Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti



Download 63,68 Kb.
bet3/6
Sana25.05.2023
Hajmi63,68 Kb.
#943404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abbosjon (3) (1)

Maqsad va vazifalar: Mavzuning asosiy maqsadi buyuk bobomiz Amir temur hayoti va faoliyatiga bogliq yangi va qiziqarli malumotlarni o‘rganish, bu ulug‘zotning tarixidagi turli munozara va bahislarga saboab bo‘lgan savollarga javob topishdan ibort. Yuqorida aytib o‘tilgnidek turli tarixiy manbalarda Amir Temur shahsiyatiga bog‘liq bir birini inkor qiluvchi malumotlar mavjud bu malumotlar keltirilgan manbalarni bir biriga solishtirib haqqoniy tarixni ochiqlash tarixchilarning asosiy vovifasi hissoblanadi. Shuningdek bazi tarixchilar tomonidan Amir Temur nomining qorqlanishi va bazilari tomonidan ko‘klarga ko‘tanilgan holatlar ham mavjud. Tarix ortiqcha va keratsiz malumotlardan foriq bo‘lganidagina haqiqiy tarix bo‘ladi. Mavzuning vazifasi Amir Temur shaxsiyatini turliy manbalarga asoslanib o‘rganib haqiqiy tarixni yaratishdan iborat.
I bob. Amir Temur davriga oid sharq manbalari
Ibn Arabshoh..”Ajoyib Al-Maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)
XV asr arab tarixnavisi Ibn Arabshohning “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur” (“Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) nomli asari boshqa asarlardan farqli o‘laroq mamlakatimiz xalqlari tarixini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. 1436-1437-yillarda yozilgan bu asar, asosan, XIV asrning oxiri va XV asming birinchi yarmidagi O‘rta Osiyo va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixiga doir muhim tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. Asarning aksar hollarda muallif Samarqandda yashaganda olgan taassurotlari hamda Movarounnahrdan jo‘nab ketgach, ilgariroq Temur tomonidan zabt etilgan bir qancha shahar va mamlakatlarda sayohatda bo‘lib, u joylarda ko‘rgan va eshitganlari, shuningdek, muallif zamondoshlarining hikoyalari tarzidagi faktik ma’lumotlarga asoslanib yozilishi uning ishonchli tarixiy manba ekanligidan dalolat beradi.
Shu boisdan ham “Ajoib al-maqdur” XVII asrdan boshlab qator (fransuz, lotin, turk, ingliz) tillarga tarjima qilinib, unda keltirilgan ma’lumotlar ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z izini qoldirgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
“Ajoib al-maqdur”ni tanqidiy o‘rganib, undagi ma’lumotlardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanishda olimlarning xizmati ham kattadir. Mazkur asarda keltirilgan ma’lumotlar turli yo‘nalish va darajada jalb qilinib yozilgan yirik tadqiqotlar, risolalar va ilmiy-ommabop maqolalar olimlarimizning Ibn Arabshoh asaridan samarali foydalanganidan dalolat beradi. Lekin shu bilan birga rang-barang faktik ma’lumotlarga boy bo‘lgan bu asarni har tomonlama mukammal oʻrganilgan deb hisoblash2 hozircha uncha to‘g‘ri emas. Tarixiy adabiyotlarda hozirgacha mazkur asarga bag‘ishlangan birorta maxsus maqolaning yo‘qligi fikrimizning asosli ekanligiga dalildir. “Ajoib al-maqdur” da hali tadqiqotchilar diqqatidan chetda qolgan ilmiy, tarixiy, jug‘rofiy, madaniy ahamiyatga molik talaygina ma’lumotlarning mavjudligi ushbu asarning turli soha mutaxassislari, jumladan, tarixchilar, geograflar, san’atshunoslar, tilshunoslar tomonidan yanada chuqurroq o‘rganilishini taqozo etadi. Buning amalga oshishiga esa, quyidagi sabablar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda: bir tomonidan, hanurgacha “Ajoib al-maqdur” ning Vatanimiz xalqlari tillaridan birortasiga ham to‘lig‘icha tarjima qilinmaganligi boʻlsa, ikkinchi tomondan asaming g‘oyatda murakkab til va nafis uslubda yozilganligi har xil soha mutaxassislarining undan bemalol foydalanishiga ma’lum darajada noqulaylik tug‘diradi. Darvoqe, Iba Arabshoh asarining shu paytgacha ilmiy asosda bajarilgan mukammal tarjimasi yo‘qligiga ham, akademik L.Y.Krachkovskiy ta'biri bilan aytganda, uning “badiiy nafisligi aybdordir”3.
Ibn Arabshohning ilmiy jamoatchilikka azaldan ma’lum bo‘lgan bu tarixiy-badiiy asari Temurning hayoti va faoliyati hamda XIV asrning oxiri, XV asrning birinchi choragida sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Mazkur asar Temur va uning siyosatiga tanqidiy munosabatda yozilganligi bilan shu xildagi boshqa manbalardan ham alohida ajralib turadi. Darvoqe, muallifning shaxsiy hayotiga nazar tashlansa, bu ahvol boisi muayyan darajada ravshanlashadi. Dastlab 1401-yilda o‘n ikki yoshli Ibn Arabshoh o‘z ona yurti Damashqning Temur qo‘shinlari tomonidan ayovsiz vayron qilinib, xarobaga aylanganligining shohidi bo‘lgan, so‘ngra onasi va birodarlari bilan Samarqandga tutqun sifatida zo‘rma-zo‘raki olib ketilishi ham uning dilida alamli dog‘ qoldirgan edi. Samarqanddan ketgach, Xorazm Mo‘g‘uliston, Dashti Qipchoq, Saroy, Astraxan, Turkiya kabi Temur qo‘shiilari tomonidan birma-bir zabt etilib, bosib olingan mamlakatlar va shaharlardagi xarobaliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, mahalliy aholidan bu xususda xilma-xil hikoyat va rivoyatlarni eshitgan tarixchining bu tarzda hikoya qilishini, tabiiy hol deb hisoblamoq lozim. O‘z davrining o‘qimishli va yetuk mulohazali kishisi sifatida muallifning o‘z ko‘rganlari va eshitganlari asosida tanqidiy ruxda yozilgan hamda o‘sha davr hayotining turli tomonlariga oid ilmiy ahamiyatga molik ko‘pgina faktik ma’lumotlarni jamlagan bu asari, bir tomondan Temur shaxsi va faoliyatini madhiyali tarzda yoritgan boshqa asarlardan ma’lum darajada ajralib tursa,
ikkinchi tomondan, unda muallifning shaxsiy adovati yoki badiiy bezakka berilib ketishi tufayli ba’zan chalkash faktlar, taxminiy talqin qilingan hollarning uchrashi mazkur asarga g‘oyatda tanqidiy yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Ibn Arabshoh asari Temur tarixiga oid muhim manbadir. “Ajoib al-maqdur” ning K.Marks nazariga tushishi4 ham mazkur asarning qimmatli manba ekanligini koʻrsatadi. Ingliz sharqshunosi X.A.R.Gibbning (1895-yilda tug‘ilgan) Temur haqida yozilgan “Ajoib al-maqdur” asari Ibn Arabshh nomini uzoq vaqt Yevropada doston qildi5, degan ta’biri ham o‘sha davrda asarga bo‘lgan qiziqish katta ekanligidan dalildir. Muallif o‘z asarini “Ajoib al-maqdur fi navoib Taymur” (“Temur keltirgan musibatlarda taqdir ajoyibotlari”) nomi bilan atagan bo‘lsa-da, ushbu asar keyingi barcha nashrlarida, biografik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qomuslarning ko‘pchiligida “Ajoyib al-maqdur fi axbori Taymur” (“Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) nomi bilan zikr qilinadi. O‘z asarida qofiyaga qat’iy rioya qilgan Ibn Arabshoh sarlavhadagi “ajoib” so‘ziga qofiya tarzida “navoib”ni keltirganligi shubhasiz. Shu xususdan ham ushbu asar noshirlari keyinchalik asarning mazmuniga binoan sarlavhadagi “avoib” (“musibatlar”) o‘riga oddiy qilib axbor” (xabarlar)ni qo‘yganlar. Hozirgi vaqtde Damashqdagi (Suriya) Az-Zohiriya kutubxonasida (6893-raqami ostidagi ushbu qo‘lyozma 1492-yilda ko‘chirilgan) saqlanayotgan qadimiy nusxalaridan biri “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur” (“Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) nomi bilan keltirilgan. Asarning boshqa tillarga (masalan, fransuz, lotin, ingliz) qilingan tarjimalarida ham Ibn Arabshoh asari “Temur tarixi” nomi bilan atalgan.
Ibn Arabshohning manbalariga kelsak, muallif o‘z kitobining muqaddimasida o‘zim ko‘rib “mushohada etganlarimu o‘zgalardan eshitganlarimni hikoyat qilishga jazm etdim”6 deb o‘zi foydalangan manbalari haqida hech narsa yozmaydi A.Yu.Yakubovskiy fikricha, ham mazkur asar uchun asosiy manba muallifning shaxsiy kuzatishlari va o‘sha davr voqealariga aloqador bo‘lgan va ishtirok etgan shaxs larning hikoyatlari hisoblanadi7. Garchi shu tarzdagi mulohazalar yuritilsa ham, muallif boshqa manbalardan ma’lum darajada istifoda etganligiga ba’zi dalillar mavjuddir. Umuman, “Ajoib al-maqdur” ni yozishda muallif tayangan manbalarni to‘rt qismga bo‘lish mumkin: o‘sha davr (ya’ni XIV-XV asrlar)da yaratilgan arab va fors tilidagi ba’zi asarlar Temur haqida xalq orasida tarqalgan rivoyat-u hikoyatlar: muallif zamondoshlarining hikoyalari va nihoyat, muallifning shaxsiy mulohazalari.
Temur Hindistonga qilgan yurishi haqida tarixchi G‘iyosuddin Ali “Ro‘znomai g‘azavot-i Hindiston” (“Hindiston yurishi ruznomasi”). (1403 yil) nomli asar yozib, ushbu yurishni mufassal yoritadi. G‘iyosuddin Ali keltirgan ma’lumotlar muhim tarixiy ahamiyatga molik bo‘lib, mazkur davrning ba’zi mualliflari, jumladan, Nizomuddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy kabi mashhur tarixchilarning asarlari uchun ham muhim manba ro‘lini o‘tagan8. Shuningdek, Ibi Arabshoh ham G‘iyosuddin Ali keltirgan ma’lumotlardan bir qadar foydalangan. Masalan, Temur bilan Fors, va Irok xokimi Shoh Mansur (1387-1393) o‘rtasida 1393 yili Sheroz yaqinida yuz bergan jang tafsiloti muqoyasa qilinsa, bu ahvol yaqqol namoyon bo‘ladi9. G‘iyosuddin Ali ta’kidlaganidek, jang oxirida uch kishining qolishi va Shoh Mansurning yalinib-yolvorishiga qaramasdan, Temur navkarlaridan biri uning boshini kesishi ayrim badiiy bezaklar bilan tasvirlansa-da, Ibn Arabshohda ham shu tarzda aks ettirilgan. Bundan tashqari, Nizomuddin Shomiyning 1404 yil kuzigacha bo‘lgan voqealarni qamrab tugallangan “Zafarnoma” nomli asari ham o‘zidan keyin Temur va uning avlodlari davriga bag‘ishlanib yozilgan ko‘pgina tarixiy asarlarda o‘z izini qoldirdi. Bu jihatdan karalganda, o‘sha paytda Samarqandda yashab, shu joyda ta’lim olgan va fors tilini mukammal bilgan Ibn Arabshoh, shubhasiz, mazkur asardan xabardor bo‘lgan. Ba’zi tadqiqotchilarning bu xususdagi fikrlari ham ushbu mulohazalarni tasdiqlaydi. Yana shu faktni e’tiborga olish kerakki, Ibn Arabshoh kitobining xotimasida o‘zi keltirgan ma'lumotlarni to‘g‘ri (haqiqat) deb, undan oldin ta’lif etilgan asarlarni esa yolg‘on va uydirma deb yozadi10. Bu fikrni e’tiborga olsak, muallif hukmdorlarga nisbatan xayrixohlik bilan yozilgan rasmiy asarlarni ko‘zda tutayotgan bo‘lsa kerak. Bundan xulosa qilish mumkinki, u ushbu tarixlardan xabardor bo‘lgan. Shuningdek, Ibn Arabshoh ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, Urta Osiyoda sayoxatda bo‘lgan XIV asr mashhur Arab sayyohi Ibn Batutaning (1304-1378) “Rihlatu Ibn Batuta” (“Ibn Batuta sayohatnomasii”) nomli asaridan ba’zi o‘rinlarda bevosita foydalangan. Masalan, Tarobulis amiri Saidmur, bir ayolga tegishli sutni ruxsatsiz ichgan o‘z mamlukiga nisbatan qo‘llagan chora Ibn Arabshohda ham takrorlanib, bu voqeaning u turk sultoni Boyazid bilan yuz berganini ta’kidlaydi. Eki Arab xafoja11 qabilasidan bo‘lgan yo‘lto‘sar talovchi Jamol Luk haqidagi hikoya ham garchi birqadar farq bilan bo‘lsa-da, Ibn Batuta o‘z “sayohatnomasi”da keltirgan hikoyaga o‘xshab ketadi12. o‘z asarini yozishda Ibn Arabshoh boshqa manbalarga murojaat qilganligiga yana bir dalil mavjuddir. Temurning Shomga qilgan yurishini to‘laroq bayon kilish maqsadida muallif o‘sha paytda yuz bergan vokealarning shohidi bo‘lgan Arab adibi va fiqh olimi Ibn ash-Shihnaning (1338-1414) “Ravzat ul-manozir fi axbor al-avoil va-l-avoxir” (“Avval o‘tgan va keyingi (mashhur kishi) lar hayotidan habar beruvchi chamanzor”) nomli kitobidan shu davrga oid bir bobni o‘z asariga kiritib, “ushbu hikoyani qanday bo‘lsa, shundayligicha naql qildim”: deb uni to‘lig‘icha keltirgan. Avval zikr qilganimizdek, Ibn Arabshoh taxminan 1408 yilda Samarqanddan jo‘nab ketib, Xorazm, Astraxan, Saroy, Qrim va Andrianopolda bo‘ldi. Muallif usha joylardagi hokimlar va mahalliy aholidan Temur va uning qo‘shini haqida eshitganlarini o‘z asarida keltirgan. Masalan, Ibn Arabshoh o‘zining boshqa bir asarida 814 (1412-1412) yilda, saroyda To‘xtamish o‘g‘li Jaloluddinxon Temur qo‘shinlari ko‘rsatgan yomonliklar haqida o‘ziga hikoya qilgani to‘g‘risida yozadi. Muallif vokealarning shohidlari hikoyasidan ham unumli foydalangan. Jumladan, Sajistonda Temur qo‘shinlari qilgan xarobaliklar haqidagi o‘z bayonini 833 (1429-1430) yilda Damashqda Shayx Zaynuddin Abdulatif ibn Muhammad ibn Abu-l-Fath Kermoniydan eshitganlari bilan to‘lg‘izadi13. Shuningdek, Bag‘dodda hokim bo‘lib turgan qozi Tojuddin Ahmad an-Nu’mon (muallif yozishicha, u 834 yil mukarram oyining boshida (1430 yil, sentyabr) Damashqda vafot etgan) hikoya kilgan xabarlarga asoslanib, Temur qo‘shinlari tomonidan Bag‘dod ahli boshiga solingan bedodliklarni tasvirlaydi14
Deyarli yarim asrlik davr voqealarini o‘z ichiga olgan “Ajoib al-maqdur” ko‘p sonli “zikr” (bayon)lardan iborat bo‘lib, voqealar jarayoniga binoan muallif ularni tadrijiy ravishda keltirishga haraka qilgan. Mana shu “zikr”larning joylashuvi hamda asarning kompozitsiyasiga asoslanib, bizningcha, uni to‘rt bo‘limga ajratish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bo‘limda Temurning nasabi, bolalik va o‘spirinlik yillari dastlabki faoliyatiga oid ma’lumotlar keltiradi. Ikkinchi bo‘limda Temur Movarounnahrda hokimiyatni mustaqil egallagandan (1370-yil) boshlab deyarli umrining oxirigacha olib borgan har biy yurishlari so‘zlanadi. Temur vafotidan (1405-yil) keyin taxminan 1436-yilgacha bo‘lgan voqealar uchinchi bo‘limda bayon qilinadi. Oxirgi to‘rtinchi bo‘lim esa, Temurning sifatlari, shakl-shamoyillari tabiiy xislatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar XIV-XV asr O‘rta Osiyo, shuningdek Eron, Ozarbayjon tarixini to‘liq tasavvur qilish uchun o‘sha davrdagi boshqa tarixchilar yaratgan asarlarni “Ajoib al-maqdur” bilan qiyosiy o‘rganish zarurligini haqqoniy ravishda ta'kidlaganlar. Darhaqiqat, bu bo‘lib o‘tgan voqealarning qanchalik to‘g‘riligini aniqlashda yordam beradi. Shu nuqtayi nazardan Temurning bolalik va o‘spirinlik yillari haqida Ibn Arabshoh keltirgan ma’lumotlar diqqatga sazovordir. Boshqa birorta ham manbada ko‘rsatilmasada, Ibn Arabshoh Temurning Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilganligini zikr qiladi. So‘ngra muallif Temur va uning otasi bilan Tarag‘ay hayotidan bir talay rivoyatlar keltiradi hamda keyinchalik Temurning o‘z atrofiga tengqurlarini to‘plab o‘lja tushirish bilan shug‘ullangani haqidagi ma’lumotlarni keltiradiki, bu xabarlari u Movarounnahrdaligi paytida eshitgan bo‘lsa kerak. Chunki bir tomondan Temur hayotini maqtovlar bilan bayon qilgan rasmiy tarixchilarni uning yoshlik va o‘spirinlik yillari haqida hech narsa yozmasdan chetlab o‘tishlari, ikkinchi tomondan esa, Ibn Arabshohga aloqador bo‘lmagan Kastiliya elchisi Klavixoning ham shu yo‘sinda yozishi15 shuningdek, rus solnomasida ham aynan shu tarzdagi xabarlar keltirilishi bu fikr ma’lum darajada haqiqatga yaqin bo‘lib, o‘sha paytda bu hikoyalar xalq orasida keng tarqalganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, Ibn Arabshoh yozganidek, “bir qarashdanoq tashqi xususiyatiga qarab otlarning zotli yoki zotsizligini ajratadigan” Temur yoshligidan epchil chavandoz hisoblanib, kamalakdan yaxshi otgan. U harbiy ishni paxta egallab asta-sekin o‘z atrofida to‘plangan uncha ko‘p bo‘lmagan otliq askarlarni o‘z qo‘shnilarining yerlarida oʻlja tushirish va o‘tib borgan savdogarlar karvonlarining yo‘lini to‘sib, mol-mulkini tortib olish uchun yuborgan.
Shaxsiy botirlik hamda boshliqqa xos xislatlari bilan Temur yoshligiga qaramasdan o‘z qabilasi barloslar, ayniqsa chig‘atoy ko‘chmanchi yoshlari orasida shuhrat qozona boshladi. Ibn Arabshoh, uning hamrohlari soni tobora oshaborib, qisqa vaqtda uch yuz kishiga yetanligini zikr qiladi. Shundan keyin sodir bo‘lgan voqealar xususida “Ajoib al-maqdur”da keltirilgan ma’lumotlar garchi forscha manbalarda tasvirlanganidek mukammal va tarixlari ko‘rsatilib aniq bayon etilmasa-da, hokimiyat yo‘lida Temur bilan uning raqiblari o‘rtasida yuz bergan kurashlarni qisman aks ettiradi. XIV asming 60-70-yillarida sodir bo‘lgan bu kurashlar hozirgi zamon tarixiy adabiyotida batafsil yoritilgan.
Shuningdek Ibin Arabshoh Amir Temur salatanati haqidagi kamyob malumotlarni ham bergan, jumladan Amir Temur davlati xafsizlik hizmati haqida. Uning kinoya va g‘arazga to‘liq satrlarida Amir Temur maxfiy xizmati shaxsiy tarkibi Xususida bebaho ma’lumotlar mavjud.
-U,-deb yozadi Ibn Arabshoh, - yerlarining barcha tomonlariga o‘z ayg‘oqchilarini tarqatib, qolgan mulklariga esa josuslar qo‘ygan edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bo‘lsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi so‘fiylardan biri edi. Ulardan biri chaqanafurush bo‘lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulk polvon va buzuki dorboz, jafokor va xunarmand, munajjim va o‘z tabiaticha ish qiladigan, gapchinoz qalandarlaru sayok darveshlar, dengizchi mallohlaru kuruklikdagi sayyohlar, zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo‘zlar, alvasti va hiylakor Dalla misoli firibgar kampirlar tajribasi bo‘lib, ilm talabida mag‘ribu mashriqni kezgan, payiga tushgan maqsad yo‘lida makru hiyla makonida kamolga etgan, o‘zining nozik firibi va dahosi bilan, suv bilan olov, to‘g‘rilik bilan egrilik o‘rtasida unib o‘sgan, makru hiylada Soson va Abu Zeyddan ham o‘tib ketgan, o‘z hikmati bahsida Ibn Sinoni ham mulzam kilgan, ikki muxolifni bir-biriga biriktirib, ikki dushmanni bir-biriga qo‘shgan uddaburon kishilar edi.
Amir Temurni yoqtirmagan Ibn Arabshoh o‘zi bilmagan va istamagan tarzda hali hech kim bitmagan, qo‘l urmagan va jurat etolmagan mavzuni yoritib, kelgusi avlod uchun qimmatli guvoxliklar qoldirgan. Chindan ham olganda Ibn Arabshoh o‘z iqrorlari bilan boshqa muarrixlardan qarama-qarshi o‘laroq, Amir Temur razvedkasi va kontrrazvedkasi xususida qiziqarli fikrlar bildiradi. Temur askarlari orasida, deb yozadi Ibn Arabshoh butparast turklar, olovga sajda qiluvchi Majusiy ajamlar, kohinlaru sehrgarlar, zolimlaru munkirlar bor edi.



Download 63,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish