Mavzuning o‘rganilish darajasi: Amir Temur davriga oid manbalar tasnifi. Bu davga yani XIV-XV asarga oid juda ko‘lab asarlar mavjud bo‘lib bu asarlarnig eng muhimlari, Nizomiddin Shomiynig Zafarnoma asari Sharafuddin Ali Yazdiyning huddi shu nomdagi asari, Yevropalik elchi Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi, arxeyepiskop Ioan esdaliklari, . Ibn Arabshohning . “Ajoyib Al-Maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari) asarlari hissoblanadi.
Nizomiddin Shomiyning asarining qimmatli manba ekankigi shundan iboratki, bu asar shaxsan Amir Temurning topshirig‘i bilan yozilgan. U Sohibqironga barcha yurishlarida hamrohlik qilib o‘zi ko‘rgan va bilganlarini yozgan. Bu asarga Amir Aemur qatiy talab qo‘ygan yani bu asarni nafaqat ilimli ziyoliy kishilar balki oddiy xalqqa ham tushunarli tilde yozilishi kerak edi. Ush bu asar o‘z davri uchun Sohibqiron tarixini yoritadigan eng mukammal asar bo‘lib hizmat qilgan. Ko‘pchilik tarixchilar Temur tanixini yoritishda ushbu manbadan foydalanishgan.
Sharafuddin Ali Yazdiyning Zafarnoma asari nisbatan keyinroq yozilgan bu asar o‘zidagi malumotlarning dalillarga boyligi bilan boshqa asarlardan farq qiladi. Zafarnoma asarida Hazrat Sonibqironning umri davomida qilgan yurishlari bayon qilingan. Unda loy jangi, va Amir Husayin bilan bo‘lgan yurishlari tarixi batafsil yoritib berilgan. Kobilistonga yurishi, Badaxshon, Shiburxon, Balx, Termiz va Xorazm hududlariga qilgan yurishlari ham berilgan . Shuningdek Temur zamonida yashagan ulug‘ siymolar ham asarda tilga olinib o‘tiladi. Yana atamashunoslikimizga yordamchi so‘zlar ham berilgan. Asarda yana Qur’oni Karim suralaridan ham foydalanilgan. Zafarnomada yana Hirot maliki Kurt sulolasining vakili bo‘lgan Mauziddin haqida ko‘p narsalar keltirilib o‘tiladi. Bu biz uchun qimmatli ahamiyatga ega . Bundan tashqari asarda joy nomlari aniq sanalar berilgan , bu esa har bir tarixchi uchun zarur manba bo‘lib xizmat qiladi.Asarda XIV asr oxiri va XV asr voqealari to‘liq berilgan. Shu davr ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayoti aniq tasvirlab berilgan . Asar nafaqat tarixiy jihatdan balki geografiya, san’at, adabiyot kabi fanlar bilan aloqadadir. Bunda yana tog‘, daryo nomlari undan tashqari juda ko‘plab joy nomlari keltirilib o‘tilgan. Bu esa shu davrni geografik jihatdan chegaralab ko‘rsatishga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ibn Arabshoh Amir Temurga nisba tan dushmanlik ruhidagi mualliflar jumlasidan edi. Bu hol uning asarida to‘la aks etdi. Shunday bo‘lishi tabiiy edi, chunki jahon tarixidagi eng yirik arboblardan xech biri va hech qachon adabiyotda bir xil, bir ma'noda baholangan emas. Ularning hayoti va faoliyati to‘g‘risidagi bilimlar jamlanishi jarayonida ularning tarafdorlari bilan g‘animlari o‘rtasida, tabiiy, bahslar bo‘lib turgan, ijobiy va salbiy yoki betaraf tarzdagi va shu kabi turli-tuman fikrlar aytib kelingan. Mana shunday muayyan bir holatda. Ibn Arabshohning Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xo‘jalik va madaniy turmushini qo‘shimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi ko‘pdan-ko‘p diqqatga sazovor misollarni bayon qilishi g‘oyat muhimdir. Dunyodagi ko‘pgina sharqshunoslar, tarixchilar, san’atshunoslar Ibn Arabshox asarining ana shu jihatiga zo‘r e’tibor bilan qarab kelmoqdalar. Diqqatga molik yana bir jihati shundan iboratki, Ibn Xaldun kabi Ibn Arabshoh ham Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda, uning shaxsini munosib baholadi: “yetmish yoshli Temurning fikrlari xali ham qat'iy, jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir... deb yozadi Ibn Arabshoh - u istehzo va soxtalikni yoqtirmaydi, baxtsiz xodisa ruy berganda g‘amga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida hamma itoatgo‘y bo‘lib qoladi va xurmat bajo keltiradi. U mard va jasur odamlarni yoqtiradi... U masalaning mohiyatini darhol payqab oladigan mohir bahschi edi... U farosati bilan haqgo‘y yolg‘onchini darrov farqlar edi, samimiy maslahatchilarni soxta nasihatgo‘ylardan farqlar edi”.
Shuningdek ushbu mavzuni o‘rganilish chog‘ida yordamchi manba sifatida mustaqillik davrida yaratilgan asarlardan ham foydalanildi 1
Do'stlaringiz bilan baham: |