababi, davlat o'zining barcha ichki qismlariga,
ularning imkoniyat va ehtiyojlari, muammolaridan kelib chiqqan holda «muomala»
qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davlatning mintaqaviy siyosati maxsus
vositalar (byudjet-kredit, soliq, investitsiya mexanizmlari) yordamida ishlab chiqarish
kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |